Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari
Miraziz A’zam asarlarining tarbiyaviy ahamiyati
Download 197.01 Kb.
|
Bolalar adabiyoti fanidan savollar
Miraziz A’zam asarlarining tarbiyaviy ahamiyati
Miraziz Aʼzamning “Qirq bolaga qirq savol”, “Gʻalati tush”, “Nurhon bilan Burhon”, “Ota bilan bola”, “Bir choʻntak yongʻoq” (turkum), “Alla”, “Bola va ona”, “Yoʻtal bobo” kabi sheʼr va qoʻshiqlari, “Asror”, “Erk qushi”, “Ona yurt osmonida”, “Antiqa” kabi doston, ertak-dostonlari bolalarda katta qiziqish uygʻotib kelmoqda.Miraziz Aʼzamning “Asror” dostonidagi Asror obrazida bolalarga xos joʻshqinlik, shijoat, mehnatsevarlik gʻoyalari, haqiqiy oʻquvchiga xos fazilatlar yorqin tasvirlanadi. Shoir bu gʻoyani ochishda kichkintoylar ongi va dunyoqarashidagi holatlarni toʻqnashtirish, ularning narsa va voqealarga boʻlgan munosabatlarini solishtirishdan samarali foydalanadi.Pilla qurti boqish dostonga asosiy mavzu qilib olinadi-da, oʻquvchi-yoshlarning bu sohaga qiziqishlari, bilimdonliklari mehnat jarayonida ochib beriladi.Asarda Asrorning oliyjanob fazilatlari – oqkoʻngil, sofdil, qoʻli ochiqligi ishonarli tasvirlanadi: tut daraxtini sevishi, tabiatga gʻamxoʻrligi yosh kitobxonlar uchun didaktik qimmatga ega.Gʻayrat, Nor, Rahim, Raʼno obrazlari orqali qalbi qaynoq, bir-biriga mehribon, jamoa ishi uchun fidoyi yoshlar gavdalantiriladi.Bolalarning maktabda pilla qurti boqishlari – qoʻshimcha soha – qishloq xoʻjaligi ishlariga jon-dildan yordam berishlari, fikr-mulohaza yuritishlari, biror ishga qoʻl urishsa, dadil harakat qilishlari yosh kitobxonni xursand etadi. Chunonchi, asarning “Pilla qurtlarining lohas boʻlishi” boʻlimi oʻquvchida katta qiziqish uygʻotadi:Pilla qurti boqilayotgan xona haddan ziyod isib ketgach, qurtlar barg yemay qoʻyadi. Shu daqiqa bolalarda yuz bergan holat: tushkunlik, xijolatpazlik, qurtlarga achinish hissi tasviri kichik kitobxonni cheksiz hayajonga soladi:Shoir hayotiy lavhalar chizishda davom etadi. Soʻkichak yengillatilib, xona maʼlum darajada sovitilgach, qurtlar yana asliga qaytadi, bir meʼyorda barg yeyishga kirishadi. Bolalar olam-olam quvonchga toʻladilar, shodlanadilar:Shoirning “Oʻlmas qush” ertak-dostonida tasvirlanishicha, Chingizxonning jodugarlik bilan bahodirlarining yostigʻini quritgan goʻzal kanizagi Sayxun boʻyida yashayotgan Nahang qassobning ham oromini buzadi. Jang maydonida kanizakni koʻrgan Nahangning qilichi qoʻlidan tushadi. Qizning makriga uchib, uni sevib qoladi. Uning xotini qazo qilib, Oʻlmas va Olmos ismli farzandlari qolgan edi. Dostonda epchil qiz Olmosning akasi Oʻlmas uchun otasi va oʻgay onasidan oʻch olishi ancha qiziqarli va ishonarli tasvirlanadi. Download 197.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling