Bola huquqlarining kafolatlari to‘G‘risida


-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlari


Download 335.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana08.01.2022
Hajmi335.14 Kb.
#251827
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
O‘RQ-139 07.01.2008 Bola huquqlari to'g'risida

29-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlari 

Davlat  maxsus  pedagogik  yondashuvga  ehtiyoji  bo‘lgan  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj 

bolalarning belgilangan ta’lim standartlari va talablari darajasida bilim olishlarini kafolatlovchi zarur 

mablag‘lar ajratadi hamda boshqa choralar ko‘radi.  

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va nogiron bolalar ular 

uchun  maxsus  ishlab  chiqilgan  ta’lim  dasturlari  bo‘yicha  ta’lim  muassasalarida  o‘qish  va 




tarbiyalanish  hamda  o‘z  jismoniy,  aqliy  qobiliyatlari  va  xohishlariga  mos  bo‘lgan  ta’lim  olish 

huquqiga ega.  

Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning tavsiyasi bo‘lgan taqdirda, jismoniy va (yoki) 

ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va nogiron bolalarning ota-onalari o‘z xohish-istagiga 

ko‘ra  hamda  bolaning  qiziqishlaridan  kelib  chiqqan  holda  ta’lim  (umumta’lim  yoki 

ixtisoslashtirilgan) muassasasi turini tanlash huquqiga ega.  

Ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  bolalarga  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  va  oliy  o‘quv  yurtlariga 

o‘qishga kirishda qonun hujjatlari bilan imtiyozlar belgilanishi mumkin. 




Download 335.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling