Ixtisoslashtirilgan maktab internat o’quvchilarni kasbga yo’naltirish asosida ijtimoiy xayotga tayyorlash Maqsad


Download 16.53 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.53 Kb.
#208923
Bog'liq
ASOSNOMA


Ixtisoslashtirilgan maktab internat o’quvchilarni kasbga yo’naltirish asosida ijtimoiy xayotga tayyorlash

Maqsad: Ixtisoslashtirilgan maktab internat o’quvchilarni kasbga yo’naltirish asosida ijtimoiy xayotga moslashtirishda pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish va uni ijtimoiy xayotga tadbiq etishni joriy qilish.

Vazifalari:

  • Ilmiy ishga oid ilmiy adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;

  • Eshitishida nuqsoni bo’lgan maktab internat bitiruvchi o’quvchilarga kasb xunarlar yuzasidan bilimini tekshirish va natijalarni taxlil qilish;

  • Eshitishida nuqsoni bo’lgan maktab internat o’quvchilarni kasb tanlashdagi muommoli vaziyatlarni o’rganish va taxlil qilish;

  • Eshitishida nuqsoni bo’lgan maktab internat o’quvchilarni kasb xunarga o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish;

  • Eshitishida nuqsoni bolgan maktab internat o’quvchilarni tanlagan kasbini ijtimoiy xayotga moslashtirishdagi muommoli vaziyatlarni o’rganib taxlil qilish;

  • Eshitishida nuqsoni bo’lgan maktab internat o’quvchilarni kasbga tayyorgarlikda ijtimoiy xayotga moslashishda oila va pedagoglarning o’rni

Tadqiqot obyekti: Ixtisoslashtirilgan maktab internat bitiruvchi o’quvchilarining predmetli amaliy ta’lim darslari mehnatdarslari, psixolog va surdopedagog bilan kasb tanlash xususidagi o’tkazilgan trening jarayonlari;

Tadqiqot predmeti: Ixtisoslashtirilgan maktab internati bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish asosida ijtimoiy xayotga moslashishning tub mohiyati o’rganish, faoliyat turlari, kasb turlari, ijtimoiy moslashuv jarayonlari

Tadqiqot usullari: tadqiqot jarayonida muommoga oid ilmiy manbalar, DTS, dastur, o’quv reja, darsliklar, tarqatma materiallar, didaktik o’yinlar, turli metodlar: og’zaki, interfaol, so’rovnoma, anketa, turli testlar; ATM materiallaridan foydalaniladi.

Tadqiqotdan kutilayotgan ilmiy yangiliklar:

  • Ixtisoslashtirilgan maktab internat bitiruvchi o’quvchiarni shaxsiy qiziqishidan kelib chiqqan xolda kasb tanlashiga va uni rivojlantirishlariga erishish;

  • Ixtisoslashtirilgan maktab internat bitiruvchi o’quvchilarni kasblar xaqida bilim ko’nikma va malakalarini yanada oshirish;

  • Egallagangan mutaxasisliklari bo’yicha davlat ishlarida ish faoliyati olib borishga va ijtimoiy hayotga moslashishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish;

  • Bitiruvchilarni tanlagan kasb asosida xayotga tayyorlashda yangi texnologiyalar bn tanishtirish

  • Ixtisoslashtirilgan talim muassaslari o’quvchilarida fanlarga oid va xayotiy kompensatsiyalarni xamda ijtimoiylashish motivatsiyasini rivojlantirish texnologiyalarining adaptiv shakllari ximoyalovchi pedagogic tartib shakllari barqaror psixologik xolati jismoniy salomatligini qo’llab quvvatlovchi intelektual o’sishni konsentrik tarzda bosqichma bosqich taminlashga yo’naltirilgan ustuvorlik berish asosida takomillashtirish

  • Dars va tarbiyaviy va korreksion mashg’ulotlarning rivojlantiruvchi motivatsion imkoniyatlari, refleksiv raqamli taxlilga asoslangan metodlarining o’zaro transformatsiyalashuvi asosida kuchaytirish

  • Ijtimoiy xayotga tayyor o’quvchi modeli asosida sensor integratsiya va uygunlashish asosida takomillashtirish;

Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi: ilmiy tadqiqot bo’yicha ilmiy nashrlarda maqolalar va tezislar chop etiladi.
Download 16.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling