Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги


-rasm. Inersion chang ushlagichlar


Download 1.8 Mb.
bet3/11
Sana06.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1751553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 мавзу Газларни тозалаш усуллари

7.2-rasm. Inersion chang ushlagichlar:
a - markaziy qismdan gaz beriladi; 6 - yon tomondan gaz beriladi; v - qaytaruvchi to‘siqli; g - gaz oqiminiig yo‘nalishi o‘zgaradi.

7.2-rasm, a, b, da ko‘rsatilgan chang tutgichlarni changli qoplar deb ham yuritiladi. Uning ishlashi juda oddiy bo‘lib, changli gaz kirish patrubkasi orqali pastga qarab harakatlanadi, so‘ngra gaz birdaniga yuqoriga buriladi, bunda chang gaz oqimidan ajralib, qurilmaning pastki qismiga tushadi. Masalan, tarkibida diametri 30 mkmdan katta zarrachalarni ushlagan changli gazni tozalashga mo‘ljallangan changli qopning ajratish darajasi 65-7-85 % ni tashkil etadi. Gazning kirish patrubkasidagi tezligi taxminan 10 m/s qurilmaning silindrsimon qismida esa 1 m/s ga teng bo‘ladi. Bunday chang tutgichning gidravlik qarshiligi 150 - 390 Pa.


Qaytaruvchi to‘siqli chang tutgich (7.2- rasm, v) ning samaradorligi changli qoplarnikiga nisbatan kam, qurilmaning gidravlik qarshiligi ham ancha kichik. 7.2- rasm, g da ko‘rsatilgan chang tutgichni ishlatish qulay bo‘lib, ularni to‘gridan to‘gri gaz trubalariga joylashtirish mumkin, bunda gaz o‘tadigan trubalarning diametri 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Siklonlar. Changlarni yuvib tozalash
Oddiy cho‘ktirish qurilmalarida gaz aralashmasidagi mayda changlarni ajratish qiyin. Cho‘ktirish qurilmalarining gabariti katta bo‘lib ko‘p joy egallaydi va tozalash darajasi kichik. Shuning uchun sanoatda siklonlar ishlatiladi. Siklon silindrik va konussimon qismlardan iborat. Changli gaz siklonga tangensial yo‘nalishda 15-20 m/s tezlikda kiradi, so‘ngra pastga spiralsimon aylanma harakat bilan yo‘naladi. Natijada markazdan qochma kuch hosil bo‘ladi. Bu kuch ta’sirida gaz oqimidagi qattiq zarrachalar o‘qdan siklonning ichki devori tomon harakatlanadi va devorga urilib o‘z kinetik energiyasini yo‘qotadi va og‘irlik kuchi ta’sirida pastga tushadi. Tozalangan gaz markaziy truba orqali qurilmadan chiqib ketadi. Siklondagi changli gazlarni tozalanish darajasi qattiq zarrachalarning kattaligi, gaz oqimining tezligi va qurilmaning geometrik o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi. Siklonlarning diametri 100 -1000 mm gacha, changli gazlarning tozalanish darajasi 30-85% ga teng.
Siklonlar tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: silindrli va konusli (7.3-rasm). Silindrli siklonlarda qobiqning silindrli qismi ancha uzun qilib, konusli siklonlarda esa konussimon qismi ancha uzun qilib tayyorlangan bo‘ladi. Silindrli siklonlar yuqori ish unumdorlikka, konusli siklonlar esa yuqori tozalash darajasiga ega. Biroq konusli qurilmalarda bosimning yo‘qolishi ko‘proq bo‘ladi. Konusli siklonlarda yuqoridan pastga qarab ko‘ndalang kesim yuzasining kamayib borishi sababli qurilma devori yaqinida chang zarrachalarining ajralishi tezlashadi: Silindrli siklonning diametri 2 m dan, konusli siklonning diametri esa 3 m dan ortmasligi kerak. Siklonlarning diametri 2-3 m dan ortib ketsa, qurilmaning tozalash darajasi kamayadi.











Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling