Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Og`iz bo`shligi shaxsiy gigiyenasi vositalari
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vositalar: 1.Tish cho`tkalari 2. Tish pastalari Z.Tish poroshoklari Yordamchi vositalar
1.9. Og`iz bo`shligi shaxsiy gigiyenasi vositalari. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga rioya qilmoqlik, uning muntazamligini ta’minlamoqlik, stomatologik kasalliklar nuqtai nazaridan shaxsiy profilaktik, odatiy tadbirlarni amalga oshirish uchun qator gigiyenik vositalardan foydalanishga to`g`ri keladi. Mazkur vositalar asosiy va yordamchi vositalarga bo`linadi: Asosiy vositalar: 1.Tish cho`tkalari 2. Tish pastalari Z.Tish poroshoklari Yordamchi vositalar: 1.Tish kovlagichlar (tozaligichlar) 2.Flosslar (maxsus iplar) Z.Chaynov rezinalari (saqichlar) 4.Tish eleksirlari 1.9.1. Tish cho`tkalari Tish cho`tkalari tishlar va milklar yuzasidan yumshoq karashlarni tozalab tashlovchi asosiy qurol bo`lib xizmat qiladi. Cho`tkalar o`zlarining shakllari, bosh qismining o`lchamlari, tuklarning joylashuvi, qalinligi, uzunligi va sifati bilan bir-biridan farq qiladi. Tish cho`tkalarida ishlovchi qismi (boshi) va ushlash uchun dastagi mavjuddir. Tish cho`tkalari tuklarining sifatiga qarab: 358 1.sun’iy 2.tabiiy bo`ladi. Sun’iy tish cho`tkalarining tuklari neylon, setron, perlon, dederlon, poliuretan va boshqalardan ishlangan . Tabii cho`tkalarning tuklari ot yoli, cho`chka tukidan iborat bo`ladi. Sun’iy tolali cho`tkalarning tabiiy tolali tish cho`tkalaridan anchagina afzalliklari bor. Tabiiy cho`tkalar tuklari o`rtasida naysimon kanali bo`lib, doimo mikroorganizmlar bilan to`lib turadi va ularni toza tutishning iloji bo`lmaydi. Vaqt o`tishi bilan ular mo`rtlashib sinish ehtimoli borligi va ularga xohlagancha qattiqlik berib bo`lmasligi kabi kamchiliklari mavjuddir. Sun’iy tolali tish cho`tkalarining tuklari silliq, kovaksiz, oxiri yumaloqlashgan, emal va shilliq qavatni shikastlantirmaydi. Tozalash va qirtishlash borasida aytib o`tilgan ikki xil tish cho`tkalarining samaradorligi bir xildir. Foydalaniladigan tish cho`tkalarining samaradorligi ularning individual tanloviga, qattiqligining mosligiga, tuklar sathiga, tuklarni o`tkazilish shakliga va tuklarni kanchalik darajada zichligiga bog`liqdir. Sun’iy tolali tish cho`tkalari tuklarining qattiqlik darajasi bo`yicha beshga bo`linadi: -juda qattiq -qattiq -o`rtacha qattiqlikda -yumshoq -juda yumshoq Bemorlarga tish cho`tkalarini tavsiya qilishdan oldin ularning og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi va parodont to`qimasi ko`rikdan o`tkazilishi zarur. Aholi o`rtasida ko`proqq o`rtacha qattiqlikdagi tish cho`tkalari ishlatiladi. Tish cho`tkasi individual foydalanish asbobi bo`lib, uni har bir shaxs o`zi asrab tutish yo`lini bilmogi zarur. Yangi tish cho`tkasini ishlatishdan oldin yaxshilab yuvib, ishchi qismi (tuklari)ga sovun surtib stakanga bosh qismini yuqoriga qilgan holda bir kechaga qoldirish lozim. Foydalanish oldidan sovunlangan tish cho`tkasini oqar suvda yaxshilab yuvib, tish pastasi surtib ishlatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling