Bolalar bog’chasida bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish boyicha ishni rivojlantirish va qayd qilish reja
Download 39.26 Kb.
|
1 2
Bog'liqBOLALAR BOG’CHASIDA BOLALARDA MATEMATIK TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISH BOYICHA ISHNI RIVOJLANTIRISH VA QAYD QILISH
BOLALAR BOG’CHASIDA BOLALARDA MATEMATIK TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISH BOYICHA ISHNI RIVOJLANTIRISH VA QAYD QILISH Reja: Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ishlar Maktabgacha ta’lim tashhilotining har xil yosh guruhlarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ishlarni tashhil qilish. Elementar matematika ta’limiy faoliyatlariga qo’yiladigan didaktik talablar. Bolalarda elementar matematik bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qo’llash Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quvtarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolayotganligi aniqlandi. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy- texnika bazasi zamon talablariga javob bermayapti. Bolalarni maktabgacha ta’lim ga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yurtimizda 2020-yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”deb e’lon qilindi. Qolaversa, prezidentimiz o‘z nutqlarida: “Biz 2020-yil davomida belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Xususan, bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini joriy yilda 60 foizga yetkazishimiz zarur…”1 deb ta’kidladilar va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlar mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida bir nechta vazifalar va takliflar berib o‘tdilar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga matematika o‘qitish metodikasida asosiy o‘rinni metodik usullar sifatida beriladigan savollar egallaydi. Ular reproduktiv-mnemik, reproduktiv-bilish, produktiv-bilish bo‘lishi mumkin. Bunda savollar aniq va ixcham bo‘lishi lozim. O‘qitish jarayonida bolalar yoshi va o‘rganiladigan materialga bog‘liq holda reproduktiv va produktiv savollar birligi bo‘lishi kerak. Savollar bolalar fikrlishini rivojlantirishni ta’minlaydi. Bolalarga beriladigan savollar ko‘pincha guruhda nazoratni qo‘lga olish maqsadida qo‘llanadigan savollar bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha qo‘llanadigan savollar, bu yopiq deb ataluvchi savollardir. Ularga faqat bir to‘g‘ri javob bo‘ladi va ular bilimni tekshirish uchun qo‘llaniladi. Munozaralar vaqtida beriladigan ochiq savollar guruhning faolligini rag‘batlantirish va ko‘rib chiqilayotgan muammolarni tahlil qilishda muhimdir. Ochiq savollarni ko‘rib chiqaylik. Faraziy savollar. Agar ... bo‘lsa, Siz nima qilardingiz, o‘ylardingiz? Ular bolalarga u yoki bu vaziyatlarni tasavvur qilishlariga yordam beradi, fikrlash jarayonini kuchaytiradi. Fikrlashga undaydigan savollar. Bu muammoni yechishda biz qanday yordam berishimiz mumkin? Rag‘batlantiruvchi, qo‘llab-quvvatlovchi savollar. Bu juda qiziq, keyin nima bo‘ldi? Ular bolalarga shaxsiy tajribalari va qarashlari bilan o‘rtoqlashishga imkon beradi. Fikr bildirish savollari. Siz ... to‘g‘risida nima deb o‘ylaysiz?” Bunday savollar bolalarga ularning fikrlari muhim va qiziqarli ekanligini bildirishda qo‘llaniladi. Surishtiruvchi savollar. Nima uchun bunday deb o‘ylaysiz? Hotirjamlik bilan berilgan bu savol ularga o‘z fikrlarini chuqurroq o‘ylab ko‘rishlari va tushuntirishlarini tahlil qilishlariga yordam beradi. Tushuntiruvchi, umumlashtiruvchi savollar. Siz ... deb o‘ylayapsiz desam, men haq bo‘lamanmi? Bola aytganlarini umumlashtirish va uni to‘g‘ri tushunganligini tekshirish, boshqalarni ular shu fikrga qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘ylab ko‘rishga undaydi. Rozilikni bildiruvchi savollar. Ko‘pchilik ... ekanligiga rozimisizlar? Bunday savollar munozaraga undash uchun berilishi mumkin. Yoki munozara yakunida, Biz bu qismni tugatdikmi? kabi savollar keyingi mavzuga o‘tishga ruxsat olish uchun beriladi. Ikkilantiruvchi savollardan foydalanmaslikni esda tutishga harakat qiling, masalan “X - haq, shundaymi? Bunday savollar bolaning faolligini susaytiradi. Bir zumda juda ko‘p savol bermang va ikki ma’noni anglatuvchi savollarni qo‘llamang. Savol bilan bolalarni himoyalanishga majburlamaslik kerak, ularda tanlashga imkoniyat bo‘lishi kerak va bu imkoniyatni o‘zlari yaratadi. Ular quyidagicha bo‘lishi mumkin: - reproduktivli-mnemonik (masalan: Bu nima? Bayroq qanday rangda? Bu figura qanday nomlanadi?); - reproduktiv-bilish (masalan: Agar men polkaga yana bittasini qo‘ysam nechta kubik bo‘ladi? Qaysi son katta (kichik): 9 yoki 7?); - produktiv-bilish (masalan: Piyolalar teng bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Bu vazifani qanday yechamiz? Qizil bayroq hisob bo‘yicha qandayligini qanday aniqlash mumkin?). Bir zumda juda ko‘p savol bermaslik va ikki ma’noni anglatuvchi savollarni qo‘llamaslik lozim. Savollar bolalarda qabul qilish, xotira, fikrlash, nutqni faollashtiradi. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda asosan oddiydan boshlab, predmetlarning aniq belgilarini, xossalarini, amaliy harakat natijalarini yoritishga yo‘naltirilgan, bog‘lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni, ularni tushuntirish va asoslashni, oddiy isbotlashdan foydalanishni talab etuvchi murakkabroq savollardan ko‘prok foydalaniladi. Ko‘proq bunday savollar tarbiyachi tomonidan namunani namoyish etgandan keyin yoki bola topshiriqni bajargandan keyin beriladi. Masalan, bolalar qog‘oz to‘g‘riburchakni ikkita teng qismga bo‘lganida, ulardan so‘raladi: “Sen nima qilding? Bu qism qanday nomlanadi? Nima uchun har bir bu ikkita qismni yarim deb nomlash mumkin? Qismdan qanday shakl hosil bo‘ldi? Kvadrat hosil bo‘lganini qanday isbotlash mumkin? To‘g‘riburchakni to‘rtta teng qismga bo‘lish uchun nima qilish kerak?” Metodik usul sifatida tarbiyachi savollariga qo‘yiladigan ayrim asosiy talablarni ajratib ko‘rsatamiz: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiy ketma-ketlik, formulirovkasining har xilligi, o‘rganiladigan materialning bolalar yoshiga mos holda reproduktiv va produktiv savollarning optimal nisbati, savollarning bola fikrlashini uyg‘otishi, rivojlantirishi, o‘ylashga, analiz qilishga, taqqoslashga, solishtirishga, umumlashtirishga undashi, savollar soni uncha katta bo‘lmasligi, lekin qo‘yilgan didaktik maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi, javobini sekin aytib berish va o‘xshash savollardan qochish kerakligi, qo‘shimcha savollardan mohirona foydalanish zarurligi. Savollarni bolalarning elementar matematik tasavvurlarini rivojlantirishda bilish faoliyatini faollashtirishning samarali vositasi sifatida ko‘rib chiqish hamda ularga javobni o‘ylashga imkon berish kerak. Bolalarni mustaqil holda savollarni shakllantirishga o‘rgatish lozim. Aniq vaziyatda didaktik materialdan foydalanish bilan tarbiyachi ularga predmetlarning soni, o‘lchami, shakli, o‘lchash usullari haqida savollarni qo‘yish taklifini beradi. Bolalar javobiga qo‘yiladigan metodik talablarni ko‘rsatib o‘tamiz: - savol harakteriga bog‘liq holda qisqa yoki to‘liq savollar bo‘lishi; - mustaqil va anglangan; to‘g‘ri, aniq, grammatik to‘g‘ri. Tayanch so‘z va iboralar variantidan foydalanish shaklidagi topshiriqlarni tuzishda interfaol usullarni qo‘llab hal qilinadigan topshiriqlar miqdoriga ham e’tibor berish lozim. Bu usullarni qo‘llash bolalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, materialni yuqori intellektuallik darajasida o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Tarbiyachi mashg‘ulot mavzusidan kelib chiqqan holda ushbu usullarning mosini tanlab olishi lozim. Mashg‘ulotda interfaol usullardan foydalanishda quyidagi uslubiy tavsiyalarga amal qilish tavsiya etiladi: - ishlash uchun joy tayyorlash, bolalarga jismonan qulay sharoit yaratish, ijodiy ish uchun materiallarni oldindan tayyorlash; - jarayon va reglamentga jiddiy munosabatda bo‘lish, bolalar so‘z erkinligini hurmat qilish; - bolalarning guruhlarga bo‘linishiga jiddiy e’tibor berish, barchasini ishga jalb qilish, ruxan tayyorgarligiga ko‘maklashish, bu borada mashq qilishlar, ularning ishda faol ishtiroki uchun doimiy rag‘batlantirishlar, bolaning o‘zini namoyon etish uchun imkoniyat yaratish; - interfaol usullardan foydalanganda guruhda bolalar soni ko‘p bo‘lmasligiga erishish, tarkibi 4-6 kishidan iborat, kichik guruhlarda samarali ish olib borish, har kimni tinglash, har bir guruhga muammoni bayon etish bilan chiqishga imkon berish. Interfaol usullar tarbiyachi bilan bola o‘rtasidagi doimiy o‘zaro munosabatlarni ko‘zda tutadi. Ularni noto‘g‘ri qo‘llash bu usullar samaradorligini pasaytirish yoki bu haqida noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Pedagogikada bolalarning savollar va javoblar tizimi suhbat deyiladi. Suhbat usuli atroflicha o‘ylangan savollar yordamida tarbiyachi bilan bolalar orasidagi suhbatni ko‘zda tutib, ularning mustaqil fikrlashini yangi tushunchalarni egallashga olib keladi. Uni qo‘llashda savollarni qo‘yish, bolalarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi. Suhbat davomida tarbiyachi bolalar tomonidan matematik terminlardan to‘g‘ri foydalanish, nutq savodxonligiga alohida e’tibor qaratadi. Bu turli tushuntirishlar bilan olib boriladi hamda ularning qabul qilishi aniqlashtirilib boriladi. Masalan, tarbiyachi bolalarni geometrik figuralarni tekshirishga o‘rgatadigan bo‘lsa, figurani chap qo‘lingizga olib, kvadrat tomonlarini ko‘rsating (masalan: to‘g‘ri uchburchak, uchburchak) deb tushuntiradi. Yoki boshqa misol, tarbiyachi bolalarni o‘lchashga o‘rgatadigan bo‘lsa, o‘lchovni qo‘yadi, keyin o‘lchashni qanday hisoblash kerakligini ko‘rsatadi va gapirib beradi. Bolalar katta bo‘lgan sari ularga beriladigan muammoli savol va holatlar ham kattalashib boradi. Muammoli vaziyatning yuzaga kelishi: dalil va natija o‘rtasidagi aloqa birdaniga ochilmaydi, asta-sekin bo‘ladi. Bunda savol tug‘iladi: Bu nima? (masalan, turli predmetlarni suvga tushiramiz: bittasi cho‘kadi, boshqasi cho‘kmaydi); materialning ayrim qismlarini bayon qilgandan keyin bola taxmin qilishi kerak (masalan, muz erishi, issiq suv bilan tajriba qilish, masalani yechish); “ba’zan”, “ayrimlari”, “faqat ayrim hollarda” kabi so‘zlardan foydalanish o‘ziga xos bilish belgilari bo‘lib xizmat qiladi; dalilni tushunish uchun uni boshqa dalillar bilan solishtirib ko‘rish, muhokama tizimini yaratish, ya’ni ayrim aqliy operatsiyalarni amalga oshirish lozim (masalan, turli o‘lchovlarni qilish, guruh bilan hisoblash). Muammoli topshiriq usulida aniq vaziyat va qo‘yilgan masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda muammoli topshiriqlar yordamida samaraga erishish mumkin. Materiallarni o‘zlashtirish, topshiriqlar hamda mashq va masalalar yechimida muammoli vaziyat yaratilishi qo‘l keladi. Bunda kichik guruhlar shakllantiriladi, o‘quv materiallari guruhlarga alohida-alohida bo‘lib beriladi. Yakuniy xulosalar va yechimlar topilgach mavzular guruhlar orasida ayirboshlanadi. 1. Maktabgacha ta’lim tashhilotining turli xil yosh guruhlarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ishlarni tashhil qilish. Kichik guruhda bolalarga sonlargacha bo’lgan davr o’rgatiladi. Bunda ularga miqdoriy munosabatlar tushuntiriladi. Bolalar buyumlarning uzunliklari, kengliklari, balandliklarini taqqoslashga o’rgatiladi, geometrik figuralar: doira, kvadrat bilan tanishtiriladi; fazoviy yo’nalishlar bilan tanishtiriladi: «o’zidan» oldinga, orqaga (orqasidan), o’ngga (o’ngdan), chapga (chapdan) o’zlarini to’g’ri qo’llashga o’rgatiladi. Ta’limiy faoliyatlar o’quv yili boshidan boshlab haftasiga 1 martadan (1 yilda 36 marta) o’tkaziladi. Sentyabrg’ oyida bir ta’limiy faoliyatning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktyabr oyidan boshlab ta’limiy faoliyat davomiyligi sekin-asta 15 minutga yetkaziladi. O’rta guruhda ta’limiy faoliyatlar sentyabr; oyidan boshlab, haftasiga 1 marta o’tkaziladi. Ta’limiy faoliyat 20 daqiqa davom etadi. Yil davomida 36 ta ta’limiy faoliyat o’tkaziladi. Bolalar harakatli-ko’rsatmali shaklda berilgan o’quv materiallarini yaxshi o’zlashtiradi. 5 yoshga qadam qo’ygan bolalarni o’qitishda didaktik o’yinlardan keng foydalanish kerak. Topshiriqlarning bajarilish jarayonida tarbiyachi bolalarni o’z harakatlarini (nima qilganlarini va qanday qilganlarini, natijada nima hosil bo’lganini) tushuntirib berishga undaydi. 6 yoshli bolalarda o’z xulq-atvorini boshqarish qobiliyati paydo bo’ladi; erkin xotira, diqqat rivojlanadi. Shu yoshda topshiriqni bajarishga, o’z ishiga ijobiy baho olishga intiladilar. Ular o’quv topshiriqlariga katta qiziqish bilan qaraydilar. Bolalar katta guruhda birinchi o’nlik sonlarini yaxshi o’zlashtirishlari kerak. Har xil buyumlar to’plamini sanash, ularning qatorda kelish tartiblarini aniqlash jarayonida sonlar mohiyatini o’zlashtirish amalga oshiriladi. Bolalar bilan bajariladigan hamma ishlar ular oldingi bosqichlarda olgan bilimlar va ularni hisobga olish asosida tashhil qilinadi. O’rganishni o’tilganlarni takrorlashdan boshlash kerak. Har qaysi yangi bilim oldin o’zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritilishi zarur. Mashqlar miqdori yetarli bo’lgandagina bolalarda puxta malaka va ko’nikmalar shakllanishi mumkin. Bolalarni buyumlar, o’yinchoqlar, geometrik figuralar, hartochkalar va rasmlardagi tasvirlarni sanash (qayta sanash, qo’shib sanash, ajratib sanash) ga, obektlar miqdorlarini sezish bilan aniqlashga mashq qildirish kerak. Mazkur guruhda haftada 1 tadan ta’limiy faoliyat o’tkaziladi. Maktabga tayyorlov guruhi bola 7 yoshga qadar son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida nisbatan ko’proq bilimlarni o’zlashtirgan bo’lishi, fazoda (2 va 3 o’lchovli) va vaqt bo’yicha mo’ljal ola bilishi kerak. Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustivor (turg’un) qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni tarbiyalashga harakat qilishi kerak. Shu yoshda bolalarda mustaqil fikrlashni, fazoviy tasavvurni rivojlantirish, ayniqsa, muhim. Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishda bolalarning oldingi bosqichlarda olgan bilimlarini sistemalashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Mazkur guruhda haftasiga 2 tadan (bir yilda 72 ta) ta’limiy faoliyat o’tkaziladi. Matematikadan har qanday ta’limiy faoliyatni to’zishda bolalar tarbiyachining stoli yonida ishlashlari bilan bir qatorda o’z o’rinlarida tarqatma materiallar bilan mustaqil ishlashlari ham nazarda tutilishi zarur. 2. Elementar matematika ta’limiy faoliyatlariga qo’yiladigan didaktik talablar Tarbiyachi ta’limiy faoliyatga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o’rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qatiy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo’linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket o’rganiladi. Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni bo’laklarga bo’lish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi: bolalar birinchi ta’limiy faoliyatda buyumlarni ikkita teng qismga bo’lishni mashq qiladilar va yarim nima eqanini o’zlashtiradilar; ikkinchi ta’limiy faoliyatda bolalarning teng ikkiga bo’linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug’at faollashtiriladi; tarbiyachi uchinchi ta’limiy faoliyatda bolalarga buyumlarni teng to’rt qismga bo’lish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunning qismga munosabatini ko’rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va to’rt qismga bo’lishning har xil usullarini ko’rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o’rnatishadi. Shunday qilib, dasturning har bir bo’limi ketma-ket o’tkaziladigan bir necha (uch-olti) ta’limiy faoliyatda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari ta’limiy faoliyatdan ta’limiy faoliyatga kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Yangi materialni o’rganish jarayonida o’tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular ehtiborini yangi materialga qaratish, uning puxta o’zlashtirilishiga imkon beradi. Odatda yangi mavzuni uch-besh ta’limiy faoliyat davomida, oldin uning birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o’rganiladi. Mavzuni ikki hafta, bazan uch hafta o’tganidan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri bo’lgan sari dasturning har bir o’rganilgan bo’limi o’quv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida bo’lib turishi kerak. Shu munosabat bilan bir ta’limiy faoliyatning o’zida dasturning bir bo’limiga yoki har xil bo’limning, ya’ni «Miqdor», «Sanoq», «Kattalik», «Shakl» va boshqa bo’limlariga oid masalalar o’rganilishi va takrorlanishi mumkin. O’rgatishning hamma bo’limlari bo’yicha dasturni bolalar izchil o’rganishini va ularda elementar matematik bilimlar sistemasini shakllantirishni shunday qilib tahminlash mumkin bo’ladi. O’qitish tajribasida, ta’limiy faoliyatlar birinchi qismida 8-10 daqiqa davomida yangi material o’rganiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa davomida) oldingi ta’limiy faoliyatlarda olingan bilim va ko’nikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o’zlashtirilgan bilimlar 3-4 daqiqa takrorlatiladi. Yangi materialni o’zlashtirish bolalardan ko’proq zo’riqishni talab qiladi. Shu sababli ta’limiy faoliyat oxirida tanish materialni kiritish bir oz bo’shashish imkonini beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi ta’limiy faoliyatlarning birinchi qismida 5 sonining o’zidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi o’rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismda «Nima o’zgardi?» o’yinida buyumlar to’plamini sanash (masalan, samolyotlar zvenolari nechtaligini, har qaysi zvenoda nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar nechtaligini aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Ta’limiy faoliyatning to’zilishi (strukturasi) dastur bo’limlarining hajmi, mazmuni, ko’rgazmaliligi, tegishli bilim va ko’nikmalarniig o’zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bog’liq. Bolalar (o’rta, katta va maktabga tayyorlash guruhlarida), buyumlarni va geometrik figuralarni har xil alomatlari bo’yicha guruhlarga ajratishni, o’yinchoqlar, figuralar, jadvallar to’plamiga tayyorlov guruhlarida «qancha» so’zi bilan savollar o’ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek «Qo’shnilaringni top», «Men qaysi sonni o’tkazib yubordim?», «Kim ko’p bilsa, u uzoq sanaydi» kabi o’yinlar o’tkaziladi. Yangi materialni tushuntirishda tarbiyachining yoki chaqirilgan bolaning harakatlari hamma bolalarga ko’rinib turishi muhim. Ta’limiy faoliyatlarni muvaffaqiyatli o’tkazishda ko’rsatma-qo’llanmalarni to’g’ri tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham, bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish (qo’shni sonlar orasidagi bog’lanishlar va munosabatlar, «teng», «ortiq», «kam», «butun», «qism») borasida ham ko’rsatmalilik boshlang’ich moment bo’lib xizmat qiladi. Hamma ta’limiy faoliyatlarda kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar, o’yinchoqlar, tabiiy materiallardan keng foydalaniladi. Hamma bolalar o’yinchoqlar bilan o’ynashlari uchun o’yinchoqlar ko’p miqdorda tanlanadi. Matematik bilimlar abstraktsiyalash yo’li bilan o’zlashtirilishi sababli turli - tuman buyumlardan foydalaniladi. O’rgatishning malum bosqichida jadvallar, sxemalar (olmani ikkita va to’rtta teng qismga bo’lish sxemasi) ko’rsatmali material bo’lishi kerak. Ko’rsatmalilikning harakteri yoshdan yoshga o’tish bilangina emas, balki joyga hamda bilimlarni o’zlashtirishning har xil bosqichlarida aniq bilan abstrakt orasidagn munosabatlarga bog’liq holda ham o’zgarib turadi. Chunonchi o’rgatishning malum bosqichida buyumlar to’plamini sanash «Sonlijadvallar», «Sonli zinachalar» va boshqa mashqlar bilan almashtiriladi. Ko’rsatma-qo’llanmalarni tanlash va ular kombinatsiyasi ta’limiy faoliyatlar jarayonidagi bilim va ko’nikmalarni egallashga bog’liq. Bolalar bilimlarini umumlashtiish, har xil bog’lanishlarni, munosabatlarni ko’rsatish kerak bo’ladigan hollarda ko’rsatmalilikning bir necha turini kombinatsiyalash kerak. Masalan, qo’shni sonlar orasidagi bog’lanish va munosabatlarni, yoki sonlarning birlik-lardan iborat miqdoriy tarkiblarini o’rganishda har xil o’yinchoqlardan, geometrik figuralar jadvallari va hokazolardan foydalaniladi. Matematika ta’limiy faoliyatlarida, odatda, ko’p turdagi buyumlar to’plamidan, ko’rgazmalardan foydalaniladi. Shu sababli bo’larni joylashtirish tartibini o’ylab ko’rish juda muhim. Kichik guruhda bolalarga material xususiy qutida (konvert) beriladi. Katta bolalarga tarqatma sanoq materialini stolga bitta patnisda (bitta qutida) berish mumkin. Ko’p turdagi buyumlardan foydalanganda ularni shunday joylashtirish kerakki, ta’limiy faoliyatni boshlash uchun kerak bo’ladigan material eng ustida tursin. Bilim, malaka, ko’nikmalarni o’zlashtirishga har xil usullardan foydalanish va ularni birga qo’shib ishlatish bilan erishiladi. Usullarni tanlash u yoki bu dastur masalasi mazmuni, shuningdek bolalarning tegishli bilim va ko’nikmalari darajalari, nihoyat, har qaysi yosh xususiyatlari bilan aniqlanadi. Bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi har xil harakterdagi, yani amaliy, o’yin, musobaqa elementlari bilan bog’liq mashqlardan, interfaol usullardan foydalanadi. Uch-to’rt yoshdagi bolalarni o’qitishda, ayniqsa, o’yin elementlaridan keng foydalaniladi. Shuni esda to’tish muhimki, didaktik materialni va usulni almashtirish bilim va ko’nikmalarni alohida zo’riqishlarsiz o’zlashtirishni tahminlovchi vositadir. O’yin momentlariga haddan tashqari berilib ketmaslik kerak, chunki o’yin asosiy narsadan-matematik ishdan chalg’itishi mumkin, natijada bolalar ta’limiy faoliyat rejasida nazarda tutilgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtira olmaydilar. 3. Bolalarda elementar matematik bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qo’llash. Bolalar olgan bilimlari kundalik hayotda, o’yinda, mehnatda, turmushda, shuningdek boshqa ta’limiy faoliyatlarda doim mustahkamlanishi juda muhim. Bilimlarni mustahkamlashda didaktik o’yinlar, jumladan, xalq didakgik o’yinlari, piramidachalar va boshqa o’yinchoqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar muhim rolg’ o’ynaydi. Fazoda mo’ljal (orientatsiya) olish mashqlarini tahminlovchi o’yinlarga katta ahamiyat beriladi. Jismoniy tarbiya va musiqa ta’limiy faoliyatlarida bolalarning tartib sanoq bilan shug’ullanishlariga, harakat yo’nalishlarini aniqlashlari va hokazolarga to’g’ri keladi. Geometrik shakllarni bilish, kattalik belgilarini ajrata olish va ular orasida o’lchov munosabatlarini o’rnata olish malakasi, buyumlar orasida fazoviy munosabatlar o’rnata olishdan tashqari bolalar har doim rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasash, konstruktsiyalash va boshqa ta’limiy faoliyatlarida foydalanishlari lozim. Bolalarning bilimlari borgan sari mustahkamroq va tahsirchanroq bo’lib boradi, yangi sharoitlarga o’tkaziladi, bolalar ularni mustaqil qo’llashgao’rganadilar, ularning foydasiga tushunadngan bo’ladilar. Bolalarning sanashning, o’lchay olishning muhim eqaniga ishonch hosil qilishlarida ularga yordam berish zarur. Kattalar o’zlarining matematik bilimlaridan qanday foydalanishlari (masofani o’lchashlarini, o’lchovni qanday olishlari buyumlarni sanashlarini va h. k.) ni ko’zatish tashhil qilinadi. Tarbiyachi bolalarga nima uchun odamlarga o’lchay olish, sanash va hokazolar kerakligini tushuntiradi. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda matematik bilimlarga va ularni egallashga qiziqish uyg’otish zarur. Bu maktabda matematik bilimlarni muvaffaqiyatli o’rgatishning garovi bo’ladi. Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda tarbiyachi o’rgatishning har xil usullari - amaliy, ko’rsatmali, og’zaki, o’yin usullaridan foydalanadi. Usulni tanlashda bir qator omillar mazkur bosqichda yechiladigan dastur masalalari, bolalarning yosh va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi. Tarbiyachining metod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo ehtibor berib turishi quyidagilarni tahminlaydi: - elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi; - tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o’lchami, shakli bo’yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o’lchami yoki soni bo’yicha orttirish yoki, kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan obhektlarning miqdori, shakli, kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish, aloqa va bog’lanishlarini aniqlash malakasi; - bolalar o’zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo’yish, sanash, o’lchash bilan taqqoslash) ni yangi sharoitlarda qo’llashga yo’naltirish va mazkur vaziyatda ahamiyatga ega bo’lgan belgilar, xossalar, bog’lanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarinimustaqil izlashga yo’naltirish. Masalan, o’yin shart sharoitlarida belgilarning tartibi, almashinib kelish qonuniyatini, umumiy xossalarnn topishni o’rgatish mumkin. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy metod yetakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o’rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar va h. k.) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashhil qilishdan iborat. Hamma yoshdagi guruhlarda bajariladigan mashqlar o’yin elementlari kichik guruhda - syurpriz moment ko’rinishida, o’xshash harakatlar, ertak qahramoni va hokazo dan iborat bo’ladi. Katta guruhlarda bunday mashqlar izlanish, musobaqa harakterini oladi. Kompleks mashqlar eng samaralidir, chunki, ular dasturning har xil bo’limlariga doir masalalarni bir vaqtda bir-biri bilan tarkiban birga hal qilish imkonini beradi. Masalan, «Geometrik figuralar», «Kattalik», «Miqdor va sanoq» bo’limlariga oid masalalarni bir vaqtda hal qilish imkonini beradi. Bu xil mashqlar ta’limiy faoliyatlarning foydali ish koeffitsientini oshiradi. Didaktik o’yinlardan eng ko’p foydalaniladi. Bola bilish mazmunini o’yin shakliga kirgan o’rgatuvchi masalani (o’yin mazmunida), o’yin harakatlari va qoidalari oldindan nazarda tutilmagan holda o’zlashtiradi. Didaktik o’yinlarning hamma turi (buyumli, stolda o’ynaladigan bosma va og’zaki turlari) elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishning samarali vosita va usullaridir. Buyumli va og’zaki o’yinlar matematika ta’limiy faoliyatlarida va ulardan tashqarida o’tkaziladi, stolda o’ynaladigan - bosma o’yinlar odatda ta’limiy faoliyatdan bo’sh vaqtlarda o’tkaziladi. Ko’rsatmali va og’zaki metodlar elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy va o’yin metodlari bilan birga qo’llanadi. Bu ularning mohiyatini hech bir kamaytirmaydi. Maktabgacha ta’limda ko’rsatmali, og’zaki va amaliy metodlarga taalluqli va bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda qo’llaniladigan usullardan keng foydalaniladi. Matematika fani ham qiziqarli ham «xazm qilish og‘irroq» fan. Uni mukammal egallashda albatta, maktabda pedagogning maktabgacha ta’limda tarbiyachining mahorati sinovdan o‘tkaziladi. Albatta, matematikaning ilk bilimlari bog‘chada oshiriladi. Maktabda matematik darslar asosida olib borilsa, maktabgacha ta’limda mashg‘ulotlar orqali matematik tasavvurlar rivojlantiriladi. Bunda mahoratga urg‘u berar ekanmiz, ham tarbiyachi ham o‘qituvchi boshqa fanlarni ham chuqur o‘zlashtirishi lozim. Bundan tashqari, bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, to‘laroq o‘rganishga yordam beradi. Shuning uchun ham bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo‘lgan g‘oyalar tushintiriladi. Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Darvoqe, matematika fanida masalalarning ham o‘z o‘rni bor. Xususan masalalar orqali bola, yoki o‘quvchi jugrofiy, iktisodiy, madaniy, milliy bilimlarni ham egallashi kerak . Masalan: Ukamga ikkita olma bor edi. Savati to‘lishi uchun unga yana o‘nta olma xadya qildim. Olmalar soni nechtaga yetdi. Yechimdan ikki turda xulosa olish mumkin. Birinchidan olmalar soni ko‘paygani, ikkinchidan esa o‘sha olmalar soni ukamga manfaat keltirgani, akaning ukaga saxiyligi kishini quvontiradi. Yana bir gap, bilim beruvchi agar boladagi masalani yechishdagi yangilikni, masalani qiziqarli yechish uslubini, doim qo‘llab kelgan standart uslublaridan voz kechib, masalaning yangi yechimlarini, muammoning asosiy bog‘lanish mohiyatini anglash va uni yechish uchun turli usullarni topish, amaliy masalalarni yechish muammolaridan chiqish, oldindan aytib berish qobiliyatlariga ega bo‘lsa, matematik tushunchalari rivojlanishida yordam beradi. Bolalarning matematik tasavvurlarini mashg‘ulotlardan tashqari o‘yinlar orqali tashkil qilinsa ham mustaxkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bolalar olgan bilimlari kundalik hayotda, o‘yinda, mehnatda, turmushda, shuningdek boshqa mashg‘ulotlarda doim mustahkamlanishi juda muhim. Bilimlarni mustahkamlashda didaktik o‘yinlar: xalq didaktik o‘yinlari, piramidachalar boshqa o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar muhim rol o‘ynaydi. Bola son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida nisbatan ko‘proq bilimlarni o‘zlashtirgan bo‘lishi, fazoda (2 va 3o‘lchovli) va vaqt bo‘yicha mo‘ljal ola bilishi kerak. Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustivor (turg‘un) qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni tarbiyalashga harakat qilishi kerak. SHu yoshda bolalarda mustaqil fikrlashni, fazoviy tasavvurni rivojlantirish, ayniqsa, muhim. Bola masalalar echishda uddaburonlik bilan xulosa chiqara olishi, paydo bo‘lgan muammolarni echishning yo‘llarini topa bilishi lozim. Masalalar echishda pedagog (tarbiyachi) eng qulay va sodda masalalarni echishni o‘rgatishi muhim. Maktabgacha ta’limda har bir mashg‘ulot tugallanadigan maqsadni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Mashg‘ulot etarli darajada qoniqarli va muvaffaqiyatli o‘tishi uchun tarbiyachi mashg‘ulotning umumiy ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifasini, uni amalga oshirish usullarini aniq tushungan va egallagan bo‘ladi. Mashg‘ulotda masalalar echish jarayonida har bir bola uning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga imkon beradigan matematik bilimlar tizimiga, maxsus va umumiy o‘quv ko‘nikma hamda malakalariga, rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasiga erishgan bo‘lishi kerak. Matematikani o‘rgatish bolalarda o‘z ona tilida xatosiz so‘zlashga, o‘z fikrini aniq va ravon qilib bayon eta bilishga o‘rgatishda yordam beradi. Matematikani bayon etishda sergaplikka yo‘l qo‘yish mumkin emas, bunda har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir. SHuning uchun ham matematiga «olibg‘qochish» emas, aniq bilimlarga tayaniladi. Bundan tashqari, matematik masalalarni echishda chamalab ko‘rish usulidan ham foydalanilsa o‘z natijasini beradi. Bunda bola echish natijasining to‘g‘riligini biror darajadagi aniqlikda oldindan aytish imkoni yaratiladi. masalalar, matematik tasavvurlarni maktab yoshidayoq o‘zlashtirishda yuqorida sanab o‘tilgan uslublardan tashqari anketa, savol-javob, suhbat, umumlashtirish, kuzatish, pedagogik eksperiment metodlaridan foydalanish ham samara beradi. Bundan tashqari, bola maktabga borgunga kadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun MTMdagi barcha o‘quvg‘tarbiya ishlari bilan o‘zviy ravishda bog‘lab maxsus ish olib borish zarur. Matematik bilimlar bolalarga ma’lum sistema va izchillikda berilishi, bunda yangi bilim kamroq mikdorda, ya’ni bolalar o‘zlashtirib oladigan darajada bo‘lishi kerak. Tarbiyachi xar bir yosh gruppasining dastur kanday tuzilganini, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda boshlang‘ich matematik tasavvurlarni o‘stirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar har bir mashg‘ulotning kanday muxim rol o‘ynashi va o‘rin egallashini bilishi lozim Dastur vazifalarining ko‘pchilik kismi mashg‘ulotlarda hal kilinadi. Bolalarda ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va ko‘nikmalar xosil kilinadi. Atrofdagi xamma narsani mikdor jixatidan kuzatishlarni uyushtirishga, bolalarning o‘z faoliyatlarining xilmag‘xil turlarida matematik mazmundagi bilim va ko‘nikmalaridan kanday foydalanishlariga axamiyat berish lozim. Mashg‘ulotlarda didaktik uyinlardan xamda o‘ying‘mashklardan keng foydlanish, mashg‘ulotlardan tashqari vaktlarda uyinlar tashkil kilib, bolalarning matematik tasavvurlarini mustaxkamlash, chukurlashtirish va kengaytish zarur. MTM larni oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan ta’minlash hamda mashg‘ulotlar innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etilishi samarali natija beradi. Matematik bilim berish vositalarini darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o‘qitish). O‘quv mashg‘uloti jarayoniga tadbiq qilinadigan har qanday pedagogik texnologiya, uning komponentlari mashg‘ulot mazmuni, o‘quv dasturi, darslik yoki pedagog faoliyati orqali o‘tilishidan qat’iy nazar, bolaning erkin va ijodiy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi talab etiladi. O‘qitish usullari o‘quv mashg‘uloti jarayonining asosiy qismi hisoblanadi, ularsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bilimlarni uzatish va qabul qilish harakteriga qarab so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliy usullarga bo‘linadi. O‘quv mashg‘uloti mavzulari mazmunini o‘zlashtirishda, tushuntirish-illyustrativ, reproduktiv, muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot usullari qo‘llaniladi. Amaliy usullarda vazifa (maqsad)ni qo‘yish, uni bajarish usulini rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, tahlil qilish, kamchiliklar sababini aniqlash, maqsadga to‘liq erishish uchun o‘quv mashg‘uloti jarayoniga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritish ishlari amalga oshiriladi. Amaliy mashqlarni bajarishda bolalar bo‘lajak hattiharakatlarini faol mushohada qiladi, o‘ziga-o‘zi eshittirib gapiradi hamda bo‘lajak voqeani sharhlaydi. Erkin fikrlash usuli illyustrativ rasmlar, fotolavhalar kabilar va ularning muhokamalariga bag‘ishlanadi. Bu mashg‘ulotdan ko‘zda tutilgan maqsad bolalarning bilim doirasini, dunyoqarashini kengaytirish, ularni rasmlar, fotolavhalar, kitoblar bilan tanishtirish orqali, ularning bilim olish va qiziqishlarini orttirish, avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo‘llash orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishishdir. Topshiriq quyidagicha bo‘lishi lozim: hajmi katta bo‘lmasligi, lekin mazmunli, o‘zlashtirishga, mustahamlashga, takrorlashga, fikrlashga, amaliy jihatiga qaratilgan bo‘lishi; guruhda bajarilganga nisbatan oddiy va tushunarli bo‘lishi; ayniqsa masala, misol va gaplarni tuzishda, amaliy ishlarni o‘tkazishda bolalarning kuzatishlari va fikrlariga bog‘liq bo‘lishi; uy vazifasining to‘g‘ri bajarilishi uchun aniq bir ko‘rsatmalar berilgan bo‘lishi; bolalarning tayyorgarligi va imkoniyatlarini inobatga olib individuallashtirish lozim: tarbiyachi bolalarning intizomi va javobgarligini ta’minlash uchun uy vazifasini uz vaqtida tekshirib turishi lozim. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, mamlakatimizda ta‘lim tizimiga davlat siyosati darajasida e‘tibor qaratilmoqda Tarbiyalanuvchilarning matematik faolligi turli-tuman sharoitlarda: teatrlashtirilgan faoliyatda, qurish-yasash o‘yinlarida, faoliyat markazlarida o‘stirildi. Bolalarning namoyon bo‘lgan kuchli tomonlarini bilish nafaqat tahlil uchun muhim, balki ularda kelgusida kasb tanlash, matematik qobiliyatlami rag‘batlantirish istiqbollarini belgilash imkonini beradi. Bolaning namoyon bo‘lgan qobiliyatini inobatga olish nafaqat ularni rivojlantirish uchun, balki uning iste’dodini tegishli oqimga yo‘naltirish uchun ham zarur. tajribalar shuni ko‘rsatdiki, o‘yinlar va interaktiv usullar bolalarning matematik qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi, matematikada keng mo‘ljal olish va matematik taassurotlar zaxirasining to‘planishiga sharoit yaratadi, “Ilk va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga asos yaratadi. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishning umumiy didaktik tamoyillari. Bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishda quyidagi didaktik tamoyillarga asoslaniladi: 1. Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil MTT da o‘rganiladigan faktlarni ular fanda qanday yoritiladigan bo‘lsa, shunga moslab yoritishni talab qiladi, ya’ni biz ilmiylik to‘g‘risida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda, berilayotgan bilim mazmuni ilmiylik asosida tuzilgan bo‘lishiga e’tibor qaratishimiz kerak. 2. Nazariya va amaliyotning birligi tamoyili. Bu tamoyil berilgan nazariy bilimlarning hayotga, amaliyotga bog‘lanishini butun choralar bilan kengaytira borishni talab qiladi. Matematika nazariyadan bevosita har xil mashq va masalalarni yechishga o‘tish yo‘li bilan bu tamoyil keng suratda amalga oshiriladi. 1 laqiqalan ham yosh boiala.'ga har kisni ko'zi bilan ko'rib yurgan xonada. ko’chada, uvdagi narsalar biian hog'langan holda mashg'ulot o'tish, va'ni bilim berish lozim, chunki bu bolalarning tez tushinib olishiga, o‘zlashtirishiga yordam beradi. 3. Ko'rsatmalilik tamoyili. Bolalar tafakkurining aniqlikdan abstraktlikka qarab rivojlanish xususiyatlariga bog‘liqdir. Matematikani o‘qitishdan asosiy maqsad - mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir; biroq matematikani o‘qitish aniq fakt va obrazlardan ajralmasligi, aksincha, har qanday masalani o'rganishi shu aniq fakt va obrazlarni tekshirishdan boshlash kerak. Ko‘rgazmalilik o‘quv materialini o‘zlashtirishni osonlashtiradi va bilimning mustahkam bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, doira haqida gapirganimizda bolaning har biriga doirachalardan berib qo‘yib bolalar ikki qo‘llari orasida ushlab ko'rishlari kerak. Uning dumaloq ekanini, tekis ekanini qo‘l uchidagi bolaning hamma analizatorlari qatnashgan holda eslarida yaxshiroq qol adi. 4. Bilimlarni o‘zIashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik tamoyili. M atematikada materialni sistemali bayon etishning ahamiyati juda katta, chunki matematikada ayrim faktlar orasidagi mantiqiy bogianishlar g‘oyat muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim parcha-parcha bo‘lib qolmay, bir-biri bilan bog’langan holda oson misollardan boshlanib asta-sekin murakkablashtirib borilishi lozim. Puxta o'zlashtirish esa matematikada, ayniqsa, katta ahamiyatga egadir. Matematik tushunchalar o‘zaro shu qadar bog‘langanki, majburiy minimumning biror qisminigina bilmagan taqdirda ham bolalar o‘z bilimlarini hayotda foydalana olmay qoladilar va matematik bilim olishni davom ettirish qiyinroq bo‘ladi. Matematikada son va sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak-atrofni bilish, vaqtni chamalash malakalarini puxta egallashning ham ahamiyati juda katta. Ayniqsa, matematikada boshqa fanlardagiga qaraganda ham, dasturning biror qismini yaxshi o'zlashtirmasdan va malakani yaxshi mustahkamlamasdan turib, muvaffaqiyat bilan oldinga qarab borish mumkin emas. 5. Individual yondashish tamoyili. Bu tamoyi] bolalarning yosh xususiyatlarini. ya'ni qobiiivatlarini. psixologi' asini hisobga olisb kerak talabhirdan kelib chiqadi va bu tamoyil matematikani o‘qitish davrida amalga oshirilishi shart. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematik tasavvu rlarini rivojlantirish ishlarini tashkil etish. Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli ta 'limiy о ‘yinli fao/iyatdir. Dastur vazifalarining ko‘pchilik qismi ta ’limiy oyinlifaoliyatlarda hal qilinadi. Bolalarda m a’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi. T a ’limiy oyinli faoliyatlarda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan hamda o‘yin-mashqlardan keng foydlaniladi. Та 'limiy oyinli faoliyatlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. ta ’limiy oyinli faoliyatlarda bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan quyidagi interfaol usullardan foydalaniladi: • Qisqahikoya • Tushuntirish • K o‘rsatish • Kichik guruhlarda ishlash (guruhiy ish) • Juftlikda ishlash ■ Galereyaga sayr • Muammoli vaziyat • Savol-javob • Rag‘batlantirish • Amaliy ish • Ijodkorlik • Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin • Masala tuzish, yechimni topish • Grafik diktant Bu usullar mashg‘ulotlarda almashinib kelgan holda qoMlangan. Ovbekiston Maktabgacha ta'limi vazirligi bu dasturni respublikamizning o'ziga xos tomonlarini: iqlimi. jugrofiy. iqiisodiv. madaniv. milliy sharoitlarini bisobga olib. uni qayta ishlab chiqdi. Dastur tug1 Ugandan to yetti yoshgacha bo'lgan bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim va malakalar hajmini o‘z ichiga oladi. U maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning psixologik-fiziologik va o'ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ularni har tomonlama kamol toptirishni nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani pedagog-tarbiyachi amalga oshiradi. U pedagogik jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun tarbiyachi o‘z sohasini chuqur bilishi, har xil metodik vositalarni yaxshi egallagan, puxta pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo‘Iishi kerak. Shu bilan bir qatorda, mutaxassislik bo‘yicha fanlarni, jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, «Ilk qadam»davlat dasturini, Davlat ta’lim standartlarini, bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fani va boshqalarni puxta egallagan bo‘lishi lozimdir Maktabga borish davriga kelib bolalar to‘plam va son, shakl va kattalik haqida o‘zaro bog'langan bilimlarni nisbatan ko‘proq egallagan bo‘lishlari zarur. Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari. Matematika ta’limiv faoliyatlarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar quyidagicha: 1. Matematika ta’limiy faoliyatlarida son-sanoq bo‘limi bilan bir qatorda dasturning boshqa bo‘limlarini ham rejalashtirish, son-sanoq bo‘limidagi dastur vazifasi hamma mashg‘ulotlarda ham asosiy o'rinni egallashi kerak. 2. Har bir ta’limiy faoliyatlarda ikki-uch dastur vazifasi rejalashtiriladi. Birinchisi yangi, keyingilari takroriy. 3. Olti-sakkiz ta’limiy faoliyatldan keyin takroriy usulda ta'limiy faoliyatlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi. 4. Matematika ta'limiy faoliyatlarida eng asosiy o ‘rgatish usuli ko‘rgazmali o'rgatish usulidir. 0 ‘rgatish usulida harakatli o'yin, didaktik o‘yin usullari katta o‘rin egallaydi. 5. Matematika ta’limiy faoliyatlarida dastur mazmuni ko'rga/mali materiallar asosida bolalarga tushuntirib boriladi. (). Ikkinchi kichik va o'rta'guruhda mashg'ulotiarni vakunlashda tarbiyachi dastur mazmunida bolalarga tushunarli so'zlar bilan umumlashtirib aytib beradi. 7. Katta va tayyorlov guruhida bolalar ishtirokida umumlashtiriladi. Ta'lim laoliyatlarini tashkil etishda tarbiyachidan quyidagilar talab etiladi: I. Bolalarning ilmiy, psixologik, pedagogik taraqqiyoti xususiyatasoslari qonuniyatlarini bilish. 2. Bolalarni matematik tasavvurlari taraqqiyotidagi ilmiy sistemani bilish. 3. Har bir yosh guruhidagi elementar matematika tasavvurlarini o'rgatish dasturini, ya’ni ish mazmunini bilish. 4. Bolalarni o‘rgatish metodik usullarini egallash. ya’ni ishni qanday olib borish. 5. O'rgatish dasturi materialini egallash faqat maxsus ta’limiy laoliyatlardagina amalga oshirilishini bilish. 6. Har bir ta’limiy faoliyatda son-sanoq faoliyati bilan birgalikda boshqa matematik tushunchalar: kattalik, shakl, tevarak-atrof, vaqt tushunchasini rcjalashtirishni bilish. 7. Ta’lim faoliyatlari didaktik tamoyil asosida tuzilishini bilish. 8. Ta’lim faoliyatlari da turli analizatorlardan keng foydalanish. 9. Ko‘rgazmali materiallardan keng foydalanish eng asosiy shartsharoitlardan bin ekanligini bilish. 10. Har bir bolaning tarqatma material bilan ishlashi har bir ta'lim laoliyatlarining asosiy sharti ekanligini bilishi kerak. Matematikadan ta'lim faoliyati haftaning ma’Ium bir kunida o'tkazilishi kerak. MTT turli yosh guruhlarida matematika ta’lim faoliyatlarini o‘tkazish metodikasi va tashkil qilish xususiyatlari. Tarbiyachi ta'lim faoliyatlarga luyyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o'rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat'iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar bolalar o'zlashtira oladigan darajada bo'lishi kerak. Har bir vazifa bir qator kichik lopsliiriqlarga boiinadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket o’rganiladi. Masalan. tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni bo'laklarga bo'lish bilan tanishtirish shunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi: bolalar birinchi ta'lim faoliyatida buyumlarni ikkita teng qismga boiishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini cTzlashtiradilar; ikkinchi ta'lim faoliyatida bolalarning teng ikkiga bo'linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug‘at faollashtiriladi; tarbiyachi uchinchi ta'lim faoliyatida bolalarga buyumlarni teng to'rt qismga bo'lish usullarini tanishtiradi. shuningdek butunning qismga munosabatini ko‘rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik shakllarni ikki va to'rt qismga bo'lishning har xil usullarini ko'rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o‘rganishadi. Shunday qilib, dasturning har bir bo‘limi ketma-ket o‘tkaziladigan bir necha (uch-olti) ta’lim faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari bir ta'lim faoliyatidan ikkinchi ta'lim faoliyatiga o’tganda kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Dasturning bir bo‘limidan ikkinchi bo‘limiga o ‘tishda o'tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘lashni ta’minlash katta ahamiyatga ega. Yangi materialni o‘rganish jarayonida o ‘tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e’tiborini yangi materialga qaratish, uning puxta o‘zlashtirilishiga imkon beradi. Odatda, yangi mavzuni uch-besh mashg‘ulot davomida, oldin uning birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o‘rganiladi. Mavzuni oradan ikki hafta, ba’zan uch hafta o‘tgandan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri borgan sari dasturning har bir o'rganilgan boMimi o‘quv yili oxiriga qadar tarbivachining fikr doirasida bo'lib turishi kerak. Shu munosabat bilan bir mashg;ulotning o'zida dasturning bir bo'limiga yoki har xil bo‘limning, ya’ni «Miqdor», «Sanoq». «Kattalik», «Shakl» va boshqa bo'limlariga oid masalalar o'rganilishi va tukrorlanishi mumkin. Mashg‘ulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu mashqlar o'ziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, "Kim qaysi o'yinchoqlarni sanadi?”, “O'yinehoqlar nechta? Bulardan katta guruhda foydalanish mumkin. (Chaqirilgan bolalar tarbiyachi ko'rsatmasiga binoan o'vinchoqlarni sanab chiqadilar, so'ngra o') inehoqlar salfetka bilan yopiladi, shundan key in bolalar u yoki bu o'yinchoqdan nechtadan bo'lganini yoki kimda o'yinchoqlar borligini va o'yinchoqlar qancha bo'lganini topadilar.) Bolalar (o'rta, katta va maktabga tayyorlash guruhlarida) buyumlarni va geometrik shakllarni har xil alomatlari bo'yicha guruhlarga ajratishni, o'yinchoqlar, shakllar, jadvallar to‘plamiga tayyorlov guruhlarida «qancha» so‘zi bilan savollar o'ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek «Qo‘shnilaringni top», «Men qaysi sonni o‘tkazib yubordim?», «Kim ko‘p bilsa, u uzoq sanaydi» kabi o‘yinlar o'tkaziladi. Download 39.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling