Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   261
Baxolash mezoni
№ Ko`rsatkich darajasi 
Tozalik darajasi 
1. 
1,1-1,5 
Yaxshi 
2. 
1,6-2,0 
Qonikarli 
3. 
2,1-2,5 
Qoniqarsiz 
4. 
2,6-3,4 
Yomon 
5. 
3,5-5,0 
Juda yomon 


343 
Ma’lum gurux kishilar uchun o`rtacha OGI ni aniqlash uchun 
barcha 
tekshirilganlarning 
gigiyenik 
ko`rsatkichlari 
yig`indisini 
tekshirilganlar soniga bo`lish kerak. Shunda mazkur gurux uchun og`iz 
bo`shlig`ining o`rtacha tozalik darajasi aniqlanadi. 
Ommaviy epidemiologik ko`rik paytida, og`iz bo`shlig`i gigiyenik 
holatini, gigiyenik vositalar sifatini, samaradorligini. baxolash va 
OG
`
IZ 
gigiyenasini tishlar va parodont kasalliklarini kelib chiqishidagi o`rnini 
belgilashda tish karashlarining miqdori va sifati to`g`risida ma’lumot 
beruvchi ob’ektiv ko`rsatkichlar juda zarurdir. Oxirgi paytlarda tish 
ustini qoplab turuvchi karashlarning tish va parodont kasalliklarini kelib 
chiqishida muhim rol o`ynashini e’tirof etgan holda, tish yumshoq 
karashlari va toshlarini matematik hisoblash yo`li bilan uning miqdori, 
strukturasi va sathini aniqlashning juda ko`p usullari taklif qilingan. 
Taklif qilingan usullar yordamida olinadigan ko`rsatkichlardan 
quyidagilari tish ustida hosil bo`luvchi yumshoq va qattiq cho`kmalarni 
har taraflama baxolashda e’tiborga loyiq deb hisoblanadi: a) tish usti 
karashlarining sathi to`g`risida ma’lumot beradigan; b) tish usti 
karashlarining qalinligi to`g`risida ma’lumot beradigan; v) tish usti 
karashlarining kimyoviy, fizik va mikrobiologik hususiyatlari to`g`risida 
ma’lumot beradigan. Bu ko`rsatkichlardan olingan ma’lumotlar asosan 
tish 
blyashkasining 
strukturasi 
va 
xususiyatlarini 
o`rganishga 
yo`naltirilgandir. 
Bizga ma’lumki tish blyashkasi rangsiz karash bo`lib, uni maxsus 
bo`yoqlar bilan bo`yab aniqlanadi. Blyashkalar sathi bo`yalgan sathga 
teng bo`ladi. Tish yumshoq karashlari va toshlarini bo`yash uchun 
jigarrang bismark, asosli fuksin eritmasi, qizil eritrozin tabletkasi 
(chaynash uchun), lyugol eritmasidan keng foydalaniladi. Odatda 
Shiller-Pisarev eritmasidan keng foydalaniladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling