Bola tug‘ilgani uchun beriladigan nafaqa


Nogironligi bo‘lgan shaxslarni “Muruvvat” internat uylariga qabul qilish


Download 437.32 Kb.
bet9/21
Sana03.12.2023
Hajmi437.32 Kb.
#1801480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Ijtimoiy xizmatlar va moddiy yordamning boshqa turlari

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni “Muruvvat” internat uylariga qabul qilish
«Muruvvat» internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslari uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
«Muruvvat» internat uylariga quyidagi tashxislar bilan qabul qilinadi:

Qabul qilishga qarshi ko‘rsatkichlar

  • tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq xurujlari sodir bo‘ladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq xurujlariga, epileptik statusga, nomozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;

  • bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va hulqiy buzilishlar sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklar;

  • jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;

  • yuqumli teri va soch kasalliklari;

  • o‘tkir yuqumli kasalliklar;

  • salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;

  • tanosil kasalliklari.

Ota-onaning, farzandlikka oluvchining, vasiylik va homiylik bo‘yicha davlat organi vakili tomonidan tayinlangan vasiy yoki homiyning vasiylikka olinayotganni «Muruvvat» internat uyiga rasmiylashtirish uchun doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i nomiga murojaati arizasi asosida hududiy bo‘lim vasiylikka olinuvchilar hujjatlarining to‘liqligini tekshirib, ularni har bir vasiylikka olinuvchi bo‘yicha alohida jildlarga joylashtirgan holda hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab 10 kun ichida hududiy boshqarmalarga yuboradi.
«Muruvvat» internat uylariga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish Agentlikning Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish (ko‘chirish) bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq hududiy boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. 
Saxovat” internat uylariga qabul qilish

Download 437.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling