Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


“Zarbulmasal” ning g`oyaviy mazmuni va obrazlari


Download 197.01 Kb.
bet14/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

“Zarbulmasal” ning g`oyaviy mazmuni va obrazlari 
xususida nimalarni bilasiz? 
“Zarbulmasal” majoziy asar bo`lishiga qaramay, unda XIX asr
muhiti voqealari tasvirlanadi. Yozuvchi bu asarida o`zaro o`sha
davrda bo`lib o`tayotgan urushlarning dahshatli oqibatlarini ochib
tashlaydi. Asarda bu kabi urushlarning el-yurtga keltirgan
qashshoqlik va xarobaliklari xarakterli tafsilot va imo-ishoralarda
yorqin aks ettirilgan.
Yapaloqqush o`zaro to`qnashuvlarda boyligi qo`ldan ketgan,
qo`rg`oni buzilgan, Gulxaniy aytganidek, «oti ulug`, suprasi quruq»
boylarning kinoyaviy obrazidir. Buni biz dastlab uning xatti-
harakatlarida va atrofdagilar bilan munosabatida kuzatamiz,
chunonchi, u o`g`liga Kulonkir sulton deb balandparvoz nom qo`yadi.
Yoki Boyo`g`liga quda bo`lmoqchi bo`ladi, o`zini katta tutib “Har
qanchalik qalin bo`lsa topilur”, deb maqtanadi. Yapaloqqushning
tushkunlikka uchragan “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” boylarning
kinoyaviy obrazi ekanligi, atrofdagilar, jumladan, unga qarshi
qo`yilgan Ko`rqush bilan muomalasida ham yaqqol ko`rinadi:
Ko`rqush sovchilikka ketayotganida Yapaloqning maqtanchoqliga
qarshi “Bor maqtansa – topilur, yo`q maqtansa – chopilur”,
“Chumchuq semirsa botmon bo`lurmi?” kabi maqollarni keltiradi.
Yapaloqqush “…bolamning asbobi kulonkirligi minqori bilan
changalidan ma`lum va ravshan emasdurmu?” degan so`zlar bilan
o`ziga o`xshash boylarning zo`ravonligiga ishora qiladi. Lekin bu
o`rinda ham Ko`rqush Yapaloqning quruqligini fosh etib,
“Chuchvarani xom sanabsan”, “Halvo degan birla og`iz chuchimas”,
“Oti ulug`-suprasi quruq”, “Uyida chaksa uni yo`q, tom boshida qo`sh
tandir”, “Sichqon sig`mas iniga, g`alvir bog`lar dumiga” degan
iboralar senga mos keladi, deydi.



  1. Zarbulmasal” asridagi “Toshbaqa bilan chayon” masalining tarbiyaviy ahamiyati

Gulxaniy “Zarbulmasal” asarida o`zining muhim ijtimoiy qarashlarini, el-ulus taqdiriga munosabatini qiziqarli masallar orqali ifodaladi. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari XVIII-XIX asrlar o`zbek nasrining nodir namunasidir. Mazkur asar xalq ertaklari taxlitida yozilgan mukammal mazmunli o`tkir satirik asardir. Gulxaniy o`zining bu asarida xalqning mazmundor maqollari, hikmatli so`zlari va qochiriq gaplaridan mohirlik bilan foydalandi. U feodal hukmdorlar va ularning laganbardorlarini, saroy ahlining yaramas kirdikorlarini majoz yo`li bilan o`tkir satira ostiga oladi. Chunki u mehnatkash xalqning og`ir, mashaqqatli hayotini o`z ko`zi bilan ko`rdi, saroy bazmlari, keti uzilmas mayparastliklar xalqni talash hisobiga bo`lishini payqad va bunday salbiy ishlar uning ko`zini ochdi. Natijada, unda saroy ahliga nisbatan nafrat hissi tobora oshib bordi. Ammo shoir sharoitga ko`ra, hukmron doiralardan noroziligini va nafratini ochiq-oydin ifodalay olmas edi. Shuning uchun majoziy shakldagi “Zarbulmasal” asarini yozishga kirishdi. Asarda shoirning maqsadi, hayotga, uni o`rab olgan muhitga, hokim tabaqalarga bo`lgan munosabati to`g`ridan-to`g`ri ifoda etilmay, balki hayvonlar, qushlar va shunga o`xshash majoziy obrazlarning tasviri orqali ifodalandi. Shoir shu zaylda o`zi yashagan zamon uchun aniq va xarakterli voqea-hodisalarni, ularga o`zining munosabatini, qarashlarini tasvirlaydi. 2.“Zarbulmasal” ning personajlari, asosan, qushlarning kinoyaviy-allegorik obrazlaridan iboratdir. O`z davr voqealarini majoziy usulda badiiy ifoda etgan axloqiypandnoma va tanqidiy-hajviy yo`nalishdagi “Zarbulmasal” asari Gulxaniyga favqulodda shuhrat keltirdi. Unda ijtimoiy hayot muammolari, turli toifadagi odamlar o`rtasidagi munosabatlar, xalq turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so`z yuritiladi. Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko`chirib tasvirlansa, majoziy asar deyiladi. Gulxaniy ham, qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit qabilida qushlar misolida o`z davri voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toju taxt talashlari, mamlakat urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob bo`lgan. Buxoro va Qo`qon xonliklari o`rtasidagi munosabat yomon bo`lib, ular o`zaro urishib yurganlari uchun ham asarda Buxoro go`yoki vayronalarga boy muzofot singari tasvirlansa-da, Qo`qon ham undan obod emas edi. Adib aytmoqchi, xonning atrofini Boyo`g`li, Yapaloqqush, Ko`rqush, Kordon, Kulonkir sulton kabi yomon odamlar o`rab olgan. “Holo, bu turg`onlaring navola do`stlari, piyola hariflari, taom emakka hozir, maslahatga aqli qosir”. Bu ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning ustidagi Boyo`g`liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning yirtqich va asosan, tunda ov qiladigan qushlarni o`z asariga qahramon qilib olishida nozik ishora mavjud. Shuning uchun Ko`rqush tilidan nasihat qiladi: “Ulug`ni borgohinda xiradmandi donish va aqli xiradi bohush har qancha ko`b bo`lsa ham, oz bo`lur. Xususan, podshohi odilg`a uch toifadin guzir yo`qdur: avval, odamni boamalki, podshohning oxiratlik asbobini tarabdudida bo`lsa. Ikkinchi vaziri sohibi ra`ykim, podshohning dunyolik yarog`ini tarabdudida bo`lsa. Uchinchi, munshiyi rostnavis, qalamzanu nigohdoru shamshirzan bo`lsa”. Gulxaniy o`z zamonasida sodir bo`layotgan talon-tarojlik, xalqni qiynash, ortiqcha soliqlar solish kabi voqealarni ochiqdan-ochiq yoza olmas edi. U buni faqat ertak yo`li bilan amalga oshirish mumkin ekanligini tushunadi. Shuning uchun Yapaloqqush va Boyo`g`lining bir-biriga quda bo`lishi voqeasini keltiradi. Bu ikki quda to`y bahonasi bilan mamlakatni xonavayron qiladi. Yozuvchi Ko`rqush, Hudhud, Kulonkir sulton, Sho`ranul, Malik Shohin va Kordonlarning birbirlariga aytgan masallari, hikoyalari orqali asarning g`oyaviy mazmunini ochadi. Yapaloqqush va Boyo`g`lilar yuqori tabaqa vakillari. Ularning xatti-harakatlari ochko`z va qonxo`r bo`ri, aldamchi va shayton tulkilarga o`xshaydi. Bularning o`y-fikrlari, yurish-turishlari shumlik, shahar va qishloqlarning vayron bo`lishi uchun bayramdir. Asarda Yapaloqqush bilan Boyo`g`lining quda-anda bo`lishi, Yapaloqqushning o`g`li Kulonkirga Boyo`g`lining qizi Gunashbonuning olib berilishi sarguzashtlari majoziy, o`tkir hajviya tarzida tasvirlanadi. Gulxaniy qushlarning o`zaro murakkab munosabatlari asosida o`z davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratadi. Asarning “Zarbulmasal” deya nomlanishiga sabab, unda yozuvchi xalq tilidagi maqol va masallarni tasvirlayotgan hayotiy voqealarga mutanosib ravishda zarblash usulida ish tutgan. “Zarbulmasal” mundarijasiga “Toshbaqa bilan Chayon”, “Tuya bilan bo`taloq”, “Maymun bilan najjor” kabi masal va 400 dan ortiq maqol, talay xalqona iboralar voqealar izchilligiga singdirib yuborilgan. “Zarbulmasal” badiiy asar bo`lishi bilan birga, mumtoz nutqiy xazina hamdir. Undagi «tesha tegmagan» iboralar va mazmundor maqollardan bugungi adabiy tilimizni boyitishda ham foydalanish mumkin.




  1. Download 197.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling