Bola tug‘ilgani uchun beriladigan nafaqa
«Saxovat» internat uylari
Download 437.32 Kb.
|
Ijtimoiy xizmatlar va moddiy yordamning boshqa turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- I guruh nogironligi
«Saxovat» internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan birinchi darajadagi qarindoshlari yoki vasiylari bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
«Saxovat» internat uylariga qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi xolatlar tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq sodir bo‘ladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib bo‘shashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik; bemorning o‘zi va atrofidagilar uchun xavfli bo‘lgan moyillikning qo‘pol buzilishlari va axloqiy dag‘allik bilan birga kechadigan ruhiy kasalliklar; jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi; yuqumli teri va soch kasalliklari; o‘tkir yuqumli kasalliklar; salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari; tanosil kasalliklari. «Saxovat» internat uylariga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuboriladi. «Saxovat» internat uylariga rasmiylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlar «Saxovat» internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat; pensiya guvohnomasi (mavjud bo‘lsa); rasmiylashtirilayotgan shaxsga nogironlik belgilangan taqdirda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi tibbiy hujjatlar; «Saxovat» internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning 2 dona (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati; tuman (shahar) hokimining yolg‘iz shaxs sifatida hisobga olish to‘g‘risidagi qarori nusxasi; belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi. «Saxovat» internat uylariga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish Agentlikning Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish (ko‘chirish) bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq hududiy boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. Download 437.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling