Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Og`iz bo`shlig`i gigiyenasining samaradorlik ko`rsatkichi


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   261
 
Og`iz bo`shlig`i gigiyenasining samaradorlik ko`rsatkichi. 
Bu maqsadda tish karashlar miqdorini aniqlash uchun 6 ta tish bo`yaladi: 
16, 26, 11,31 tishlarning-dahliz yuzasi 
36, 46 tishlarning-til yuzasi 
Mabodo tekshirilayotgan tishlardan birortasi bo`lmasa, uning 
yonidagi shu guruxga kiradigan boshqa tish bo`yalib o`rganiladi. Su’niy 
tishlar, tojlar mustahkamlangan protezlar ham tish o`rnida qabul qilinib, 
yuzalari bo`yalib o`rganiladi. 
O`rganilayotgan tishlarning har birini bo`yaluvchi sathi shartli 
ravishda 5 segmentga bo`linadi.
62 - rasm: 
1 -medial segment 
2-distal segment 
3-o`rta okklyuzion 
4-markaziy 
5-oraliq bo`yin oldi 
Tish karashlarini baxolash mezonlari va kodlari: 
O-tish sathi bo`yalmagan 







346 
1 -bo`yalgan sath aniqlangan. 
Ko`rsatkichni hisoblash uchun har bir tish uchun kodlar tish yuzasi 
sektorlar kodlari yig`indisini topish bilan aniqlanadi. Undan so`ng 
bo`yalgan tishlar kodlarining yig`indisi tishlar soniga bo`linadi. 
Quyidagi formula asosida hisoblanadi: 
Baxolash mezoni: 
Indeks kiymati: 
Tozalik darajasi: 

-a’lo 
0.1-1.6 
-yaxshi 
0.7- 1 .6 
-qoniqarli 
1 .7 va yuqori 
-qoniqarsiz 
1.6. Stomatologik kasalliklar profilaktikasi usullari. 
Bugungi kunda keng tarqalgan kariyes parodont kasalliklarini juda 
yuqori saviyada davolash bilan ularning jadal tarqalishini to`xtatib 
bo`lmasligi, har qanday yuqori saviyada olib borilgan davolash ishlari 
kasallik asoratlariga barxam bersa ham, bu xastaliklar tarqalish 
ko`rsatkichini pasaytira olmaydi. Mazkur kasalliklar tarqalishini 
kamaytirishning birdan-bir yo`li kasallikni oldini olishga qaratilgan 
profilaktik tadbir choralar ekanligi bugun barchaga ma’lum. 
Stomatologik kasalliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktika 
usullari quyidagilardan iborat: 
1 . Aholi o`rtasida stomatologik sanitariya-maorifi ishlarini to`g`ri, 
samarali yo`lga qo`yish. 
2. Aholini ratsional ovqatlanish qoidalariga o`rgatish 
3 . Og`iz bo`shlig`i gigiyenasi qoidalarini o`rgatish 
4. Ftor saqlovchi preparatlardan endogen usulda foydalanish 
5. Mahalliy profilaktik vositalaridan foydalanish 
6. Ikkilamchi profilaktikani yo`lga qo`yish, og`iz bo`shlig`i 
sanatsiyasi., 
Aholi o`rtasida sanitariya-maorif ishlarini olib borish. Har qanday 
ommaviy 
profilaktika 
tadbir-choralar 
kompleksining 
asosiy 


347 
elementlaridan biri sanitariya-maorif ishlarini shu yo`nalishi bo`yicha 
ommalashtirishdir. 
Stomatologik kasalliklar profilaktikasi dasturida sanitariya-maorif 
ishlari aholini og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga rioya qilishga o`rgatish bilan 
bir vaqtda olib borilmog`i zarur. 
Stomatologik sanitariya maorifi aholini salomatligini saqlashga 
da’vat qilib, unga qanday erishish mumkinligini bevosita va bilvosita, 
faol yoki passiv yo`llar bilan anglatishga qaratilgan. Omma fikriga og`iz 
bo`shlig`i gigiyenasi va boshqa profilaktik tadbirlarning qanday ijobiy 
tomonlari borligini yetkazish sanitariya maorifi vazifasiga kiradi. 
Stomatologiya maorifi-bu aholiga bilish imkoniyatlarini yaratib ularda 
o`zlarida o`z ishini baholash, kunlik tartib qoidalar va odatlarni berilgan 
ma’rifiy bilimlar asosida ishlab chiqib, o`zlariga singdirish va shu bilim, 
odatlarga tayanib, stomotologik kasalliklarga qarshi turish immunitetini 
hosil qilishdan iboratdir. Profilaktikaning bu usuli ommaviy bo`lib, 
aholining yoshi, jinsi, dini, tili va boshqalardan qat’iy nazar barcha 
qatlamlariga bir xil tegishlidir. 
Stomotologik salomatlikni qay darajada saqlash har bir insonning 
o`z salomatligiga qanday darajada javobgarlik hissi borligiga bevosita 
bog`liqdir. 
Stomatologik salomatlik inson organizmining umumiy ahvolidan 
uning tartibi va odatlari bilan bog`liq bo`lish bilan birgalikda atrof 
muxitning ekologik holati bilan ham chambarchas bog`liqdir.
Организмнинг 
умумий ахволи 
Стоматологик 
саломатлик 
Тартиб ва 
одатлар 
Экологик 
ҳолат 


348 
Aholiga stomatologik kasalliklar profilaktikasida eng muhim 
o`rinni og`iz bo`shlig`i gigenasiga muntazam rioya qilish ekanligini 
ishonchli ravishda anglatmoq zarur. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling