Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Quyidagi sxemada ana shu jarayon bosqichlarda aks ettirilgan


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   261
Quyidagi sxemada ana shu jarayon bosqichlarda aks ettirilgan: 
Shunga qaramasdan bu ishni amalga oshirishning asosiy yuki vrach 
stomotolog yelkasida bo`ladi. Chunki asosiy javobgarlik, ma’lumotlarni 
ishlab chiqish va boshqa mutahassislarni sanitariya maorifi ishlariga 
o`rgatish, o`qitish ular zimmasida bo`ladi. Har bir korxona, o`quv yurti, 
bog`chalarda bo`ladigan suhbatlar, darslar vrach stomatolog tomonidan 
ma’lum dastur asosida olib boriladi. Targ`ibot ishlarini dastavval 
pedagoglar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlarni jalb qilishdan boshlash 
maqsadga muvofiqdir. Bolalar jamoasida ishlaydigan bu xodimlar 
keyinchalik sanitariya maorif va profilaktika ishlarni olib borishda 
shifokor stomatologning asosiy yordamchilariga aylanadilar. 
Targ`ibot ishlarining boshlanishida ota-onalar bilan uchrashib
ularga kasalliklarni oldini olish mumkinligi va uning ahamiyati juda 
kattaligini tushuntirish, tish va milk kasalliklarini oldini olishda, ayniqsa 
tishlarni pastalar yordamida muntazam yuvib turish qanchalik 
muhimligini uqtirish lozim. Ota-onalarga tishlarni to`g`ri tozalash 
usullari, tish tozalash vositalari to`g`risida so`zlab bermoq kerak. 
Билим олиш 
жараёни 
Тушиниш 
жараёни 
Ишонч ҳосил 
қилиш жараёни 
Амалий 
кўникмалар 
ҳосил 
қилиш 
жараёни 
Одат тусига 
киритиш 
жараёни 
1. 
2. 
3. 
4. 
5. 


350 
Stomotologiya sanitariya maorifi asosiy stomatologik kasalliklar 
profilaktikasining muhim, boshlang`ich va aholi bilan muloqot qiladigan 
asosiy quroli bo`lib, uning vazifasida bolalarni jalb qilish juda muhim 
hisoblanadi. Shuning uchun bolalar bilan suxbatlar, maxsus o`quv 
darslarini rejalashtirishda bolalarni yoshiga qarab alohida guruhlarga 
bo`lish shart. Kichik yoshdaga bolalar bilan mashg`ulotlar o`yinlar 
shaklida o`tkazilsa, katta yoshdagi bolalar bilan jiddiy tarzda
kattalarcha muomala yo`li bilan o`tkazish lozim. 
Stomatologiya sanitariya maorifi aholiga, uning ongiga o`z 
dasturidagi barcha elementlarni bir umrlik odat tusiga kiradigan qilib 
emlay olgan taqdirda u o`zining vazifasini bajargan bo`lib hisoblanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling