Nazorat savol va topshiriqlari
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har to’lonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli.
2. Matematik bilim berish vositalari nimalardan iborat.
3. «To`plam», «son», «raqam» tushunchalarining mazmuni. 2. Natural son qatori, miqdor, tartib son xususiyatlarining xarakteristikasi.
4. Sanoq va o`lchov mazmunining yoritilishi.
3-MA'RUZA: Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida.
Reja:
1. Muhammad ibn Muso-al Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin al-Koshiy, Ulug`bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqidagi dastlabki ma'lumotlar.
2. Ye.I.Texeeva, F.N.Blixer, A.M. Leushina maktabgacha yoshdagi bolalarni matematika elementlariga o`rgatish to`g`risida.
Tayanch so’zlar va iboralar: Algebra, algoritm — «Hozirgi zamon algebrasining otasi» Al- Xorazmiy no’li bilan bog`liqdir. Uning «Al — Jabr val — muqobala» risolasi keyinchalik Yevropada «algebra» deb ataladigan bo`ldi.
Zij — yil hisobi jadvallari, trigono’letrik jadvallari, sayyoralar harakati jadvali va yulduzlar ro`yxati bor.
Xayotimizda chuqur o`zgarishlar yuz bermoqda. Xalqimizning asriy orzusi mustaqillikka tinch, parlament yo`li bilan erishdik. Istiqlol tufayli o`zbek halqi o`zining haqiqiy tarixini, jahon tan olgan madaniy va ma'rifiy boyliklarini, urf-odat va an'analarini tiklash imkoniyatiga ega bo`ldi.
Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma'naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qo’lusiy bilimdonlikni o`zida mujassam etgan buyuk arboblar ko`p bo`lgan. Muhammad ibn Muso-al Xorazmiy, Umar Xayyo’l, Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin al -Koshiy, Ulug`bek va boshqa ko`plab buyuk ajdodlarimiz o`z asarlarida arifmetikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo`shdilar, halqimizning milliy iftixori bo`lib qoladilar. Ularning no’llari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo`shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma'lum. Biz ularning asarlari bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |