Bola tug‘ilgani uchun beriladigan nafaqa


Kompensatsiya to‘lash nazarda tutiladigan reabilitatsiya texnik vositalari yoki ko‘rsatilgan xizmatlar


Download 437.32 Kb.
bet12/21
Sana03.12.2023
Hajmi437.32 Kb.
#1801480
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
Ijtimoiy xizmatlar va moddiy yordamning boshqa turlari

Kompensatsiya to‘lash nazarda tutiladigan reabilitatsiya texnik vositalari yoki ko‘rsatilgan xizmatlar
Kompensatsiya — nogironligi bo‘lgan shaxsga (yoki uning qonuniy vakiliga) pul shaklida to‘lanadigan, nogironligi bo‘lgan shaxs tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olingan nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida nazarda tutilgan reabilitatsiya texnik vositasi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini qoplash.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi — organizmning izdan chiqqan yoki yo‘qolgan funktsiyalarini, shuningdek nogironning mehnat faoliyati muayyan turlarini bajarishga bo‘lgan qobiliyatlarini tiklashga, ularni kompensatsiya qilishga qaratilgan tibbiy, kasbiy va boshqa reabilitatsiya chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladigan nogiron uchun maqbul bo‘lgan reabilitatsiya chora-tadbirlari kompleksi.
Sotib olinganligi uchun kompensatsiya to‘lanadigan reabilitatsiya texnik vositalari yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga quyidagilar kiradi:

  • kreslo-aravachalar;

  • kichik gabaritli aravachalar;

  • eshitish moslamalari;

  • hassalar va qo‘ltiqtayoqlar;

  • reabilitatsiya texnik vositasini joriy ta’mirlash xarajatlari.

Nogironligi bo‘lgan shaxs yoki uning qonuniy vakili kompensatsiya olish uchun hududiy boshqarmalarga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Nogironligi bo‘lgan shaxs yoki uning qonuniy vakili kompensatsiya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • Maxsus komissiya tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha kompensatsiya to‘lash to‘g‘risida ariza;

  • nogironligi bo‘lgan shaxsni tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi;

  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi nusxasi;

  • tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining belgilangan tartibda reabilitatsiya qilishning texnik vositasi bilan ta’minlash uchun nogironligi bo‘lgan shaxs hisobga qo‘yilgan sana to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;

  • reabilitatsiya qilishning texnik vositasi sotib olinganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlaydigan chek, kvitantsiya, talon, chipta va ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatning nusxasi;

  • reabilitatsiya qilishning texnik vositasining texnik pasporti nusxasi.

Kompensatsiya to‘lash uchun pul mablag‘lari Maxsus komissiyaning qarori asosida hududiy boshqarmalarning hisob raqamidan o‘tkaziladi.
Kompensatsiya belgilangan tartibda nogironligi bo‘lgan shaxs yashaydigan joydagi Xalq banki bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxs yoki uning qonuniy vakili kompensatsiya to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Xalq bankiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1106" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.



Download 437.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling