Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Matematik tasavvurlarni shakllantirish
4-bob. O„quv-tarbiyaviy faoliyat O‗quv-tarbiyaviy faoliyat «O‗zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta‘lim tashkiloti o‗quv va tarbiyaviy faoliyatni o‗quv yillari bo‗yicha tashkil qiladi. O‗quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi. 1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‗lomlashtirish davri tashkil etiladi. 4.1. O„quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish O‗quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‗yinlari, bo‗sh vaqt va o‗quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma- navbat amalga oshiriladi 2 . O‗quv-tarbiyaviy faoliyat ta‘lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salo‗latlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‗quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O‗quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi 3 . O‗quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta‘lim sharoitlariga bog‗liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi. O‗quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud: yillik mavzuviy; 2 Дастурга 2-илова 3 Дастурга 3-илова 186 haftalik. Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat o‗quv-tarbiyaviy faoliyatning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo‗yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi. Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur‘atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‗tishda yordam berishi lozim. SHuni yodda tutish joizki, o‗yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling