Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abraziv moddalar.
- Biriktiruvchi (gel hosil qiluvchi) moddalar.
Фтор сақловчи кариесга қарши Минерал тузлар сақловчи, фторсиз пасталар 362 Abraziv moddalar. Pastalarning tishlarni tozalash samaradorligi ular tarkibiga kiruvchi abraziv moddalar komponenti hususiyatiga bog`liqdir. Abraziv moddalar tishlarni karashlardan tozalash va ularni silliqlash bilan birgalikda emalning noorganik birikmalari bilan muloqotda ham bo`ladi. Shuni inobatga olgan holda an’anaviy foydalaniladigan abraziv material bo`lib hisoblangan-cho`ktirilgan bo`r bilan bir qatorda bugungi kunda dikalsiy fosfat digidrati, dikalsiy fosfatning monogidrati, suvsiz dikalsiy fosfat, trikalsiy fosfat, kalsiy pirofosfat, erimaydigan metafosfat natriy, alyuminiy gidrooksidi, kremniy ikki oksidi, sirkoniy silikat, metilmetakrilatning polimerli birikmalari va boshqalar shilatiladi. Ko`pgina hollarda cho`ktirilgan bo`r va yuqorida sanab o`tilgan abraziv moddalardan birortasining aralashmasi ishlatiladi. Shunday aralashmalar quyidagicha bo`lishi mumkin: 1. bo`r va dikalsiy fosfat 2. bo`r va allyuminiy gidrooksidi 3. bo`r va suvsiz dikalsiy fosfat va x.k. Har bir abraziv modda o`zining ma’lum disperslik (zarrachalarining o`lchami), qattiqlik va rN ko`rsatkichiga ega bo`lib, bu ko`rsatkichlar hosil qilinadigan tish pastalarining, tozalash xususiyati abrazivligi kabi sifatlarini keltirib chiqaradi. Tish pastalarining hosil qilish jarayonida uning tarkibiga kiruvchi moddalar tish pastasiga qo`yilgan vazifalardan kelib chiqib tanlanadi. Biriktiruvchi (gel hosil qiluvchi) moddalar. Tish pastalarining turg`unligi, qattiq-yumshoqligi, plastikligi ko`proq biriktiruvchi gidrokolloid moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlariga bog`liqdir. Zamonaviy tish pastalarini hosil qilishda ishlatiladigan godrokolloid biriktiruvchi moddalar sun’iy va tabiiy birikmalar bo`lib hisoblanadi. Tibiiy gidrokalloidlar bo`lib, suv o`tlaridan olinadigan alginat natriy, karraginat natriy va shu o`simliklar mevasi va shirasi hisoblanadi. Sun’iy sintetik gidrokolloidlarga-natriykarboksimetilselyuloza, selyulozaning metil va etil efirlari kiradi. Bularning barchasi paxta sellulozasi va poyasining hosilalaridir. 363 Ko`p atomli spirtlardan-glitserin, polietilenglikol tish pastalari tarkibida plastik, bir xil konsistensiyadagi massa hosil qilishda muhim rol o`ynaydi. Bunday xususiyatga ega bo`lgan pastalarni tyubiklarga solish va undan siqib chiqarish ancha yengil va qulaydir. Mazkur spirtlar tish pastalarini saqlash davrida ularning namligini saqlaydi va sovuqdan muzlab qolishini oldini oladi. Bundan tashqari ko`pirishiga yordam berib, ta’mini yaxshilaydi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling