“Sadoi Turkiston” gazetasi
Download 7.04 Kb.
|
Sadoi Turkiston gazetasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat
“Sadoi Turkiston” gazetasiSADOI TURKISTON" ("Turkiston ovozi") — jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy gazetasi. 1914-yil 4 apreldan 1915-yil 10 aprelga qadar Toshkentda oʻzbek tilida nashr qilingan. Gazetasi Ubaydulla Asadullaxoʻjayev (Xoʻjayev) tomonidan tashkil etilgan va uning muharrirligida faoliyat koʻrsatgan.
"Sadoi Turkiston" da davrning Toʻlagan Xoʻjamyorov (Tavallo), Abdulhamid Sulaymonov (Choʻlpon), Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mirmuhsin (Shermuhamedov), Abdulla Qodiriy, Xolid Sayd, Saidnosir Mirjalilov, Moʻminjon Muhammadjonov, Abdulla Ergʻoziyev, Noʻshiravon Yovushev, Siddiqiy, Lutfulla Olimiy, Ibrohim Davron, Shokirjon Rahimiy kabi millatparvar adib va ziyolilari faol hamkorlik qilganlar
Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev (ayrim manbalarda Xoʻjayev Ubaydulla) (1878-1937) – jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yirik vakili, oʻzbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan biri. Toshkentdagi rus-tuzem maktabini bitirgach, mahkamalardan birida til-moch boʻlib ishladi (1897). Rossiyaning Saratov shahridagi huquqshunoslik institutida oʻqidi (1908–12). Talabalik yillaridayoq davr muammolarini yechishni oʻyladi, rus yozuvchisi L. N. Tolstoy bilan yozishmalar qildi (1909). Oʻqishni tu-gatgach, dastlab Saratov, 1913-yilda Toshkent okrug sudida xususiy advokat boʻlib ishladi. Chor hukumati ma’murlarining poraxoʻrligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga erishdi. Jadidchilik harakatiga qoʻshilib, tez orada uning yirik vakillaridan biriga aylandi. "Umid" deb ataluvchi ilgʻor musul-mon guruhiga yetakchilik qildi (1913). "Turon" jamiyatining asoschilaridan biri (1913). U mustaqil firqa tashkil qilish niyatida Toshkentda "Sadoi Tur-kiston" gaz.ini tashkil etib (1914.4.4), unga muharrirlik qildi. Gaz. ishiga oʻsha davr ma’rifat dargʻalari – Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxo-nov, Abdurauf Muzaffarov singarilarni jalb etdi. U gaz.da turli mavzularda dolzarb maqolalar bilan chiqib, chorizmning mustamlakachilik siyosatini fosh qildi. Turkistonga tarqalib, umum-677milliy matbuot nashriga aylanayotgan "Sadoi Turkiston" 1915-yil aprelda yopib qoʻyilgan boʻlsada, u oʻlka ziyolilarining "Taraqqiyparvarlar" firqasiga zamin tayyorladi."Umid" deb ataluvchi ilgʻor musul-mon guruhiga yetakchilik qildi (1913). "Turon" jamiyatining asoschilaridan biri (1913). U mustaqil firqa tashkil qilish niyatida Toshkentda "Sadoi Tur-kiston" gaz.ini tashkil etib (1914.4.4), unga muharrirlik qildi. Gaz. ishiga oʻsha davr ma’rifat dargʻalari – Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxo-nov, Abdurauf Muzaffarov singarilarni jalb etdi. U gaz.da turli mavzularda dolzarb maqolalar bilan chiqib, chorizmning mustamlakachilik siyosatini fosh qildi. Turkistonga tarqalib, umum-677milliy matbuot nashriga aylanayotgan "Sadoi Turkiston" 1915-yil aprelda yopib qoʻyilgan boʻlsada, u oʻlka ziyolilarining "Taraqqiyparvarlar" firqasiga zamin tayyorladi.Turkistonning maʼnaviy-maʼrifiy yuksalishiga koʻmaklashish maqsadida chiqarilgan bu gaz.da milliy taʼlimni zamonaviylashtirish, millat dardini aks ettiruvchi adabiyot va sanʼat yaratish, millat ongini yuksaltirishga xizmat qiluvchi matbuotni rivojlantirish, ayollarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, axloqiy tarbiyani kuchaytirish va boshqa davr uchun dolzarb muammolar keng yoritilgan.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 7.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling