Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kariyes jadalligi ko`rsatkichi
Tarqalish darajasi:
Past darajada – 0 – 30% O`rta darajada - 31 - 80% К Т = 339 Yuqori darajada – 81 – 100% Stomatologiya amaliyotida kariyes tarqalishi ko`rsatkichidan tashqari yana uning jadallik ko`rsatkichi ham aniqlanadi. Kariyes jadalligi ko`rsatkichi-o`rtacha bir kishi uchun va induvidual bir kishi uchun kariyes bilan zararlangan yoki uni asoratiga uchragan tishlar soni bilan ifodalanadi. Kariyes jadalligini bir kishi uchun o`rtacha miqdorini topish uchun ko`rikdan o`tkazilgan kishilarning har birida kariyes yoki uni asoratlarini hisoblash lozim. Ular quyidagicha ifodalanadi: a) Sut tishlari uchun kariyes jadalligi kp (t) k-kariyes kavagi bor tishlar soni p-plombalangan tishlar soni kp shu ikki ko`rsatkich yig`indisidir. b) kp (p) - kariyes kovaklari (k) va plombalar (p) soni v) Doimiy tishlar uchun kariyes jadalligi-KPO (t)- bu kariyes kavagi, plomba va oldirib tashlangan tishlar sonining yig`indisidan iborat; (K+P+O.) g) KPO (p) - Doimiy tishlar uchun bir shaxsga tegishli tishlardagi kariyes kovaklari, plombalar va oldirilgan tishlar sonining yig`indisidan iborat. Olingan har bir tish uchun P ko`rsatkich 5 ga teng deb olingan. Bunda bir tish har xil yuzasida bir nechta kariyes kovaklari yoki plombalar mavjudligini ham hisobga olinadi. Kariyes jadalligining darajasi faqat bir kishi uchun emas, xalq orasida: xududlar, viloyat, shahar, korxonalar, maktablar va bog`cha bolalari o`rtasida ham aniqlanib, bir kishiga nisbatan o`rtacha ko`rsatkich topiladi. Buning uchun aholi yoki maktab, bog`cha bolalari stomatologiya ko`rigidan o`tkazilib, har bir individual shaxs uchun KPO yoki kp ko`rsatkichlari aniqlanadi va KPO yoki kp ko`rsatkichlar yig`indisi ko`rikdan o`tgan kishilar soniga bulinadi: Σ KPO (yoki Σ kp) ko`rikdan o`tganlar soni Кж= 340 Yuqorida ko`rsatilgan ko`rsatkichlar aniqlanganda kariyesni boshlang`ich ko`rinishi-oq yoki qora dog`lar hisobga olinmaydi. d) Kariyes jadalligi ko`rsatkichlarini populyatsiyalar o`rtasida baxolash: Buning uchun ayrim hududlarda yashovchi kishilar (populyatsiya) o`rtasida KPO ning o`rtacha ko`rsatkichi topilib solishtiriladi. Jaxon Sog`liqni Saqlash tashkiloti (JSST) ning tavsiyasiga ko`ra kariyes jadalligi ko`rsatgichining 5 xil darajasi farqlanadi: Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling