Bola huquqlarining kafolatlari to‘G‘risida


bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari


Download 335.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/23
Sana08.01.2022
Hajmi335.14 Kb.
#251827
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
O‘RQ-139 07.01.2008 Bola huquqlari to'g'risida

bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari  

Nogiron bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo‘lib, bu profilaktika, davolash-

tashxis qo‘yish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari 

bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanishni va boshqa yordam turlarini o‘z ichiga oladi.  

Nogiron bolalar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam 

olish va o‘z uylarida parvarish qilinish huquqiga ega. 

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam 

ko‘rsatish tartibi, ularga beriladigan imtiyozlar ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 

Jismoniy  va  (yoki)  ruhiy  rivojlanishida  nuqsonlari  bo‘lgan  bolalar  ota-onasi  yoki  ota-

onasining o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, 

homiylik  va  boshqa  jamg‘armalarning  mablag‘lari  hisobidan,  shuningdek  ota-onasi  yoki  ota-

onasining  o‘rnini  bosuvchi  shaxslarning  mablag‘lari  hisobidan  ijtimoiy  muhofaza  tizimi 

muassasalarida saqlanishlari mumkin. 


Download 335.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling