Bola huqulari to’G’risidagi konvensiya


Download 177.5 Kb.
bet1/25
Sana23.02.2023
Hajmi177.5 Kb.
#1223754
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
BOLA HUQULARI TAYYOR


BOLA HUQUQLARI TO’G’RISIDAGI KONVENSIYA
“...Inson huquqlari kodeksini himoya etish bilan bog’liq qobiliyat va layoqatlarimizni xalqaro miqyosda ham, milliy miqyosda ham rivojlantirishda davom etmoqda”.
Kofi Anan, BMT Bosh kotibi
Uch mingyillik boshlariga kelib, inson huquqlari muammosi bugunga qadar kutulmagan sur’atda keskinlashib ketdi. Hozirgi kunga qadar bir savol muammoni hal qilishda kundalangligicha turib: inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq nimani anglatadi va uning zamirida yuzaga kelgan bola huquqlari qanday darajada ahamiyatga molik deya dolzarb mavzu sifatida topildi.
Ushbu muammolarning yechimini topish maqsadida, inson huquqlarini xalqaro huquq darajasida o’z o’rniga ega deb topgan holda, uni xalqaro huquqiy tadqiqotlarda yangi yo’nalish bo’lib, hozirgi xalqaro ommaviy huquqning eng muhim va eng izchil rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biridir deb tan olindi.
Jahon hamjamiyati tomonidan inson huquqlariga tayangan holda bola huquqlarining ham o’z e’tiborga molik jihatlarining mavjudligi va bolalarning huquq va erkinliklari buzilishi natijasida ularni himoya qilish maqsadida universal xarakterdagi xalqaro huquqiy hujjat tasdiqlanishiga olib keldi.
Bola huquqlari to’g’risida konvensiya 1989 yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan tasdiqlangan bo’lib, BMTning a’zo-davlatlari tomonidan bolalarning ta’lim olish, madaniy yutuqlardan foydalanish, mehnat va dam olish va bolalarga boshqa ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan huquqlarni tartibga soluvchi xalqaro huquqiy hujjat hisoblanadi.
Mazkur konvensiya bola huquqlarini xalqaro huquq miqyosida tartibga soluvchi birinchi va asosiy xalqaro huquqiy hujjat deb e’tirof etilgan. Hujjat 54-moddadan iborat bo’lib, tug’ilganidan to 18 yoshgacha bo’lgan fuqarolarning barcha huquqlarini tartibga soluvchi asos sifatida tan olinadi. Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya AQSH va Somalidan tashqari Vatikan va BMTning barcha a’zo davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ushbu mavzu hozirgi kunda dunyo davlatlari tomonidan bola huquqlarini qanday himoya qilinayotganli va ularga ko’rsatilayotgan huquqiy yordan Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaga asoslanib amalga oshirilayaptimi yoki yo’q degan aktual ko’rinishdagi masala ekanligi uchun bu mavzuni tanladim.

Download 177.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling