Bolalar bog‘chasida psixologik-ijtimoiy va reabilitatsion yordamning ijtimoiy pedagogik xizmati. Reja


Ta’lim tizimidagi hududiy reabilitatsiya xizmati


Download 26.9 Kb.
bet2/4
Sana06.11.2023
Hajmi26.9 Kb.
#1751043
1   2   3   4
Bog'liq
Bolalar bog‘chasida psixologik-ijtimoiy va reabilitatsion yordamning ijtimoiy pedagogik xizmati.

Ta’lim tizimidagi hududiy reabilitatsiya xizmati.
Xar bir hududda bolalar va o`smirlarga ijtimoiy yordam ko`rsatish xizmati ma’lum kontingent asosida hududni inobatga olish tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ta’lim tizimining reabilitatsiya xizmati – bu har bir bolaning yaxshi rivojlanishini va ijtimoiylashuvini ta’minlovchi, ularni kompleks xolda reabilitatsiya qilishga qaratilgan elitar, adaptiv tashkilotlar (maktablar), profilli (kesim) tashkilotlarning umumiy xizmatidir.
Reabilitatsiya qilish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bolalar va o`smirlarning rivojlanishidagi o`zgarishlarning (deformatsiyalanish) sabablarini aniqlash.
2. Ularni bartaraf etishning vosita va usullarini topish.
3. Ta’lim-tarbiya va yashash sharoitini jadallashtirish.
4. Normal shaxsning shakllanishiga qaratilgan adekvat (bir xil) pedagogik jarayonni vujudga keltirish.
5. Maxsus reabilitatsion xizmatga muxtoj bolalarga korrektsion rivojlantiruvchi maxsus dasturlar asosida xar tomonlama yordam berish va xokazo.
Reabilitatsiya qilish tamoyillari:
1. Hududdagi iqtisodiy, ijtimoiy, hududiy uziga xosliklarni inobatga olish.
2. Reabilitatsion tadbirlarning xilma-xilligi.
3. Pedagogik, ijtimoiy-psixologik va biologik metodlarning birligi.
4. Boskichlilik.
5 Individuallik, gumanistik yondashish.
Reabilitatsion xizmat ko`rsatishning axamiyati:
a). Bolaning sog`ligini, qiziqishi va huquqlarini himoyalash.
b). Deviatsiya xolatidagi rivojlanishni oldindan profilaktika qilish.
v). Pedagogik jarayonni insonparvarlashtirishni tashkil etishdan iborat.
Reabilitatsiya qilish ob’ektlari va sub’ektlari:
1. Ijtimoiy-pedagogik jihatdan karovsiz kolgan bolalar.
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, deviant, dezadaptatsiyalangan bolalar va yetimlar.
3. Psixosomatik va asabiy, ruxiy kasallangan bolalar.
Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeliva uni amalga oshirish mexanizmi.
Hududdagi ijtimoiy madaniy vaziyatlarning uziga xosligi reabilitatsionxizmatning ma’lum modelini yaratish imkonini beradi. Bu model bola va o`smirlarning:
1. Umumorganizmini reabilitatsiya qilish (tibbiy).
2. SHaxs sifatida reabilitatsiya qilish (psixologik).
3. Ijtimoiy sub’ekt sifatida (ijtimoiy).
4.Faoliyat sub’ekti darajasiga ko’tarishga qaratilgan reabilitatsion xizmatnihg bo`lishi kerak. Bu quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:

Download 26.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling