Bola tug‘ilgani uchun beriladigan nafaqa


Quyidagilar Bolalar uyiga qabul qilinadi


Download 437.32 Kb.
bet2/21
Sana03.12.2023
Hajmi437.32 Kb.
#1801480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Ijtimoiy xizmatlar va moddiy yordamning boshqa turlari

Quyidagilar Bolalar uyiga qabul qilinadi:

  • etim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar:

ota-onalari vafot etgan, ota-onalar ota-ona huquqlaridan mahrum etilgan, ota-onalarning ota-ona huquqlari vaqtincha cheklangan, ota-onalar huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilgan, ota-onalar kasal bo‘lgan, ota-onalar uzoq vaqt (6 oydan ortiq) bo‘lmagan, shu jumladan ota-onalar o‘z bolalarini tibbiyot muassasalaridan olishni rad etgan hollarda, shuningdek ota-ona qarovi mavjud bo‘lmagan boshqa hollarda;
tashlandiq (topilgan) bolalar;
qoldirib ketilgan bolalar (tug‘ruq muassasasidagi yoki statsionardagi hamda tekshirish va davolashning to‘liq kursidan o‘tgan, biroq uzrli sabablarsiz uch kun muddatda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan olinmagan bolalar);

  • o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoni yo‘qligi tufayli doimiy ravishda yakka tartibda parvarish qilishga muhtoj psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar (ota-onalar roziligi bilan va ota-onalari bor-yo‘qligidan qat’i nazar);

  • kam ta’minlangan oilalarning bolalari, shuningdek faqat ota-onasining biriga (ona yoki otaga) ega bo‘lgan bolalar tuman (shahar) hokimining qarori bo‘yicha, bolaning bu erda bo‘lishi muddatini uzaytirish keyinchalik qayta ko‘rib chiqilgan holda 1 yilgacha muddat bilan.

Bolalar uyiga qabul qilishga vaqtinchalik monelik qiladigan holatlar:

  • jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;

  • teri va sochning yuqumli kasalliklari;

  • o‘tkir, shu jumladan virusli yuqumli kasalliklar;

  • markaziy asab tizimining o‘tkir kasalliklari;

  • teri-tanosil kasalliklari.

Ko‘rsatib o‘tilgan kasalliklarga chalingan bolalar statsionar davolanish uchun hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuborilishi zarur va davolanish tugallangandan keyin Bolalar uyiga yuboriladi.
Bolalarni Bolalar uyiga qabul qilish uchun hujjatlar ro‘yxati

  • bolani Bolalar uyiga joylashtirish zarurligi to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori (bola, uning oilasi, turar joyni sotish huquqisiz bolaga biriktirish to‘g‘risidagi aniq ta’rif bilan birga turar joy mavjudligi to‘g‘risidagi dalillangan va to‘liq ma’lumotlar mavjud bo‘lgan qaror);

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan berilgan yo‘llanma;

  • tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (guvohnoma mavjud bo‘lsa);

  • analizlar natijalari va bola turgan yoki yashagan joy bo‘yicha davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasi xulosasi ilova qilingan holda bolaning sog‘lig‘i va rivojlanishi holati to‘g‘risidagi tibbiy hujjatlar;

  • belgilangan tartibda berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi (agar nogironlik mavjud bo‘lsa);

  • belgilangan tartibda berilgan nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi (agar nogironlik mavjud bo‘lsa);

  • ota-onalar yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ota-onalarning pasportlari va o‘limi to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxalari, sud hukmlari yoki qarorlari, ota-onalarning uzoq vaqt kasalligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, boladan voz kechilgan taqdirda – ota-onalar yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslarning notarial tasdiqlangan arizasi va ota-onalar yo‘qligini yoki ular o‘z bolalarini tarbiyalay olmasligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar);

  • mol-mulk qaerdaligi, uni saqlash ta’minlanishi uchun qanday choralar ko‘rilganligi va ularning saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda ota-onalardan keyin qolgan bolaning mol-mulki ro‘yxati (agar u mavjud bo‘lsa);

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri er tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan turar joy maydoni bolalarga biriktirilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (dalolatnoma, uy daftari, kadastr ishi nusxalari, turar joyning egasi va turar joyni xususiylashtirish fakti to‘g‘risidagi), ular mavjud bo‘lganda;

  • boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya oluvchi bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga aliment undirish to‘g‘risidagi qarori nusxasi, jamg‘arma daftarchasi (ular mavjud bo‘lgan taqdirda);

  • bolalar uyida rasmiylashtiriladigan bolaning 2 dona fotosurati (6 sm x 4 sm o‘lchamli).

Bolalar uylari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Bolalarni Bolalar uyiga joylashtirish vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1003" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.
Hayotiy misol: 
Savol: O. ismli shaxs agar bolaning Bolalar uyida bo‘lish muddati tamom bo‘lganidan so‘ng, uni ota-ona uzrli sabablarsiz uni qabul qilishni rad etgan taqdirda, Bolalar uyi ma’muriyati tomonidan ota-onaga nisbatan qanday chora qo‘llanishi mumkinligi haqida tushuntirish berishni so‘radi. 
Javob: Tarbiyalanuvchining Bolalar uyida bo‘lish muddati tamom bo‘lgandan keyin ota-onalar uzrli sabablarsiz o‘z bolasini qabul qilishni rad etgan taqdirda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida muassasa ma’muriyati ularni ota-onalik huquqlaridan mahrum etish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi berishga haqlidir.


Download 437.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling