Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Og`iz bo`shlig`i gigiyenasi qoidalari
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1.8. Og`iz bo`shlig`i gigiyenasi qoidalari. Bugungi kunda asosiy stomatologik kasalliklar profilaktikasida og`iz bo`shlig`i gigiyenasi eng asosiy, samarali tadbir ekanligi to`liq isbotlangan. Muntazam ravishda tishlarni tozalash, ularni tish yumshoq karashlaridan tozalab borish shu bilan birgalikda milklarni mexanik tarzda uqalashini (massajini) amalga oshirish emalning fiziologik tarzda me’yorida yetilishini ta’minlaydi. Og`iz bo`shlig`i gigiyenasi tish qattiq to`qimalari xususan emal qavatini paradont to`qimalarini fosatlar, kaltsiy, mikroelementlar, ftor va vitaminlar bilan boyitib, ularni noxush tashqi muhit ta’sirotlariga nisbatan turg`unligini oshiradi. Tish tozalash paytida milklarni muntazam mexanik massaji ularda qon aylanishini yaxshilaydi, shu bilan parodont to`qimasining oziqlanishini kuchaytiradi, modda almashinuvini jadallashtiradi. Bugungi kunda yer 355 shari aholisi o`rtasida kariyes kasalligini keng tarqalganligini inobatga olib, bu kasallikni bevosita chaqiruvchi asosiy sabablar og`iz bo`shlig`ida, tishlar yuzasida (karashlar, mikroblar, ovqat qoldiqlari) ekanligini nazarda tutsak, og`iz bo`shlig`i gigiyenasi, tishlarni muntazam tozalab turish kariyes kasalligini oldini olishda eng asosiy qurol ekanligi o`z-o`zidan namoyon bo`lishi sir bo`lmay qoladi. Og`iz bo`shlig`ining shaxsiy gigiyenasi-tishlar yuzasidan, milklar sathidan yumshoq karashlarni, ovqat qoldiqlarini gigiyenik vositalar yordamida qirtishlab tozalashdan iborat bo`lgan mexanik va kimyoviy jarayondir. Bunday tadbirni har bir inson shaxsan o`zi kuniga ikki marotaba ertalab, nonushtadan so`ng va kechki uyku oldidan bajarishi maqsadga to`liq muvofiq hisoblanadi. Og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga muntazam ravishda rioya qilish har bir shaxs ma’naviyatining asosiy elementlaridan hisoblangan shaxsiy sanitariya madaniyati saviyasini ham oshiradi. Sanitariya madaniyati qiyin ish, o`tirib turish, muomala, nutq, tarbiya madaniyatlari bilan bir qatorda shaxsni kamolotga komil inson sifatida yetishida, sog`lom avlod bo`lib vujudga kelishida muhim o`rin tutadi. Og`iz bo`shlig`i shaxsiy gigiyenasi tadbirlarini samarali amalga oshirishda bugungi kunda juda ko`p gigiyena vositalari va predmetlaridan foydalaniladi. Og`iz bo`shlig`i gigiyenasini amalga oshirishda zamonoviy vositalardan foydalanibgina kolmasdan uni qay usulda bajarishni ham hisobga olish joizdir. Bugunchi kunda tishlarni tish cho`tkasi va pastasi bilan qay yo`sinda tozalashning qator usullari mavjuddir. Shulardan ayrimlarini quyida keltiramiz. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling