Bola huquqlarining kafolatlari to‘G‘risida


-modda. Bolaning o‘z fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari


Download 335.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana08.01.2022
Hajmi335.14 Kb.
#251827
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
O‘RQ-139 07.01.2008 Bola huquqlari to'g'risida

15-modda. Bolaning o‘z fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari 

Oilada har bir bola o‘z fikrini ifoda etishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki 

ma’muriy muhokama davrida o‘z manfaatlariga taalluqli masalalar yuzasidan so‘zlashga haqlidir.  

16-modda. Bolaning axborot olish huquqi kafolatlari 

Har bir bola o‘zining sog‘lig‘i, axloqiy va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan 

axborotni olish huquqiga ega. 

Har bir bola har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega, qonunda nazarda 

tutilgan cheklashlar bundan mustasno.  

Pornografiya,  shafqatsizlik  va  zo‘ravonlikni  namoyish  etuvchi,  inson  qadr-qimmatini 

tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi 



ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish 

taqiqlanadi.  



17-modda. Bolaning fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqi kafolatlari 

Bola fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. 

Bolaning  fikr  yuritish  va  uni  ifodalash  erkinligi  qonunda  belgilangan  tartibda  cheklanishi 

mumkin. 



Download 335.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling