9-afsona. “Pul – yovuzlikdir. Qancha ko’p pul topsak, shuncha ko’p
boshqalarning rizqini qiyamiz”.
Bu – noto’g’ri qarash. Aksincha, pul topish bilan biz atrofdagilarga yordam
berish ikmoniga ega bo’lamiz. Yurtimizdagi turli xil jamgarmalarni, Nobel
mukofotini, Kennedi jamg’armasini yoki Tereza ona xayriya tashkilotini eslang.
Agar ular pul topmaganlarida nima bo’lar edi?
10-afsona. “Biror ish boshlash uchun albatta katta miqdordagi merosga ega
bo’lish kerak”.
Bo’lmagan gap, chunki boy bolish uchun merosning o’zi kifoya emas. Amalda
hammasi boshqacha bo’ladi: qashshoq ruhiyatiga ega inson katta pulga erishganida
ham hech narsa qila olmaydi. Aksincha, hamma ishni chippakka chiqaradi yoki
boshqalarning chippakka chiqarishiga yo’l qo’yib beradi. Va natijada tez orada
avvalgi qashshoq ahvoliga qaytadi. Xech qanday pul mablag’isiz, ajoyib g’oyasi
bilangina boy-badavlat bo’lganlar yurtimizda ham, chet ellarda ham bisyor!
Mana sizni boy bo’lish imkoniyatidan ayirib turgan ruhiy to’siqlardan bir
qanchasini tahlil qilib chiqdik. E’tibor bergan bo’lsangiz, bu hayollarning hech
bo’lmasa bittasi boshingizdan kechgan. Siz ularni yenga olsangizgina,
muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin. Yo’qsa millionlar, milliardlar ham (ular xoh
dollar shaklida bo’lsin, xoh yevro shaklida) sizni qashshoqlikdan qutqara olmaydi.
Kambag’allik romantikasidan keskin ravishda voz keching, uning davri o’tdi.
Xozirgi davrda biznes infratuzilmalari va kommunikatsion texnologiyalar shu
qadar rivojlanganki, boy bo’lish ilgarigi davrlardan ko’ra ancha oson bo’lib
qolgan. Yarating, jamg’aring, boying va o’zingizga, atrofdagilarga huzur baxsh
eting. Bu sizning qo’lingizdan keladi!
Do'stlaringiz bilan baham: |