Melibayeva marxabo 307-guruh hayoti va ijodi


Download 0.55 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1542484
Bog'liq
Meliboyeva Marhabo 307-guruh

MELIBAYEVA MARXABO 307-GURUH

HAYOTI VA IJODI


Qudrat Hikmat- bolalar adabiyoti shoiridir. Bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan shoir. Qudrat Hikmat qaysi mavzuda, qaysi janrda qalam tebratmasin, halol, topqir va chopqir bolalar dunyosini kashf etishga intiladi.
U 1925 yili Toshkentning Sebzor mahallasida tavallud topgan. Onasi Muborak aya erta qazo qilgan (1934). Otasi esa dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Qudrat Hikmat 1934 yilda o‘rta maktabga borib, uni 1944 yilda tugatgan.
Shoir sifatida maktab devoriy gazetasida o‘z she’rlari bilan ko‘rina boshlaydi.
1945 yildan boshlab Qudrat Hikmat she’rlari gazetalar, «Gulxan», «Sharq yulduzi» kabi jurnallarda chop etiladi.
Qudrat Hikmat 1947 yildan boshlab mashhur baxshi Islom shoir Nazar o‘g‘liga adabiy kotib bo‘lib xizmat qiladi. Bu hol ijodkordagi xalqchillikning kamol topishiga olib keladi.
Uning birinchi she’riy to‘plami - «Mening vatanim» 1950 yilda nashr etiladi.
U 1957 yilda Toshkent Davlat kechki pedagogika institutini tugatgan.
Shundan so‘ng uning «Baxtli bolalar», «Tinchlik - obodlik», «Moskvaga sayohat», «Do‘stlik», «Uch o‘rtoqning sovg‘asi», «Nabira mehri», «Onaxonim», «Alisher va kitob», «Toshbaqalar hujumi», «Soatjonning soati» kabi o‘nlab she’riy guldastalari, «Chirchiq farzandi» dostoni, «Ilon shoh va uning amaldori Ari haqida ertak» kabi asarlari yaratiladi.
Qudrat Hikmat mohir tarjimon sifatida S.Marshak, S.Mixalkov, A.Barto kabi rus shoirlarining she’rlarini o‘zbekchaga tarjima qilgan.
U 1968 yili og‘ir betobliqdan so‘ng 43 yoshida vafot etgan.

SH’ERLARIDA NAMINALAR


ERTALAB Osmon tiniq, zangori, Beg‘ubor aft-angori. Yarqirab nur anhori, Oftob chiqdi olamga. - Assalom! - der Yer pastda, - Assalom! - der el asta. - Qancha orzu-havasda - Oftob chiqdi olamga. - Dovon oshib shod-xandon, Xursand bo‘lib u chandon, Yashasin deb har bir jon, Oftob chiqdi olamga.
TOG’ MANZARASI Go‘yo ko‘kka ustun tog‘, Kiygan suvsar, oq qalpoq. Cho‘qqilari o‘rkachdek, Tosh gavdasi keng, yalpoq. Ko‘ksin bezar alvon gul, Kifti archa - to‘nlari. Sho‘x qo‘shiqlar aytadi Shalola - fontanlari. Har xarsangi ming botmon, O’rtasida nil hovuz. Butalarning tagiga In qo‘yishgan g‘oz, tovus. O’tzorlarda chiyovlar Qirg‘ovulu tustovuq. Ba’zan quyosh yilt etar, Ba’zan tushar tez sovuq. Chodir - uyni ivitib, Savalaydi sel, jala, Hurkib kiyik, jayronlar Qochishar gala-gala.

BAHOR Uchib yurar mayin shamollar, Yelpib-elpib anhor yuzini. Qirg‘oqlarda soyabon tollar Oyna-suvda ko‘rar o‘zini. Tong yellari o‘ynoqlab sekin, Jiydazorga kirib yo‘qolar. Maysa o‘tlar tebranib sekin, Orqasidan kuzatib qolar. Chumchuqlarning og‘zida cho‘p-xas, In qo‘yishar tutlar ustiga. Ko‘kni quchgan teraklar tinmas, Oro berar kulrang po‘stiga. Bedapoya, yam-yashil o‘tloq, Chinorlarda qushlar chug‘urlar, Ko‘klam ko‘rkin ko‘rdingmi, o‘rtoq, Chamanzordek hammayoq gullar.

BAHOR Uchib yurar mayin shamollar, Yelpib-elpib anhor yuzini. Qirg‘oqlarda soyabon tollar Oyna-suvda ko‘rar o‘zini. Tong yellari o‘ynoqlab sekin, Jiydazorga kirib yo‘qolar. Maysa o‘tlar tebranib sekin, Orqasidan kuzatib qolar. Chumchuqlarning og‘zida cho‘p-xas, In qo‘yishar tutlar ustiga. Ko‘kni quchgan teraklar tinmas, Oro berar kulrang po‘stiga. Bedapoya, yam-yashil o‘tloq, Chinorlarda qushlar chug‘urlar, Ko‘klam ko‘rkin ko‘rdingmi, o‘rtoq, Chamanzordek hammayoq gullar.


ALISHER VA KITOB Kitobga o‘ch o‘g‘ilcham, Oltin topgan singari, Chiqsa yangi bir asar O’qir mendan ilgari. Mayli, bo‘lsin hikoya Yoki to‘rt yo‘l quvnoq she’r. Ayvonchada muk tushib, Sharillatar Alisher. Qosh qorayib ketkuncha Qo‘ldan tushmas kitobi. Unga yoqqan she’rlarning Hozircha yo‘q hisobi. Olimdek serharakat, Ishlar puxta berilib. Uncha-buncha yoshlardek Oshib ketmas kerilib. Turna qator savolga Soldat kabi doim shay. Hozirjavob bo‘lmasdi, Shuncha kitob o‘qimay.

Qudrat Hikmat qalamiga mansub Oq terakmi, ko'k terak sh’eriy toplami Дунё сир-асрорга тўла. Унинг мўъжизалари болажон қалбида янгидан янги ҳайратларни очади. Шунданми, уларнинг ширин забонларида саволлар бисёр. Қудрат Ҳикмат ана шу мўъжизаларга тўла олам сирларини ўзининг гўзал сатрлари орқали шеърга солади. Синчков болажон эса мисралар қатидан жумбоқларининг жавобини излаб топади. Қудрат Ҳикматнинг мазкур тўпламга жамланган шеърлари болажонларимиз учун муносиб совға бўлишига ишонамиз.

Qudrat Hikmatning maktab darsligida keltirilgan “Ayamajiz” sheri juda mashxur

Biyday cho’lu dalalar

Boʻralar qor kapalak.

Bogʻlar sokin, mizgʻishar

Misoli oq kapalak.

Muz oynalar sovuq yeb

Anhorchada qirsillar

Tarnovlarda sumalak

Shodalari chirsillar

Sahiy ona tabiat

Quchogʻida havo sof

Onda-sonda koʻrinar

Nursiz, qizgʻish oftob.

Ayamajiz izgʻiydi

Koʻchalarda tutaqib.

Shox-shabbani tortqilar

Yalmogʻizdek yutoqib…

Ko’kmaysalar nish urib

Yerning baland-pastidan.

Goʻzal bahor selkillab

Yetilar yer ostida


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling