Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Bolalar og`iz bo`shlig`i xastaliklarini davolashda
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1.2. Bolalar og`iz bo`shlig`i xastaliklarini davolashda qo`llanadigan og`riqsizlantirish usullari Bolalarda tish va og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining xastaliklarini davolashda og`riqsizlantiruvchi vositalarni turli, o`z o`rnida qo`llash muhim ahamiyatga egadir. 17 Og`riqsizlantirish usullarining bir necha xili mavjud bo`lib, ulardan asosiylari quyidagilardir: 1) ignasiz (noin’eksion) terminal anesteziya; 2) igna va shprits yordamida (in’eksion) amalga oshiriladigan og`riqsizlantirish; 3) ignasiz maxsus asboblar yordamida katta bosim ostida dori moddalarini purkash yo`li bilan amalga oshiriladigan og`riqsizlantirish; 4) bolalarning ruhiy holatini barqarorlashtirish yo`li bilan amalga oshiriladigan mahalliy og`riqsizlantirish. 1.2.1.Terminal anesteziya Bolalarda ularning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko`rsatmaslik uchun og`riqsizlantirishning bu usulidan foydalanish juda katta qulaylik tug`diradi. Bu usul asosan og`riqsizlantirish lozim bo`lgan sohaga og`riqsizlantiruvchi vositani chaplash yoki surtish, og`riqsizlantiruvchi namlangan salfetkalarni bir oz tutib turish kabi yo`llar bilan amalga oshiriladi. Shuni nazarda tutmoqlik lozimki, bunday usul yordamida to`qimaning faqat yuza qavatlarigina og`riqsizlantiriladi. Bunday usuldan tish qattiq to`qimalarining yuza, o`rta va chuqur kariyesida, og`iz bo`shlig`i shilliq pardalarining xastaliklarida (stomatitlarda) davolash ishlarini amalga oshirishdan oldin foydalanish bir muncha ijobiy natijalar beradi. Ignasiz amalga oshiriladigan terminal anesteziya uchun quyidagi og`riqsizlantiruvchi vositalardan foydalaniladi: Dikain - kuchli og`riqsizlantiruvchi vosita hisoblansada, novokainga nisbatan 10 marotaba kuchli zaharli ta’sirga ham egadir. Shuni nazarda tutgan holda yosh bolalarda (10 yoshgacha) bu vositani ishlatib bo`lmaydi. 10 yoshdan katta bolalar uchun dikainning 1-2 ml miqdordagi 0,5% li eritmasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Trimekain - bu ham kuchli anestetik vositalar guruhiga kiradi. Bolalarda 2-5% li eritmasidan foydalaniladi. Piromekain - 5% li surgi sifatida yoki bo`lmasa 5% li surgini 5% li metiluratsil surgisi bilan aralashtirilgan holda ishlatish mumkin. Bu chaplash (applikatsiya) yo`li bilan ishlatiladigan yangi og`riqsizlantiruvchi vositadir. Bunday vosita og`iz bo`shlig`i shilliq 18 pardasining xastaliklarida keng ko`llanadi. Piromekain surtilgan shilliq parda 1-2 daqiqadan so`ng og`riqsizlanadi va bu holat 30-40 daqiqa davomida saqlanib turadi. Buning uchun og`riqsizlantiruvchi vositani shilliq pardaga 2-5 minut muddatga chaplash kerak bo`ladi. Anestezin-5-10% li surgi sifatida ishlatiladi va kerakli natijaga erishish uchun bunga 2-3 minut vaqt kerak bo`ladi. Ksilokain va lidokain kabi og`riqsizlantiruvchi vositalardan terminal anesteziya uchun 2-5% li eritma sifatida (chaplash uchun) yoki 10% li eritmalari aerozol sifatida foydalaniladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling