Bo’lajak millionerga maslahatlar
Tejamkorlik va xasislikning farqiga boring
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
Boylik va qashshoqlik [ @biznes kitob ]
Tejamkorlik va xasislikning farqiga boring. Agar hayotingiz cheksiz
yorug’ yo’lakdan iborat bo’lishini istasangiz, biz aytgan maslahatlarga amal qiling. O’zingizni bekordan-bekorga hayot lazzatlaridan mahrum etmang. Ba’zilar boylik to’plash yo’lida ortiqcha tejamkorlikka berilib ketib, o’zlarini ham, atrofdagilarni ham hayot quvonchlaridan mahrum etib qo’yadilar. Yodda tuting, har qanday tejamkorlik va uning ortidan keladigan moddiy muvaffaqiyatlar faqat siz va yaqinlaringiz uchun, ularning hayotini bezash uchun xizmat qiladi. Sizning xasisligingizdan azob chekkan atrofingizdagilar boylikni yomon ko’rib qoladilar. Boylik esa o’zini yomon ko’rganlardan qochadi. Shu jumladan, sizdan ham.
Agar siz pul topish mexanizmini yaxshi o’zlashtirib, vaziyatni boshqarish qobiliyatingizni shakillantirib olsangiz, har qanday vaziyat faqat sizning foidangizga ishlaydi. Agar ichingizda bir ovoz, biz uni intuitsiya deymiz, ma’lum ishni amalga oshirayotganingizda, yaxshi foyda olishingiz haqida xabar bersa, ayni damda sizga bu pul kerak bo’lmasa ham, shu ishga qo’l uravering. Yodda tuting, siz boylikning sarbonisiz. O’zi oqib kelayotgan pullarning qo’lingizdan o’tishini istamasangiz, o’z-o’zidan bu oqimni boshqa sarbonlar tomonga burib yuborgan bo’lasiz. Tabiiyki, bu oqim endi qaytib orqaga – siz tomonga oqmaydi. Ijobiy fikrlang va ijobiy fikrlaringizni tasdiqlovshi amallarga qo’l uring. Boylikni topish bilan birga, undan me’yorida lazzatlanishni ham biling. O’rni kelganda birovning o’rniga haq to’lang (bu albatta sizga foyda shaklida qaytib keladi). Iloji bo’lganda ayrim to’lovlarni kechiktiring (Pulning, bir kun bo’lsa-da, sizning qo’lingizda aylangani foyda). Xayriyani ham yodda tuting. Agar bu ishlarni hech bir og’rinishsiz qila olmas ekansiz, ishingizda hamon farovon yashashingizga xalaqit berayotgan to’siq bor. Uni yiqiting! Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling