Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Og`iz bo`shlig`i gigiyenasining samaradorlik ko`rsatkichi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.6. Stomatologik kasalliklar profilaktikasi usullari.
Og`iz bo`shlig`i gigiyenasining samaradorlik ko`rsatkichi. Bu maqsadda tish karashlar miqdorini aniqlash uchun 6 ta tish bo`yaladi: 16, 26, 11,31 tishlarning-dahliz yuzasi 36, 46 tishlarning-til yuzasi Mabodo tekshirilayotgan tishlardan birortasi bo`lmasa, uning yonidagi shu guruxga kiradigan boshqa tish bo`yalib o`rganiladi. Su’niy tishlar, tojlar mustahkamlangan protezlar ham tish o`rnida qabul qilinib, yuzalari bo`yalib o`rganiladi. O`rganilayotgan tishlarning har birini bo`yaluvchi sathi shartli ravishda 5 segmentga bo`linadi. 62 - rasm: 1 -medial segment 2-distal segment 3-o`rta okklyuzion 4-markaziy 5-oraliq bo`yin oldi Tish karashlarini baxolash mezonlari va kodlari: O-tish sathi bo`yalmagan 3 1 2 4 5 346 1 -bo`yalgan sath aniqlangan. Ko`rsatkichni hisoblash uchun har bir tish uchun kodlar tish yuzasi sektorlar kodlari yig`indisini topish bilan aniqlanadi. Undan so`ng bo`yalgan tishlar kodlarining yig`indisi tishlar soniga bo`linadi. Quyidagi formula asosida hisoblanadi: Baxolash mezoni: Indeks kiymati: Tozalik darajasi: 0 -a’lo 0.1-1.6 -yaxshi 0.7- 1 .6 -qoniqarli 1 .7 va yuqori -qoniqarsiz 1.6. Stomatologik kasalliklar profilaktikasi usullari. Bugungi kunda keng tarqalgan kariyes parodont kasalliklarini juda yuqori saviyada davolash bilan ularning jadal tarqalishini to`xtatib bo`lmasligi, har qanday yuqori saviyada olib borilgan davolash ishlari kasallik asoratlariga barxam bersa ham, bu xastaliklar tarqalish ko`rsatkichini pasaytira olmaydi. Mazkur kasalliklar tarqalishini kamaytirishning birdan-bir yo`li kasallikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir choralar ekanligi bugun barchaga ma’lum. Stomatologik kasalliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktika usullari quyidagilardan iborat: 1 . Aholi o`rtasida stomatologik sanitariya-maorifi ishlarini to`g`ri, samarali yo`lga qo`yish. 2. Aholini ratsional ovqatlanish qoidalariga o`rgatish 3 . Og`iz bo`shlig`i gigiyenasi qoidalarini o`rgatish 4. Ftor saqlovchi preparatlardan endogen usulda foydalanish 5. Mahalliy profilaktik vositalaridan foydalanish 6. Ikkilamchi profilaktikani yo`lga qo`yish, og`iz bo`shlig`i sanatsiyasi., Aholi o`rtasida sanitariya-maorif ishlarini olib borish. Har qanday ommaviy profilaktika tadbir-choralar kompleksining asosiy 347 elementlaridan biri sanitariya-maorif ishlarini shu yo`nalishi bo`yicha ommalashtirishdir. Stomatologik kasalliklar profilaktikasi dasturida sanitariya-maorif ishlari aholini og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga rioya qilishga o`rgatish bilan bir vaqtda olib borilmog`i zarur. Stomatologik sanitariya maorifi aholini salomatligini saqlashga da’vat qilib, unga qanday erishish mumkinligini bevosita va bilvosita, faol yoki passiv yo`llar bilan anglatishga qaratilgan. Omma fikriga og`iz bo`shlig`i gigiyenasi va boshqa profilaktik tadbirlarning qanday ijobiy tomonlari borligini yetkazish sanitariya maorifi vazifasiga kiradi. Stomatologiya maorifi-bu aholiga bilish imkoniyatlarini yaratib ularda o`zlarida o`z ishini baholash, kunlik tartib qoidalar va odatlarni berilgan ma’rifiy bilimlar asosida ishlab chiqib, o`zlariga singdirish va shu bilim, odatlarga tayanib, stomotologik kasalliklarga qarshi turish immunitetini hosil qilishdan iboratdir. Profilaktikaning bu usuli ommaviy bo`lib, aholining yoshi, jinsi, dini, tili va boshqalardan qat’iy nazar barcha qatlamlariga bir xil tegishlidir. Stomotologik salomatlikni qay darajada saqlash har bir insonning o`z salomatligiga qanday darajada javobgarlik hissi borligiga bevosita bog`liqdir. Stomatologik salomatlik inson organizmining umumiy ahvolidan uning tartibi va odatlari bilan bog`liq bo`lish bilan birgalikda atrof muxitning ekologik holati bilan ham chambarchas bog`liqdir. Организмнинг умумий ахволи Стоматологик саломатлик Тартиб ва одатлар Экологик ҳолат 348 Aholiga stomatologik kasalliklar profilaktikasida eng muhim o`rinni og`iz bo`shlig`i gigenasiga muntazam rioya qilish ekanligini ishonchli ravishda anglatmoq zarur. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling