Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/115
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1760837
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish

O„rta guruh. Kattalik. Ikkinchi kichik guruhda bolalar har xil 
poloskalardan biror belgi (uzunlik, kenglik) ni topishga o‗rgatilgan edi. 
Mazkur bosqichda maktabgacha yoshdagi bolalar bir vaqtning o‗zida 
uzunlikni, kenglikni topa olish va ularni taqqoslay olish malakasini 
egallab olishlari kerak. Masalan, tarbiyachi hamma bolaga 9 xil rangli va 
uzunligi har xil, ammo kengligi (eni) bir xil bo‗lgan lentalarni tarqatadi 
va bolalarga tanish bo‗lgan usul (masalan, yonma- yon qo‗yish) bilan 
qaysi lenta uzun, qaysi lenta qisqa (kalta) ekanini topish topshirig‗ini 
beradi. So‗ngra uzun poloskani tanlash va uning uzunligi bo‗ylab 
barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi. Tarbiyachi ―Poloskaning 
kengligi qani?‖ – deb so‗raydi va o‗zi poloskaning eni bo‗ylab qo‗lini 
yuritadi, keyin esa uning bo‗yi bo‗ylab qo‗lini yuritib chiqadi. 
Bolalardan poloskaning uzunligi (bo‗yi) kattami yoki kengligi (eni) 
kattami, deb so‗rash kerak, so‗ngra esa bo‗yicha katta, eni esa kichik 
bo‗lishini tushuntirib berish kerak. Eng qisqa poloskani qarash bilan 


100 
ham tarbiyachi bolalarni yuqoridagiga o‗xshash xulosaga olib keladi. 
Mashg‗ulotning oxirida bolalarga poloskalarning eni bo‗yicha 
taqqoslashni taklif qilish mumkin. Bolalar bir poloskani ikkinchi 
poloska ustiga qo‗yib, ular uzunliklari bo‗yicha har xil bo‗lsa ham, 
ammo enlari (kengliklari) bo‗yicha teng ekanliklariga ishonch hosil 
qiladilar. 
O‗rta guruhda bolalarni buyumlar orasidagi uzunlik, kenglik, 
balandlik bo‗yicha arzimas kichik farqlarni ilg‗ab olishga, har xil 
kattalikdagi 2 tadan ko‗p buyumlarni taqqoslay olishga o‗rgatish kerak. 
Chunonchi, bolalarga har xil uzunlikdagi 2 ta lentani taqqoslash taklif 
qilinadi, so‗ngra taqqoslanayotgan lentalardan uzunroq uchinchi lenta 
qo‗shiladi. Bolalar uzun lenta yanada uzunroq lenta bilan taqqoslaganda 
qisqa bo‗lib qolishini ko‗radilar. Har bir buyum (lenta) jufti boshqa 
buyumlar bilan taqqoslanadi. Masalan, qizil lenta ko‗k lentadan uzun, 
ammo sariq lentadan qisqa. Shunday qilib, bolada asta –sekin 
buyumlarning o‗lchamlari nisbiy harakterga ega degan tasavvur hosil 
bo‗ladi; bir obektning o‗zi, qanday buyum bilan taqqoslanayotganiga 
qarab, goh katta, goh kichik bo‗ladi. 
Bolalarni namunaga qarab, buyumlarni ularning uzunliklari, 
kengliklari, balandliklari o‗sib borish (kamayib borish) tartibida, qator 
qilib qo‗yishga o‗rgatish kerak. Bunda qiyinchilik shundan iborat 
bo‗ladiki, bolalar kattaliklari va ranglari bilan farq qiluvchi buyumni 
taqqoslaydilar, shuningdek, o‗lchamlari bo‗yicha kontrastlari kam 
bo‗lgan uch –to‗rtta buyumlarning kattalkilarini sifatlarini qiyosiy 
darajalarini qo‗llab, aniqlaydilar. 
Mashg‗ulotlarda 
asosiy 
e‘tibor 
bolalarda 
buyumlarning 
uzunliklarini ajratish va ko‗rsatish, buyumlarning uzunlik bo‗yicha 
tengligi yoki tengmasligini aniqlash, shu asosda ular kattaliklarining 
aniq ta‘rifini bera olish malakalarining shakllanishiga qaratiladi. 
Masalan, tarbiyachi to‗rtta bolani chaqiradi va ularga ikkitadan bo‗lib 
sakragichni olishni va uni uzunligi bo‗yicha tuzib turishni taklif qiladi. 
Bolalarga murojaat qilib, tarbiyachi so‗raydi: ―Bu sakrag‗ichlarning 
uzunliklari haqida nima deyish mumkin? ―Savolning bunday qo‗yilishi 
bolalarga har xil javob berish imkonini berdi, boshqacha aytganda, ular 
har qaysi sakrag‗ichning nisbiy kattaligini aytishlari mumkin, yoki 
sakrag‗ichlar kattaliklari bo‗yicha har xil deyishlari ham mumkin edi. 
Bolalar javobning birinchi variatini afzal ko‗rishdi. ―Bolalar, to‗g‗ri 
aytdingiz, sakrag‗ichlar uzun va kalta‖, - deydi tarbiyachi. 

―Nega biz ularni shunday ataymiz?‖ 


101 
- ―Chunki ular kattaliklari bo‗yicha har xil‖. (Sevgi). 
- ―Chunki ularning uzunliklari har xil‖, - deb aniqlashtiradi Karima. 
Tarbiyachi Karimaning javobini ma‘qullab, boshqa bolalarni 
chaqiradi va ularga har qaysi sakrag‗ichning uzunligini kattalikni aytish 
bilan ko‗rsatishni talab qiladi. Bunda tarbiyachi bunday savollarni 
beradi: ―Kim kalta (uzun) sakrag‗ichni ushlab turibdi?‖, ―Zohida bilan 
Mastura, Ilhom bilan Azamat qaday sakrag‗ichni ushlab turishibdi?‖. 
Qizcha bir sakragich ikkinchi sakragichdan qancha uzunligini ko‗rsatadi. 
Sakragichlar uzunliklari orasidagi farqni hamma bolalardan qo‗lni ochib 
ko‗rsatish talab qilinadi. 
Bolalar 
masofa 
bo‗yicha 
taqqoslash 
usulini 
shunday 
o‗zlashtiradilar. 
Bolalarni kam kontrastli buyumlarning kattaliklarini farqlash va 
qiyosiy sifatlarini ishlatish bo‗yicha mashq qildirish uchun ularga har xil 
uzunlikdagi brusokdan yoki poloskalardan zina tuzishni taklif qilish 
mumkin. Bundan oldin ―zina‖ pog‗onalarini, uzunliklarini ko‗rsatib, 
ikkitalab taqqoslashni, so‗ngra esa butun pog‗onani o‗sib borish tartibida 
ham, kamayib borish tartibida ham taqqoslashni taklif qilish maqsadga 
muvofiq. 
Buyumlarning ayrim masofalarini differensiallashda va ular 
orasidagi o‗lchov munosabatlarini o‗rnatishda yetakchi o‗rinni
o‗lchashga ajratilishi yuqorida aytilgan edi. Ammo o‗lchash faoliyati 
ham boshqa har qanday foaliyatlar kabi maxsus malakalar 
egallangandagina samarali bo‗ladi. Bu malakalar ham doim ular 
takrorlab turilgandagina, o‗lchash ko‗nikmalariga shakllanadi. Kattalar 
tomonidan maqsadga muvofiq boshqarilib turilgandagina o‗lchash 
malakalarini egallash (o‗zlashtirish mumkin bo‗ladi. Ish tajribasi shuni 
ko‗rsatmoqdaki, o‗lchash malakalarini egallash besh yoshga qadam 
qo‗ygan bolalarda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki bu 
harakatlar katta aniqlikni, o‗lchovni surishda qo‗l harakatlarining 
muvofiqlashtirilganini, sanoq va o‗lchashni birga qo‗shib borishni talab 
qiladi. Shu bilan birga, A.M.Leushinaning tekshirishlari ko‗rsatishicha, 
bolalar hayotining beshinchi yoshida sanoqning asosiy qoidalarinigina 
egallab ola boshlaydilar. 
Bir vaqtning o‗zida sanoq va o‗lchash malakalarini (ularning asl 
ma‘nosida) o‗zlashtirib olish bolalar uchun qiyinchilik qiladi. Shu 
sababli 
o‗rta guruhda o‗lchashlarni ―modellashtirish‖, ya‘ni 
o‗lchanayotgan masofani unga joylashgan o‗lchov miqdori bilan 
taqqoslashdan foydalanish maqsadga muvofiq. Misol keltiramiz. 


102 
Bolalarning stollarida har xil uzunlik va har xil rangdagi poloskalar 
qo‗yilgan. Tarbiyachining ―Kattaliklari bo‗yicha bular qanday 
poloskalar?‖ – degan savoliga bolalar bunday javob berishadi. 
―Uzunliklar bo‗yicha har xil poloskalar‖, ―Biri uzun, biri kalta 
poloskalar‖ va h.k. 
Tarbiyachining ―Bolalar, Siz nima deysiz, har qaysi poloskaning 
uzunligini bilish uchun nima qilish kerak?‖ – degan savoliga bolalar 
bunday javob berishadi: ―Ularni qarash kerak‖. ―Ularni taqqoslash 
kerak‖. Tarbiyachi qarash ham mumkin, o‗lchash ham mumkin, ammo 
eng yaxshisi o‗lchash kerakligini aytadi. Shunda biz har qaysi 
poloskaning uzunligini aniq bilamiz. Mana bu o‗lchov bilan
o‗lchaymiz. Tarbiyachi bolalarga o‗lchovni ko‗rsatadi, ularni o‗lchovni 
ko‗rishga taklif qiladi. Qanday o‗lchash kerakligini tushuntiradi: 
―O‗lchovni men poloskaning chapdan eng chekkasiga qo‗yaman. 
Birinchi o‗lchov yoniga yana bitta o‗lchovni qo‗yaman. Boshqa o‗lchov 
sig‗maydi‖. Bolalar katta poloskaning uzunligi ikkita o‗lchovga 
tengligini shunday tushunib oladilar. Shundan keyin ularga stollarida 
yotgan ikkinchi kesmani o‗lchash taklif qilinadi. Bolalar har xil, ammo 
ko‗pincha eng uzun poloskalarni o‗lchashadi. Shundan keyin tarbiyachi 
ular qanday poloskalarning o‗lchaganliklarini, unga o‗lchov necha marta 
joylashganini oydinlashtirib oladi. Bolalarning javoblarini tinglab, 
umumlashtiradi: 
―Ko‗rayapsizmi, 
hammangizning 
poloskacha-
laringizning uzunligi har xil, poloskalaringizga o‗lchov 4 marta ham, 3 
marta ham, 2 marta ham joylashgan‖. Bolalar uchun va qisqa 
poloskaning uzunliklarini o‗lchashadi, uchun va qisqa poloskalarning 
uzunliklari nechtadan o‗lchamga tengligini gapirib beradilar, qaysi
poloskaga o‗lchov ko‗p, qaysi poloskaga kam joylashganini, nega 
shundayligini aniqlaydilar. Bolalarning javoblari: ―Chunki uzun poloska 
kalta poloskadan uzunroq‖ (Munira), ―Chunki kalta poloskaning 
uzunligi kichik, uzun poloskaning uzunligi katta‖ (Lola). Javoblar 
bolalarning taqqoslanayotgan buyumlar orasidagi munosabatlarni 
tushunishlari, bu munosabatlarni so‗zlar bilan so‗zlar bilan aniqlay 
olishlaridan guvohlik beradi. 
Ammo bolalar nega bir poloska ikkinchi poloskadan uchun ekanini 
ko‗ra olishlari uchun bunday ishni doska oldida flanelegrafda bajarish 
bilan chegaralanish kerak. (birinchi poloskaga 4 ta, ikkinchisiga esa 
faqat 2 ta bir xil o‗lchov qo‗yiladi). 
Shunday qilib, ikkinchi kichik va o‗rta guruhlarning asosiy 
vazifalari 
bolalarda 
buyumlarning 
uzunliklari, 
kengliklari 
va 


103 
balandliklari (qalinliklari) ga nisbatan masofa turlari haqidagi 
tasavvurlarni shakllantirish va shu asosda: 
a) o‗lchovlari kontrast bo‗lgan ikkita buyumni taqqoslashda; 
b) bittasi namuna vazifasini bajaradigan usta buyumni 
taqqoslashda; 
с) bolalar tomonidan seriasion qatorga tartibga solib qo‗yiladigan 
o‗lchovlari bo‗yicha ko‗proq kontrast bo‗lgan to‗rt – besh va undan ortiq 
buyumlarni taqqoslashda buyumlarning kattaliklarini farqlash va ularni 
so‗zlash bilan aniqlash malakalarini rivojlantirishdan iborat. 
Bunda bolalar bir vaqtning o‗zida o‗zaro teskari munosabatlarni 
o‗rnatish bilan buyumlar kattaliklarining kamayish va o‗sish 
darajalarining qiyosiy bahosi (uzunroq – kaltaroq) ni ham, ular 
kattaliklarining nisbiy bahosini ham (uzun – qisqa) o‗zlashtirib oladilar. 
Bu bilimlarni o‗zlashtirish hajmli buyumlarning uch o‗lchovli ekanligi 
haqidagi tasavvurlarni bundan keyin rivojlantirish uchun asos bo‗ladi. 
Masofalarning har xil turlari bilan tanishtirishni asta –sekin amalga 
oshirish kerak. Chunonchi, eng oldin bolalarni yassi buyumlarda 
uzunlikni aniqlashga, buyumlarning uzunliklari bo‗yicha taqqoslashga 
va ularning kattaliklariga oid ta‘riflar berishga o‗rgatish maqsadga 
muvofiq. 
So‗ngra 
buyumlarning 
kengligi 
bo‗yicha, 
ularning 
kattaliklarini aniqlab, taqqoslash kerak. Shundan keyin bolalar 
buyumlarda balandlikni, nihoyat, qalinlik (yo‗g‗onlik) ni ajratish 
malakasini egallaydilar: 

buyumlarning o‗lchamlari haqidagi tasavvurlarning xususiyatlari: 
uch o‗lchovli differensiyalash, buyumlarning o‗lchovlari bo‗yicha, 
tranzitivlik (to‗ppa – to‗g‗ri) munosabatlarini o‗rnatish; 

bolalarning uzunlik va hajmni o‗lchash usullari va o‗lchovlar
haqidagi bilimlaining o‗ziga xosligi; 

bolalar o‗lchash harakatlarining xususiyatlari; 

har xil yoshdagi guruh bolalarini buyumlarning o‗lchami va 
kattalik bilan tanishtirish masalasi; 

maktabgacha tarbiya yoshidagi har xil yoshdagi guruhlarda 
buyumlarning o‗lchami bilan tanishtirish (mashg‗ulotlardan 
qismlar ko‗rsatish); 

bolalarni kattalikni o‗lchashga o‗rgatish; 

har xil yoshdagi guruhlarda bolalarni buyumlarning o‗lchamlari 
bilan tanishtirish uchun didaktik o‗yinlardan foydalanish; 

bolalar bog‗chasida mashg‗ulotlar o‗tkazish uchun material 
tanlashga qo‗yiladigan talablar. 


104 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling