4-afsona “Xozir menga pul kerak emas, shuning uchun tavakkalchilik
qilishni istamayman. Kerak bo’lganda amallab topaman”.
Shunday hayollar bilan o’zini ovutib yashovchilar katta xato qilishadi. Chunki
qashshoqlarning asosiy qo’rquvi – yangiliklar, o’zgarishlar. Ular tavakkal
qilishdan, yangi ish boshlab, chuv tushib qolishdan, qisqasi, yutqazishdan
qo’rqishadi. Axir, ish o’xshamay qolsa, shaxsiyatlarga zarba yetadi. Ishtiyoqlari
battar so’nadi. Bora-bora oddiy ehtiyotkorlikdan yuzaga kelgan bu qo’rquv
fojiyaga aylanib qoladi, hech qanday asos bo’lmasa ham, inson qo’rquvdan
tashabbuskorlikni boy berib qo’yadi. Omadli bo’lishni xohlaysizmi? Unda
qo’rquvingizni qo’rqiting, toki u sizni boshqa o’z domiga tortmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |