2-afsona. “Hamma narsaning to’lovi bor. Boylar ham yig’lashadi.”
Qachon, qay holatda, asosiysi, nega yig’lashadi? Albatta, har doim emas.
Qolaversa, ularning yig’isi qashshoqlarniki kabi mayda, kundalik tashvishlar
oqibati emas. Asosiysi, pulingiz bo’lsa, hech bo’lmasa pulsizlik tashvishidan
qutulasiz. Demak, yig’i uchun bitta sabab kamayadi. Siz hamma narsaning
to’lovini o’ylab, qa’tiy tadbirlarga qo’l urishdan qo’rqasiz va oxir-oqibat
yutqizasiz: butun umr tinmay ishlab, evaziga tiyin sanab yuraverasiz. To’lovlardan
qo’rqmang. To’lash majburiyati yanada ko’proq ishlash va daromad topish
ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ehtiyoj esa ko’p narsaga qodir, ishonavering.
Do'stlaringiz bilan baham: |