Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Qudrat Hikmatning hayoti va ijodi


Download 197.01 Kb.
bet29/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

Qudrat Hikmatning hayoti va ijodi

  • Начало формы

    QUDRAT HIKMAT (1925 – Toshkent — 1968.10.4) — bolalar shoiri. Toshkent Pedagogika in-ti kechki bo’limini tugatgan (1957). Respublika gaz. larida adabiy xodim (1950—53), Badiiy adabiyot va san’at nashriyotida bo’lim mudiri (1960—68). Dastlabki she’riy to’plami — «Mening Vatanim» (1950). «Baxtli bolalar» (1951), «Obodlik» (1953), «Do’stlik» (1954). «Uch o’rtoqning sovgasi» (1957), «Nevara mehri», «Chirchiq farzandi» (1961), «Alisher va kitob» (1962), «Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak» (1963), «Soatjonning soati» (1964), «Toshbaqalar hujumi» (1965), «Shamol botir» (1966), «Daydi bola», «O’g’lim bilan suhbat» (1970), «Olmos mening yuragim» (1983), «Mening yuragim» (1986) va b. to’plamlarga kirgan she’r, ertak va dostonlari Onavatan madhi, tabiat va fasllar tasviri, bolalar hayoti hamda ta’lim-tarbiya muammolariga bag’ishlangan.
    Qudrat Hikmatning vatan madhidagi «Mening Vatanim», tabiat va fasllar tasviridagi «Bu qaysi fasl?», «Tog’ manzarasi», «Ertalab», Yangi yil ta’rifidagi «Yasha, Yangi yil», «Biz ekkan archa», xalq og’zaki ijodidagi o’yin qo’shiqlari asosida yaratgan «Oq terakmi, ko’k terak?», «Chillak o’yini» singari she’rlari ifodasining soddaligi, serbo’yoq va yorqin manzaralar yaratilganligi bilan ajralib turadi. Qudrat Hikmat tug’ma bolalar shoiri sifatida o’zbek bolalar she’riyatiga yangi badiiy tovlanishlarni olib kirgan, uning vazn, band, qofiya tizimini bolalar ruhiyatidan kelib chiqqan holda isloh etgan. V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Surkov, M. Bajan, A. Barto va b. ning bolalarga atalgan she’rlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.



    1. Qudrat Hikmat asarlarida ilgari surilgan g’oyalar va tarbiyaviy ahamiyati

    Qudrat Hikmat- bolalar adabiyoti shoiridir. Bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan shoir. Qudrat Hikmat qaysi mavzuda, qaysi janrda qalam tebratmasin, halol, topqir va chopqir bolalar dunyosini kashf etishga intiladi. U 1925 yili Toshkentning Sebzor mahallasida tavallud topgan. Onasi Muborak aya erta qazo qilgan (1934). Otasi esa dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Qudrat Hikmat 1934 yilda o‘rta maktabga borib, uni 1944 yilda tugatgan.Shoir sifatida maktab devoriy gazetasida o‘z she’rlari bilan ko‘rina boshlaydi.1945 yildan boshlab Qudrat Hikmat she’rlari gazetalar, «Gulxan», «Sharq yulduzi» kabi jurnallarda chop etiladi.Qudrat Hikmat 1947 yildan boshlab mashhur baxshi Islom shoir Nazar o‘g‘liga adabiy kotib bo‘lib xizmat qiladi. Bu hol ijodkordagi xalqchillikning kamol topishiga olib keladi.Uning birinchi she’riy to‘plami - «Mening vatanim» 1950 yilda nashr etiladi.U 1957 yilda Toshkent Davlat kechki pedagogika institutini tugatgan.Shundan so‘ng uning «Baxtli bolalar», «Tinchlik - obodlik», «Moskvaga sayohat», «Do‘stlik», «Uch o‘rtoqning sovg‘asi», «Nabira mehri», «Onaxonim», «Alisher va kitob», «Toshbaqalar hujumi», «Soatjonning soati» kabi o‘nlab she’riy guldastalari, «Chirchiq farzandi» dostoni, «Ilon shoh va uning amaldori Ari haqida ertak» kabi asarlari yaratiladi.Qudrat Hikmat mohir tarjimon sifatida S.Marshak, S.Mixalkov, A.Barto kabi rus shoirlarining she’rlarini o‘zbekchaga tarjima qilgan.U 1968 yili og‘ir betobliqdan so‘ng 43 yoshida vafot etgan.Qudrat Hikmatning she’rlaridagi bolalarcha samimiylik, beg‘uborlik va to‘g‘rilik shoir asarlarining jozibali bo‘lishini ta’minlaydi.Ammo:Olmos mening yuragim,


    Tolmas mening yuragim.Kim aytadi she’rimda
    Qolmas mening yuragim, -deganidek, shoir o‘z she’rlarida uzoq yashash baxtiga muyassar bo‘lgan ijodkorlardan biridir.O‘zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan shoir Qudrat Hikmatdir.




    1. Download 197.01 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling