“Bolalar bog’chasida oilada olibboriladigan ta’lim ishning metod va shakllari mazmuni uzviyligi”
Download 427.12 Kb.
|
bolalar bogchasida oilada olibborila
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy hujjatlar
“Bolalar bog’chasida oilada olibboriladigan ta’lim ishning metod va shakllari mazmuni uzviyligi”REJA: 1. Oila davlat va jamiyat ardog‘ida. 2. Maktabgacha tarbiya muassasining ota -onalar bilan hamkorlikdagi ishining mazmuni va usullari. 3.MTMning ota-onalar bilan ishining yillik rejasi. Umumiy majlislar. 4. Xulosa Tashkiliy hujjatlarTAYANCH TUSHUNCHALAR ta’lim shakllar metod tarbiyachi ota –onalar xodim majlislar TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 1. Qayumova N. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent, 2013. 2. Hasanboyeva O. Oilada barkamol avlod tarbiyasi. – Toshkent, O’zbekiston, 2010. 3. Otavaliyeva O’. Bola tarbiyasida bog’cha va oila hamkorligi. – Toshkent, O’qituvchichi, 1994. Respublikada yosh avlodni ma’naviy jixatdan barkamol qilib voyaga etkazish maqsadida turli mazmunlarda ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining XI sessiyasida qabul qilingan “Oila kodeksi” sharqona va umuminsoniy axloq normalari mushtarakligida shakllangan, farovon oilalarning manfaatlarini ta’minlashda muhim xuquqiy poydevor bo‘ladi. Konsititutsiyaga binoan, “Onalik va bolalik davlat tomonidan muxofaza qilinadi “ (65-modda). Oila davlat va jamiyat ardog‘ida Bilib oling! Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining daslabki davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifalardir. Ya’ni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir, oila bolaga ta’sir ko‘rsatadi, uni atrofidagi hayotga moslaydi . Respublikamizda 1998 yil – Oila yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturini hayotga joriy etish natijasida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtirildi, “Oila kodeksi” ning yangi tahriri, bir qator qonunchilik va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Oilani moddiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan zarur shart-sharoitlar yaratildi. Kam ta’minlangan, serfarzand oilalarni qo‘llab-quvatlash ishlarini davlat o‘z zimmasiga oldi. 1999 yil mamlakatimizda “Ayollar yili“ deb e’lon qilinishi munosabati bilan jamiyatda xotin–qizlarning mavqeini yanada oshirish, turmush sharoitlarini yaxshilash uchun barcha davlat va nodavlat tashkilotlarini birlashtirildi. SHu yildan boshlab (1999) ayollarga ularning istaklariga binoan hamda qonunda belgilangan mehnat staji bo‘lgan taqdirda 54-yoshdan pensiyaga chiqarish huquqi berildi.Abu Rayhon Beruniy o’z asarlarida ota-onalar va tarbiyachilar obro’yining bolaga o’z ta’sir kuchi haqida fikr yuritgan. Bu esa hozirgi kun talablariga ham javob beradi. Oila huquqi – nikoh tuzish va nikohni bekor qilish tartibi va shartlari: er-xotin, ota-ona bila bolalar o’rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar; farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bola asrab olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlar; fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tarzini belgilaydigan huquqiy me’yorlar yig’indisidan iboratdir.Oila farzandning dastlabki tarbiya maktabidir. Shuni nazarda tutgan oilaning ikki tayanchi – ota bilan onaning ma’naviy-ruhiy odobi, o’zlarining namunali xulq-atvorlari, yaxshi tarbiya ko’rganliklari bolalarga tarbiya berishdagi tajriba va mahoratlari, qunt-sabotlari, sezgirlik va talabchanliklari bolalarni yoshlikdanoq baodob bo’lib o’sishida aks ettiruvchi ko’zgudir. Download 427.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling