Bo`lajak o`qituvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantirishning samarali yo`llari meligaliyeva Yulduz Abdimalikovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fukulteti Pedagogika yo`nalishi talabasi Email


Download 26.21 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi26.21 Kb.
#1164740
  1   2
Bog'liq
maqola1923


BO`LAJAK O`QITUVCHILARDA SHAXSLARARO MUNOSABAT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI YO`LLARI


Meligaliyeva Yulduz Abdimalikovna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fukulteti Pedagogika yo`nalishi talabasi
Email: meligaliyevayulduz075@gmail.com
Tel: +998901252310


Anatatsiya: Ushbu maqola bo`lajak pedagog kadrlarni shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantishda pedagogikaning o`rni, pedagogik muloqotning mohiyati va xususiyatiga bag`ishlanadi.


Kalit so`zlar: Muloqot, Oliy ta'lim, ikkinchi Renessans, Avesto, Qur`oni Karim. "Men"lik, psixologik bilim, demokratik model, individual faoliyat, hamkorlik pozitsiyasi, pedagogik muloqot, anglash funksiyasi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil 1-oktabr - "O'qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan tantanali marosimda O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tarixga nazar solib, IX-XII asrlarda yurtimiz hududida birinchi, XV asrda ikkinchi Renessans porlaganini ta'kidladi. Ko'pchilik ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamisha katta armon bilan o 'ylayman: Mamlakatimizda uchinchi Renessansni XX asrda ma'rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Ular "Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lishi ham mumkin emas", degan hadisi sharifni hayotiy e'tiqod deb bildilar, deya ta'kidladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilanganini ta'kidladi [1;57]1.
"Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma'naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o'lmas meros hamisha yonimizda bo'lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag'ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta'lim tizimini ana shunday ruh bilan sug'orishimiz kerak. Milliy ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo'llaniladi.
Bugungi kunda ta'limning demokratik modelini vujudga keltirish muhim masalalardan biridir. Ta'lim, ayniqsa, o'quv-biluv jarayoni demokratik modelining dastlabki elementi talaba shaxsining individual faoliyat ko'rsatishida namoyon bo'ladi.
Muloqot - ikki yoki undan ortiq shaxsning birbiriga qaratilgan og'zaki yoki yozma nutqi. Og'zaki hamda yozma nutq og'zaki yoki yozma matn shaklida ifodalanadi. Muloqot shaxslararo o'zaro fikr almashinish vostasidir. Ma'lumki, bugungi kunda talabaning ham individual, ham umumiy rivojlanishini ta'minlash dolzarb muammo hisoblanadi. Buning uchun ta'lim jarayonida ta'lim oluvchining talabaga bo'lgan aqliy rivojlanish dinamikasini o'stirish, o'quv-biluv jarayonida barcha talabalarning bilim olishi va rivojlanishini ta'minlashga yo'naltirilgan mashg'ulotlar ko'lamini kengaytirish zarur hisoblanadi[2; 89]2.
Muloqot - yunoncha so'z boiib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o'zaro fikr alraashuv ma'nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so'zlashuvida paydo bo'ladi. Inson muloqot jarayonida ijti-moiy tajriba, ta'lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar g'oya va mafkura omillari ta'sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga yetadi. Kishilar o'rtasidagi o'zaro muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o`z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi. Pedagogikada muloqot ta'lim oluvchi va talabalar jamoasining o'zaro ta'sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o'zaro axborot almashishida, ta'lim va tarbiyaviy ta'sir o'tkazishida, o'zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo'ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
• muloqot ta'lim oluvchining o'quv faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
• muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta'minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;
• ta'lim oluvchi va talaba munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o'ynaydi;
• pedagogikada muloqot - ta'lim oluvchining talabalarga ta'sir o'tkazish asosida o'zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko'p qirrali jarayoni hisoblanadi;
• noto'g'ri pedagogik muloqotdan talabalarda qo`rquv, o'z kuchiga ishonchsizlik paydo bo'ladi, ularning diqqat-e'tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati — bu o 'qituvchining o 'quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o 'zi uchun eng qulay bo 'lgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
O'qituvchining o 'quvchilar bilan o 'zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad:
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish;
o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko 'nikmalarini hosil qilish;
• o'quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o 'z fik-mulohazalarini cho 'chimasdan bayon qilib unga tayanishga o 'rgatish;
• o'quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
• dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatinipaydo qilish.
Rus pedagogi A.S.Makarenkoning fikricha, ta'lim oluvchi muloqoti hurmat va talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida bolishi lozim.[3;127]3
Bu borada V.D.Suxomlinskiy ta'lim oluvchining "...maktab hovlisida gapirgan har bir so 'zi puxta o'ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma 'lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo 'lishi kerak" deb ta'kidlaydi. Ta'lim oluvchining har bir so'zi olimning fikricha, nafaqat talaba qulog'iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo'lishi shart. Umuman ilg'or ta'lim oluvchilarning fikricha, ta'lim va tarbiya faqat ta'lim oluvchi va o'quvchining o'zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati jarayonida ta'lim oluvchi qisqa muddatda o'zining psixologik bilimlariga tayanib talabalamiog psixik xususiyatlarini mukammal bilishga harakat qilishi lozim. Talabalarning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo'llash, tanbeh berish mumkin emas. Bu holat talabalar bilan o'zaro muloqotni tuzatib bo'lmas darajada buzilishiga, talabalarning yashirin holatga. o'z qobig`iga kirib olishiga sabab bo'ladi.[4;23]4
Ta'lim oluvchilarning o'zaro axborot almashishi bilan bog'liq xusu-siyatlari, uning sinf jamoasiga singib keta olish qobiliyati bilan bog'liq. Sinf jamoasida ro'y berayotgan har qanday voqea va hodisalar o'qituvchilar nazoratida bolishi, ularning oqibatini ta'lim oluvchilar tez va adolatli tahlil qilishi va oldini olishi lozim. Bu faqat faol talabalar bilan axborot almashib turish natijasida amalga oshiriladi. Shundagina, ta'lim oluvchining o'quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratiladi va ijobiy natijalar beradi. Ta'lim oluvchi ta'lim - tarbiyaviy faoliyatni talabalar bilan birgalikda tashkil etadi. Bunda sinfning faol talabalari hamda norasmiy liderlari bilan o'zaro muloqotning adolatli bo'lishi muhim ahamiyatga ega talabalarni tarbiyaning turli elementlarini ongli ravishda mustaqil bajarishga jalb etish, bunda talabalarga tashkilotchilik va ijro etish rollarini bajarishga imkoniyat yaratib berish lozim.
Ta'lim oluvchining to'g'ri tashkil etilgan muloqoti talabaning o'zligini anglash funksiyasini takomillashtiradi. Bunda ta'lim oluvchining vazifasi muloqot asosida talabalarga o'zining "Men"ligini anglashni, shaxs sifatida o'z fikrini dadil va erkin gapirishni, jamoada o'z o'rnini bilishni, o'z-o'zini baholashni o'rgatishi kerak. Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan ta'lim oluvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar ta'lim oluvchining talabalar bilan muloqotiga ko'plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot, avvalo, ta'lim oluvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo'ladi.


Xulosa; Shuni xulosa qilib ayta olamizki o`tmishda ta‘lim-tarbiya qanday bo‘lganligi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlarning o‘zgarishi tufayli pedagogik g‘oyalar, tarbiya ishlarining mazmuni, usullarining yangilanib borganligini, o‘tmishda ijod etgan olimlar: Abu Nasr Farobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Hayyom, Az-Zamahshariy va boshqa olimlarning pedagogik qarashlari, faoliyatlari natijasidan bilim olish mumkin. Bugungi kun talabi asosida Avesto, Qur‘oni Karim, Xodislarda aks etgan pedagogik g‘oyalarni ilmiy-metodik jihatdan ochib berilmog‘i zarur. Eskini o‘zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo‘la oladi (Konfusiy) Ta‘lim-tarbiya, pedagogika fani tarixini bilmasdan o‘qituvchilik qilish mumkin emas.

Download 26.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling