Bo‘lajak o‘qituvchilarning eksperimental ko‘nikmalarini shakillantirishning o‘ziga hos jixatlari
Download 14.62 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Mamadisayev Oybek To‘lanboy o‘g‘lining “Bo‘lajak o‘qituvchilarning eksperimental ko‘nikmalarini shakillantirishning o‘ziga hos jixatlari” mavzusidagi bakalavr darajasini olish uchun yozilgan bitiruv malakaviy ishiga TAQRIZ XXI asrda jahon miqyosida ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof etilib, YuNESKO tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha belgilangan Xalqaro ta’lim kontseptsiyasida “Butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish” dolzarb vazifa sifatida belgilangan. Maktablarda o‘qitilayotgan fizika kursining metodologiyasini ochib berish, uni o‘zlashtirishda alohida o‘rin tutadi. Bu borada bir qator rivojlangan davlatlarning umumta’lim maktablarida o‘qitishning mazmuni va metodikasini takomillashtirishga alohida e’tibor bermoqda. Jumladan, Rossiya, Finlyandiya, AQSh, Janubiy Koreya, Germaniya mamlakatlari tajribasiga ko‘ra, yuqori sinf o‘quvchilariga fizika o‘qitishda muammoli vaziyatlar yaratish uchun o‘quv jarayoniga interfaol metodlarni qo‘llash, muammoli masalalardan moslarini tanlash, virtual laboratoriya ishlarini bajarishga oid o‘quv resurslarini yaratish va amaliyotga tatbiq qilishning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslangan. Bitiruv malakaviy ishning 1- bobi “Ta’lim jarayyonida eksperimental ko‘nikmalarini shakillantirishning psixolagik jixatlari va tasnifi” deb nomlanadi. 2-bobi— “Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarning eksperimental ko‘nikmalarning tarkibi va mazmuni” deb nomlanib, zamonaviy talim berishda qanday kerativ yondoshuvlar asosida o’qitishni shakllantirish muammolari yoritilgan. 3-bobi— “Eksperimental ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan laboratoriya topshiriqlarini loyihalashtirish metodikasi” deb nomlanadi. Bitiruv malakaviy ish so‘ngida xulosa, adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan. Tadqiqotning ijobiy holatlari bo‘lishi bilan birgalikda ba’zi mulohaza va takliflarni bildirish mumkin: Bitiruv malakaviy ishining matnini rasmiylashtirishda orfografik va stilistik xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Bitiruv malakaviy ishining ishining ikkinchi bodida amaliy ahamiyatiga yanada ko‘proq e’tibor qaratilganda edi, ishning sifati yanada oshgan bo‘lar edi. Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha xulosa qilish mumkin, talabgor Mamadisayev Oybek To‘lanboy o‘g‘lining “Bo‘lajak o‘qituvchilarning eksperimental ko‘nikmalarini shakillantirishning o‘ziga hos jixatlari” mavzusidagi Bitiruv malakaviy ishining ishi bakalavr darajasiga loyiq deb hisoblayman. Taqrizchi: Download 14.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling