Matematika statistika elementlarini modellashtirish


Download 284.54 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi284.54 Kb.
#1758212
TuriАнализ
Bog'liq
3-labaratoriya ishi


Matematika statistika elementlarini modellashtirish

Hozirda indеntifikatsiyalash masalasini yechishda MS Office dasturlarida qulay imkoniyatlar mavjud. Ularda diagramma yaratib unga trend chizig‘i(линия тренда)ni qoyiish va tenglamani ko‘rsatish yozuvini tanlash yetarli, faqat yaqqol ko‘rinshda hosil qilish uchun nuqrali (точечная) grafik qurgan maqul[8].


Excel jadvaliga tajriba natijalari kiritiladi, ularni ajratib Вставка диаграммы точечная buyrug‘i orqali nuqtaviy grafik qo‘yamiz, grafikni aktiv xoliga menyuning Макет lentasining Анализ bo‘limida Линия тренда ro‘yxatini ochamiz, royxatdan kerakli funksiyani tanlasak unga mos grafik qo‘yiladi. Grafik ustida kontekst menyuni ochib Формат линии тренда yozuvi tanlasa va ochiladidigan oynadagi показывать уравнение на диаграмме maydonchasiga bayroqcha o‘rnatilsa qo‘yilgan grafik funksiyasi, поместить на диаграмму величину достоверности аппроксимации(К^2) maydonchasiga bayroqcha o‘rnatilsa bu taqribiy funksiyaning haqiqatga monandlik darajasi ham aks etadi. Формат линии тренда oynasi grafik ustida kontekst menyuni ochib unda Добавить линию тренда yozuvini tanlash orqali hamda Макет Анализ Линия тренда ro‘yhatidagi oxirgi yozuv – Дополнительные параметры линии тренда...ni tanlash orqali ham ochiladi. Excel dasuridan boshqa MS Office dasturlarida yuqoridagi kabi amallarni bajarib, ularda ham empirik-statistik model qurish masalasinixal etish mumkin. Faqat diagramma o‘rnatish tartibida farq mavjud.
Quyida Excel jadvali misolida ish tartibini keltiramiz:

  1. Excel jadvaliga ma’lumotlar kiritiladi

  2. Kiritilgan ma’lumotlar ajratiladi

  3. Вставка диаграммы точечная orqali nuqtaviy grafik quriladi

  4. Grafik ustida kontekst menyu ochiladi

Bu kontekst menyudagi (1-rasm) добавить линию тренда buyrug‘i berilsa Формат линии тренда oynasi ochiladi.
Bu yerdagi 4-ish o‘rniga diagrammani aktivlashtirib, so‘ng Maket lentasi ochildandagi ko‘rinishi 2-rasmda ko‘rsatilgan. Bu lentada Линия тренда buyrug‘ini ko‘rish mumkin. U tanlansa o‘rnatish mumkin bo‘lgan funksiyalar ro‘yhati ochiladi (2-rasm), bu ro‘yhat oxirida Дополнительные параметры линии тренда yozuvini ko‘rish mumkin. Shu oxirgi yozuv orqali ham Формат линии тренда oynasini ochish mumkin. Agar 2-rasmdagi funksiyalardan birortasi tanlansa nuqtaviy grafikni taqriban akslantiruvch grafikni o‘zi o‘rnatiladi, funksiya ifodasi qo‘yilmaydi, uni qo‘yish uchun kontekst menyudan foydalanish mumkin.

1-Rasm. Kontekst menyuda добавить линию тренда buyrug‘ini tanlash.

2-Rasm Maket lentasida Линия тренда buyrug‘ini tanlash.



3-Rasm. Формат линии тренда oynasi
Yuqorida ko‘rsatilgan jadvaldagi ma’lumotlar uchun 4-rasmda mumkin bo‘lgan barcha approksimatsiyalovchi chiziqlar, ularning funksiysi ifodasi va monandlik ko‘rsatkichi keltirilgan. Faqat Полиномиальная chizig‘i uchun 3- va 4- tartibli ko‘phadlar(4-rasm e va f)) keltirilgan. Bunda eng kichik daraja 2, eng yuqori daraja 6, agar biror daraja uchun R^2=1 bo‘lsa undan yuqori darajadagi ko‘pxad qurilmaydi. 4-rasmda 4- tartibli ko‘phad uchun R^2=1 ekanligi ko‘rinib turibdi, demak ushbu berilmalar uchun 5- va 6- darajali ko‘phadlar qurilmaydi, agar степень maydoniga 5 yoki 6 deb yozilsa ham 4-darajali ko‘phad chiqariladi.

a) b)

c) d)

e) f)
4-Rasm. Qurilgan modellar va ularning grafigi, monandlik ko’rsatkichi.
Tajriba natijalari yordamida biror jarayonni identifikatsiyasini qurishda monandlik ko‘rsatkichi muhim ahamiyatga ega. Bir qancha funksiyalardan monandlik ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgani yani birga yaqin bo‘lgani tanlab olinadi. Demak, yuqoridagi ma’lumoti keltirilgan jarayonning identifikatsiyasi uchun(4-rasm, f) ifodani olish mumkin.
Формат линии тренда muloqot oynasida Прогноз bo‘limi bor, undagi вперед на maydonchasiga h2, назад на maydonchasiga h1 sonlarini yozsak ko‘rsatilgan x [a,b] soxadagi grafik x [a-h1,b+h2] soxagacha davom ettiriladi. (5-va 6-rasmlari solishtiring). U model orqali olingan prognoz ma’lumot hisoblanadi. Prognoz ma’lumot faqat grafik ko‘rinishda beriladi, son qiymati chiqarilmaydi.
5
5-rasm. Прогноз bo‘limi.


6-rasm. Grafik ko‘rinishda prognoz ma’lumot.

Takrorlash uchun savollar:

  1. Korrelyatsion regression tahlil nimani o’rganadi?

  2. Korrеlyatsiya koeffitsiеnti nimani baholaydi?

  3. Korrеlyatsiya koeffitsiеnti qanday hisoblanadi?

  4. Kovariatsiya koeffitsiеnti qanday hisoblanadi?

  5. Bogliklikning shakli qanday aniklanadi?

  6. Oddiy chizikli rеgrеssiya tuzishda eng kichik kvadratlar usulini qo’llashni tushintiring.

  7. Chiziqsiz rеgrеssiya tuzishda eng kichik kvadratlar usulini qo’llashni tushintiring.

Download 284.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling