Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Stomatologiya maorifining usullari


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   261
Stomatologiya maorifining usullari-bu bevosita aholiga ta’sir 
etuvchi, o`zaro muloqotni yuzaga keltiruvchi foal (aktiv) usullar-suhbat, 
ma’ruza, seminar, salomatlik darslari va boshqalar. Bu usullarning 
ijobiy tomoni shundaki, bunda ma’rifat tarqatuvchi eshituvchi bilan 
bevosita muloqotda bo`lib, jonli savol javoblar sodir bo`ladi. 
Auditoriya bilan bevosita ma’rifatchining uchrashuvisiz olib 
boriladigan maorif usuli passiv usul bo`lib, bunda tibbiyot xodimining 
shaxsan ishtiroki talab qilinmaydi, bularga: radio, televedeniye, gazeta 
har xil plakatlar, tarqatma materiallar va boshqalar kiradi. 
Stomatologiya maorifi ishtirokchilar soniga qarab, 3 xil shaklda bo`ladi: 
1. ommaviy 
2. guruhlar orasida 
3. individual (yakkama-yakka) 
Stomatologiya sanitariya maorifining asosiy maqsadi aholiga, xalq 
ommasining ongiga inson salomatligining asosiy garovlaridan 
hisoblangan og`iz bo`shlig`ini to`gri parvarish qilish qoidalarini, 
stomatologik kasalliklarni oldini olishga qaratilgan tadbir choralarning 
mag`zini, ahamiyatini yetkazishdir. Bu ish ancha murakkab bo`lib, 
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 
Insonlarda ishonch hosil qilish, ularning odatiy, ba’zan noxush 
qiliqlaridan voz kechdirish, ongiga sanitariya madaniyatini olib kirish 
lozim bo`ladi. Bolalarda bu tadbirlar yoshligidan boshlab (1,5 -2 yosh) 
amalga oshirila boshlansa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Buning uchun 
ota-onalar, tarbiyachilar shu sohada ma’lum bilim va tajribaga ega 
bo`lishlari lozim. 
Yuqorida 
ko`rsatilgan 
jarayonlarning 
boshi 
bu 
nazariy 
tushunchalarga ega bo`lishi bilan boshlansa, keyingisi olingan nazariy 
tushunchalarni tushunib, mag`zini chaqish, keyin unga tula-to`kis 
ishonch hosil qilib, amaliy ko`nikmalarni kundalik odat tusiga kiritish 
bilan yakunlamog`i lozim. Stomatologiya maorifini omma ongiga to`liq 
tushunarli qilib yetkazishda psixologlar, pedagoglar, tarbiyachilar va 


349 
maxsus kurslarni o`tgan o`rta tibbiyot mutaxassislari qatnashishlari 
zarur. Ular aholiga tishlarni muqim tozalashni odat tusiga kiritish 
stomatologik kasalliklarni oldini olishda asosiy omil ekanligini 
tushintira olish lozim. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling