Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Sh.Sa’dulla ijodining tarbiyaviy ahamiyati


Download 197.01 Kb.
bet22/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

Sh.Sa’dulla ijodining tarbiyaviy ahamiyati

Shukur Sa’dulla 1912-yilning 15-yanvarida Jizzax shahrining Toshkentlik mahallasida xizmatchi oilasida tugildi. U 7 yoshga to‘lganda mahalladagi eski maktabga boradi va u yerda tez savod chiqaradi, so‘ngra yangi tashkil etilgan Narimonov nomli maktabda o‘qishni davom ettiradi. 12 yoshida maktabni bitirgach, bilimini yanada oshirish maqsadida 1924-yilda Samarqand shahriga kelib, Pedagogika bilim yurtiga kiradi. Xuddi shu maskanda adabiyotga bir umr bog’lanadi, she’r mashqiga jiddiy beriladi.


Sh. Sa’dullaning dastlabki she’rlari, asosan, kattalarga mo’ljallangan. Ular shoirning o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hodisalardan olgan taassurotlarining ifodasi tarzida bunyodga kelgan. Shoirning ana shu mavzudagi she’rlari 1932-yilda „Hayqiriq“ nomi ostida maxsus to‘plam shaklida Toshkentda chop etilgan. O‘n bir she’r va bir kichik poemani o‘z ichiga olgan bu birinchi kitobning nomlanishi ham ramziy xarakterda edi. Bu davrda Samarqandda (1929-yilning boshida) bolalar adabiyoti to‘g‘risida kengash bo‘lib o‘tadi. Kengash Sh. Sa’dullaga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Unda quvnoq bolajonlaming baxtiyor hayotini ifodalash tuyg‘usi kuchayadi.Toshkent va Buxoro o‘quv yurtlarida taiim olayotgan Zafar Diyor, Ilyos Muslim, Sulton Joialar bolalar uchun yozish an’anasini boshlab bergan edilar. Sh. Sa’dulla ular bilan bir safda turib, ijod qila boshladi. 1931-yilda O‘zbekiston Davlat nashriyotining bolalar va yoshlar adabiyoti boiimiga muharrirlikka ishga taklif etiladi.1950-yilda Sh. Sa’dulla I. Muslim bilan hamkorlikda bolalar shoiri S. Marshakning „She’r va ertaklar“ asarini o‘zbek kitobxonlariga tortiq etishdi. Shuningdek, Sh. Sa’dulla daniyalik mashhur ertakchi G. X. Andersen, rus yozuvchisi N. A. Nekrasovning asarlarini, L. Tolstoy va B. Jitkovning hikoyalarini, bolalar shoirlari M. Kvitko, A. Barto, M. Mirshakar, O. Bedyorov, M. Fayzulina she’rlami, V. Lebedov-Kumechning yoshlik taronalarini, B. Gorbatovning „Bo‘ysunmaganlar“ (1953), V. Oseyevaning „Vasyok Trubachev va uning o‘rtoqlari“ (1954) povestlarini, Korney Chukovskiyning „Doktor Voyjonim“ (1966) asarini ona tilimizga taijima qilgan.


  1. Download 197.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling