Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Qo’shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish


Download 0.74 Mb.
bet56/76
Sana21.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1217716
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76
Bog'liq
matematik tasavvurlar majmua 2019

2. 3. Qo’shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish


Qo’shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.
Qo’shimcha ta’lim xizmatlari fakulьtativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko’ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin.

2.4. Alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan ta’lim faoliyati


Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni qo’llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi.
Zarurat tug’ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o’quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.

2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik


Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o’zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:

  • ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;

  • ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;

  • ota-onalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;

  • ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash.

3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetentsiyaviy yondashuv
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetentsiyaviy yondashuv o’sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo’lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko’zda tutadi.
Boshlang’ich muhim kompetentsiyalar bolaning faoliyat va axloq sub’ekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Kompetentsiya bolaning bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang’ich kompetentsiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling