Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Download 197.01 Kb.
bet1/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar


Bolalar adabiyoti fanidan savollar

  1. Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari

Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari. Bolalar kitobxonligi haqida.1. Bolalar folklori va uning janriy xilma-xilligi. 2. Bolalar qo’shiqlarining g’oyaviy- badiiy xususiyatlari 3. Bolalar o’yinlari va o’yin bilan aytiladigan qo’shiqlar. 4. Bolalarning mavsumiy qo’shiqlari va ularning bola tarbiyasida tutgan o’rni. Bolalar adabiyoti va bolalar folklorining mumtoz adabiyot namunalari bilan boliqligi. Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari. Bolalar kitobxonligi haqida.Xalq og’zaki ijodi turmush tajribalari asosida yuzaga kelgan bo’lib, mehnat jarayoni bilan chambarchas bog’langan. Xalq donoligi shu mehnat jarayonining turli va o’ziga xos shart-sharoitlariga muvofiq ravishda bolalar uchun ham ajoyib ertaklar, qo’shiqlar, topishmoqlar, maqollar, masallar, tez aytishlar yaratgan. Maqollar


Maqollar chuqur ma’noni ifoda eta bilishi, ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq og’zaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi.Daryo suvini bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar.
Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam, Odam — mehnati bilan.Bilagi zo’r birni yiqar,
Bilimi zo’r mingni yiqar.Ilm — aql chirog’i.Tilga e’tibor — elga e’tibor.
Topishmoq o’ziga xos shakl va mazmunga ega bo’lgan mustaqil bir asardir. Unda falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning mohiyati nihoyatda go’zal, obrazli ifodalar bilan aks ettiriladi. Bu janr ikki kishi yoki jamoa o’rtasida berilgan jumboqli savolga javob qaytarish tarzida ijro etiladi.TOPISHMOQLAR “Pak-pakana bo’yi bor, yetti qavat to’ni bor” (piyoz), “Dum-dumaloq, jajji oy, chaqib yesang g’ij-g’ij moy» (yong`oq) ,«Qo’li yo’q, oyog’i yo’q, uy poylar» (qulf).“Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi» (Quyosh, oy, yulduzlar).“Bir chuqurda ming chuqur” (angishvona).,,O’zi bir qarich, soqoli ming qarich» (ip-igna).“Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar, doston o’qir, g’alvir to’qir» (ari). «Osti tosh, usti tosh, o’rtasida jonli bosh” (toshbaqa).MASAL Masallar ko’proq hayvonlar, jonivorlar, parranda-yu darrandalar, o’t-o’lanlar misolida og’zaki, yozma shaklda, nasr yoki nazmda bo’ladi. Masal hamisha o`z hissasiga ega bo`ladi.Hissa: Al’amon, yuz al’amon,nojinslardan al’amon,Yaxshi ulfatlar bilan bo’lg’il hamisha, ey javon!QO’SHIQLAR Qo’shiq lirikaning eng qadimgi shakllaridan biri bo’lib, kuylashga mo’ljallangan, kuy-ohang bilan aytiladigan bir necha bandli she’rdan iboratdir. «Alla» qo’shig’iYot, bolam, uxla, qo’zim, Uylarda o’chdi chiroq. Uxlar asalarilar, Uxlar baliqlar tinchroq. Ko’kda oy yarqiraydi, Derazadan qaraydi. Ko’zlaring yumgin, qo’zim, Yot, quvonchim, qunduzim! olalar xalq og`zaki ijodida maqollar yetakchi o`rinda turadi. Xalq yaratgan g`oyat ixcham, chuqur va tugal ma’noli gaplar maqol, deb yuritiladi. Maqol xalqning, bir necha avlodlarning aqlu farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir. Maqollarda hayotning achchiq-chuchugini tatib ko`rgan, turmushdagi hodisalarga aql ko`zi bilan qaraydigan, sof vijdonli, olijanob, mehnatkash kishining biror voqea-hodisadan, biror kishidan yoki biror ishdan chiqargan xulosasi bayon qilinadi. Bu xulosa biror kishi uchun (ko`proq bolalar uchun) yo`l ko`rsatuvchi bo`lib xizmat qilishi mumkin. Maqollar xalqning aql-idroki, ijtimoiy-tarixiy tajribasi, kurashi hamda mehnatining badiiy ifodasi sifatida yaratilib kelinmoqda.


  1. Download 197.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling