Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Qudrat Hikmat ijododa ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi


Download 197.01 Kb.
bet30/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

Qudrat Hikmat ijododa ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi

Iste’dodli bolalar shoiri Qudrat Hikmat qisqa va samarali ijodini kichkintoylarni ilmga ishtiyoq, ona-Vatanga, jonajon yurtimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga bag’ishladi.Qudrat Hikmat 1925 yilda Toshkent shahrida kambag’al oilada tug’ildi. Bo’lajak shoir Quddus Muhammadiy rahbarlik qilgan adabiyot to’garagida faol ishtirok etdi. Uning bu to’garakka qatnashishi she’riyat sirlarini egallashida katta ahamiyatga ega bo’ldi.Qudrat Hikmatning ijodiy o’sishida Oybek, Abdulla Qahhor, Uyg’un, Mirtemir, Quddus Muhammadiylarning murabbiylik roli katta bo’ldi.Qudrat Hikmat bolalar uchun 1945 yildan boshlab she’rlar yoza boshladi. Uning dastlabki she’rlari bolalar va yoshlar gazetalarida hamda jurnallarida bosilib chiqdi.Qudrat Hikmat bir qancha vaqt Chirchiq shahar gazetasida ishladi. Shu bilan birga mehnatdan ajralmagan holda hozirgi Toshkent davlat pedagogika universitetida ‘qidi. 1957 yildan umrining oxirigacha turli nashriyotlarda muharrir, bo’lim boshlig’i sifatida yosh avlodga kitoblar chop etishda fidoyilik qildi.Qudrat Hikmatning “Mening Vatanim” (1950), “Baxtli bolalar” (1951 1952), “Odobli” (1953), “Do’stlik” (1954), “Rodnoy Uzbekistan” (1955) kabi qator to’plamlari nashr etildi. Keyinchalik “Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak” (1963), “Soatjonning soati” (1964), “Toshbaqalar hujumi” (1965), “Daydi bola”, “O’g’lim bilan suhbat” (1970) singari kitoblari bilan o’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga samarali hissa qo’shdi.Shoir asarlarining mavzu doirasi keng va rang-barang. Turli yoshdagi kitobxonlar Qudrat Hikmat asarlarini sevib o’qiydilar, ulardan estetik zavq oladilar. Shoir o’z asarlarida bolalarni qiziqtirgan, ularning bilgisi, eshitgisi kelgan narsa va voqealarni ixcham, o’ynoqi vazn va qofiyalari pishiq ishlangan misralarda ifodalaydi.Qudrat Hikmat ijodining yana bir muhim tomoni shundaki, u bolalar tilini yaxshi o’zlashtirgan, o’rgangan. Shuning uchun ham uning she’rlari go’zal va yoqimli, sodda va ravon.Qudrat Hikmat “Bog’cha” she’rida bolalarni ulkan Vatanning quchog’iga yetaklab kiradi. Vatan degan shu aziz so’zni, uning tom ma’nosini bolalarning soya-salqin, ozoda, orombaxsh bog’chasiga ko’chiradi. Shu yer, kichkintoylarning yurgan-turgan joyi ulug’ Vatan ekanligini uqtiradi:




  1. Download 197.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling