Bo’lakchalarni harakatlanishi


Download 35.07 Kb.
bet1/18
Sana23.12.2022
Hajmi35.07 Kb.
#1049217
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Hujjat (10) (1)


Bo’lakchalarni harakatlanishi. Hom ashyo yengil harakat qiladigan (φ = 30-350), o’rtacha harakat qiladigan (φ = 40-450) va kam harakat qiladigan (φ = 50-560).
Yemirish qobilyati (yemirilish) – bu hom ashyo bo’lakchalarining yuklovchi – tushiruvchi mashina, taminlagichlarni ishchi yuzasini ishqalab yemiradigan xosassidir. Yemirish darajasi bo’yicha hom ashyo to’rt guruxga bo’linadi: А – yemirmaydigan, V – kam yemiradigan, S – o’rtacha yemiradigan, D – ko’p yemiradigan. Yemirilish 10 balli shkala (Moss shkalasi) bilan taqqoslanib harakterlanadigan bo’lakchalarni qattiqligiga bilan bog’liq.
Hom ashyo bo’lakchalarining mustaxkamligi siqish paytidagi mustahkamlik chegarasi σSJ bilan aniqlanadi va Protodyakonov shkalasi bo’yicha mustaxkamlik koeffisienti kKR bilan harakterlanadi: kKR = σSJ /10.
Transport turini tanlashda yetkazib berish ixtisodini belgilab beradigan umumiy harajatlar - hududiY, iqlim, tchnik va tehnologik sharoitlar inobatga olinadi.
Konveyer transporti (lentali konveyer) yetkazib beruvchi va iste’molchi orasidagi masofa 100 km gacha bo’lganda iqtisodiy samarali hisoblanadi. Lentali konveyer ishlatilganda tashish tannarhi avtotransportda tashishga nisbatan 1,7 martagacha, temir yo’l orqali tashishga nisbatan 2 barovar arzon tushadi.
Quvur transporti (gidrotransport) nasoslar yordamida, bosim ostida quvur orqali bo’tana – yanchilgan hom ashyoni suv bilan aralashmasini tashishga asoslangan. Transportning bu turi so’ngi yillarda keng qo’llanilmoqda.
Avtomabil transporti oraliq masofa 50 km dan oshmaganda ko’tarish quvvati 180 t va undan ortiq bo’lgan avtosamasvallar ishlatiladi.
Temir yo’l transporti butun jaxonda hom ashyo yetkazib berish uchun keng tarqalgan transport turi hisoblanadi. Sochma yukni tushurish ikki hil usul bilan olib boriladi:
1) Omborhona satxidan yuqori bo’lgan estakadalardan yoki chuqur bunkerlar ustidan o’zi ag’darma vagonlar (dumpkar, xopper) yordamida; tog’ jinsini yuk ko’tarish quvvati 60, 80, 105 va 180 t bo’lgan dumpkaralarda tashishadi.
2) Vagonag’dargichlar yordamida usti ochiq vagonlardan (poluvagon). Yuk ko’tarish quvvati 60, 93, 125 va 134 t bo’lgan vagonlar ishlatiladi. Vagonag’dargichlar ishlatilishini iqtisodiy jixatdan samaradorligi korhona kamida yiliga 1 mln. t. ruda qayta ishlaganda sezilarli bo’ladi. Biroq mexnat unumdorligini oshirish uchun bu ko’rsatkich 0.5 mln. t. gacha kamaytiriladi.
Qimmatbaxo rangli metall boyitmalari pastki qismi konussimon bo’lgan po’latdan tayorlangan konteYnerlarda tashiladi. Konteynerlarning sig’imi 10.5 va 3 t xamda sig’imi 4.2 va 1.2 m3 bo’ladi.
Suv transporti – yani kemalarda, barchalarda eng arzon yuk tashish transport turi bo’lib, korhona qurulish joyi tanlanayotganda e’tiborga olinadigan eng muxim omillardan biri bo’lib qolmoqda.

Download 35.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling