Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari
Sh.Sa’dulla asarlarida ilgari surilgan g’oyalar
Download 197.01 Kb.
|
Bolalar adabiyoti fanidan savollar
Sh.Sa’dulla asarlarida ilgari surilgan g’oyalar
Shoir bolalar tarbiyasiga oid yana turli mavzularda she’rlar yozgan. Bu she’rlarda u bolalar tabiati ko`tarmaydigan quruq nasihatgo`ylikdan qochadi. Inson tabiatiga xos bo`lgan chinakam his va axloq qoidalarini bola hayotidagi oddiy voqealar asosida tashviq qiladi. “Kim yaxshi?” she’rida oilaning kenjatoyi Dildor oiladagi hamma kishilarga bir xilda munosabatda bo`ladi. Dadasini ham ayasini ham, buvisini ham, akasini ham bir xilda yaxshi ko`radi. Birortasini birov yomonlasa yig’lab yuboradi. Bu she’ri bilan shoir boladagi oilaga bo`lgan ilk muhabbatni va boladagi gumanistik hislarni tarbiyalaydi. Shoir bolalar o`yinchoqlari va ularning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini ham to`g`ri tasavvur qiladi. Bolaning “o`zi yog’och, yoli qil” toychoqqa minib zavqlanishini ham, qizchalarning “Bolalarga ovunchoq” quyon qo`g’irchoqqa bo`lgan mehrini ham, ularning “Boshchasida shoxi bor, dumchasida oqi bor” echki bola bilan inoqligi va u bilan o`ynashishini ham maroqli tasvirlaydi. Bu tasvirda bola xarakteri va xususiyati ochiladi. Shu bilan birga shoir bolalarni o`yinchoqlarga to`g`ri munosabatda bo`lishga, ularni sindirmasdan, buzmasdan asrashga chaqiradi. Bu tarbiyaviy chaqiriqning o`yinchoq tilidan bayon qilinishi esa she’rning ta’sir kuchini yana oshirgan: Shukur Sa’dulla bolalarning o`yin mashg’ulotlari haqida ham ko`pgina chiroyli, ta’sirchan she’rlar yozgan. Bolalar o`yini bilan bog’langan she’r bolalar uchun qimmatli asardir. Bu yerda shu narsani ham ta’kidlab aytish kerakki, o`yinlar bola uchun jiddiy ishdir. “Tulki va g’ozlar” she’rida birlari tulki, qolganlari g’oz bo`lib tulkiga tutqich bermay uning ustidan kulib qochsalar, “Mehmondorchilik” she’rida qizchalar “G’ivirlashib hovlida” tut terib shinni pishiradilar va qo`g’irchoqlarni ziyofat qiladilar. Qo`g’irchoqlar ziyofatga qaramagach tovuq va mushukni taklif qiladilar. Ular hamma yoqni to`zitib, to`kib ketadilar. Shu bilan “mehmondorchilik odosh” bo`ladi. Bu she’rlarda shoirning izlanishi, bolalarga ma’qul o`yinlar topishi va uni bolaga moslab berishga intilishi ko`rinib turibdi. Shu bilan birga bu she’rlarning yana bir muvaffaqiyati shundaki, u umumiylikdan, quruq ritorikadan uzoq bo`lgan syujetli va voqeaband she’rlardir. Ma’lumki, voqeabandlik ayniqsa, bolalar asari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunday she’r bolani zeriktirmaydi. U xuddi hikoya yoki ertak kabi bola ongiga, xotirasiga oson singadi. Download 197.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling