Bola huquqlarining kafolatlari to‘G‘risida


-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlari


Download 40.53 Kb.
bet25/26
Sana09.01.2022
Hajmi40.53 Kb.
#268539
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Mavsuma

29-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlari

Davlat maxsus pedagogik yondashuvga ehtiyoji bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning belgilangan ta’lim standartlari va talablari darajasida bilim olishlarini kafolatlovchi zarur mablag‘lar ajratadi hamda boshqa choralar ko‘radi.

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va nogiron bolalar ular uchun maxsus ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qish va tarbiyalanish hamda o‘z jismoniy, aqliy qobiliyatlari va xohishlariga mos bo‘lgan ta’lim olish huquqiga ega.

Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning tavsiyasi bo‘lgan taqdirda, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va nogiron bolalarning ota-onalari o‘z xohish-istagiga ko‘ra hamda bolaning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim (umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan) muassasasi turini tanlash huquqiga ega.



Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda qonun hujjatlari bilan imtiyozlar belgilanishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 23 va 24-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-bobi (“Nogironlarning ta’limi va ularni kasbga tayyorlash”) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-sonli “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati to‘g‘risida”gi qarori.

 LexUZ sharhi

Shuningdek, qarang: “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2691, 30.06.2015-y.).


Download 40.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling