Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги
Download 1.8 Mb.
|
9 мавзу Газларни тозалаш усуллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat gazlarini tozalash usullari
6 - Ma’ruza Mavzu: Gazlarini tozalash usullari. Elektrostatik kuchlari ta’sirida cho‘ktirish Reja: 1. Sanoat gazlarini tozalash usullari. 2. Chang cho‘ktirish kamerasi. 3. Siklonlar. Changlarni yuvib tozalash. 4. Elektrofiltrlar konstruksiyalari. Tayanch so‘zlar va iboralar: tozalash maqsadi, usullari, ajratish, siklon, tozalash darajasi, kamchiligi, skrubber, nasadkali, tarelkali, mavhum qaynash qatlamli qurilma, qurilmalarni tanlash, elektrofiltr, samaradorligi. Sanoat gazlarini tozalash usullari Kimyo sanoati korxonalaridan chiqayotgan gaz aralashmalarini tozalash texnologik jihatdan muhim va katta ahamiyatga ega. Gazlar quyidagi maqsadlarda tozalanadi: 1) gaz aralashmalaridan qimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish uchun; 2) jarayonga salbiy ta’sir qiluvchi va qurilmalarni buzilishga olib keluvchi gaz aralashmalarini chiqarib tashlash uchun; 3) atrof-muhit havosini ifloslanishini kamaytirish uchun. Ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo‘ladigan har xil fizik kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan gaz aralashmalari turli jinsli gaz deyiladi. Gaz aralashmalari tarkibidagi zarrachalarning o‘lchamiga qarab ikki sistemaga bo‘linadi: mexanik va kondensirlangan. Qattiq moddalar maydalanganda, ularni bir joydan ikkinchi joyga uzatganda qattiq moddalarning gazlarda taqsimlanishi mexanik sistema yoki changlar deyiladi. Aralashmadagi qattiq modda zarrachalarining o‘lchami 5-50 mikrongacha bo‘ladi. Kondensirlangan sistema suyuqliklarni bug‘latganda, quritish jarayonlarida bug‘larning suyuqlikka aylanishida hosil bo‘ladi. Buning natijasida tutun va tuman paydo bo‘ladi. Sanoatda gazlarni tozalash quyidagi usullarda olib boriladi: 1) markazdan qochma kuchlar ta’sirida cho‘ktirish. 2) filtr to‘siqlar yordamida ajratish. 3) gazlarni namlash usuli bilan tozalash. 4) yuqori kuchlanishli elektr maydon yordamida tozalash. Gazlarni tozalash uchun cho‘ktirish kamerali, siklonlar, filtrlash qurilmalari, (skrubber va elektrofiltrlar) ishlatiladi. Amalda gaz aralashmalaridagi mayda zarrachalarni birgina tozalash qurilmalarida butunlay ajratish mumkin emas, shuning uchun ikki va ko‘p bosqichli qurilmalar ishlatiladi, ya’ni avval katta zarrachalar chang cho‘ktirish kameralarida, so‘ngra elektrofiltrlarda cho‘ktiriladi. Har bir qurilmaning unumdorligi gaz aralashmalarining tozalanish darajasi bilan aniqlanadi: bu yerda G1 va G2 - tozalangan va tozalanmagan gaz aralashmasining qattiq zarrachalar miqdori; V1 va V2 - dastlabki va tozalangan gaz aralashmasining hajmi; x1 va x2 - changli va tozalangan gaz aralashmalaridagi qattiq zarrachalar konsentratsiyalari, kg/m3. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling