Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги


Download 1.8 Mb.
bet6/11
Sana06.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1751553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 мавзу Газларни тозалаш усуллари

N asadkali skrubberlar. Tozalash jarayonining intensivligini va tezligini oshirish uchun nasadkali skrubberlar ko‘p ishlatiladi. Nasadkalar gaz fazasi bilan suyuqlik fazalari orasidagi kontakt yuzasini oshiradi. Nasadkali skrubberlarda korpusning ichiga nasadkalar tartibli va tartibsiz joylashtiriladi. Ko‘pincha koks, kvars va halqasimon nasadkalar ishlatiladi. Nasadkali skrubberning o‘rtacha tozalash darajasi 75-85% bo‘ladi. Biroq o‘lchami 2 mkm dan katta bo‘lgan zarrachalarni tutganda tozalash darajasi 90% dan ortib ketishi mumkin. Nasadkali skrubberlar oddiy skrubberlarga nisbatan samaradorligi katta, biroq ularning gidravlik qarshiligi ham kattaroq.

Tarelkali gaz yuvuvchi qurilmalar. Bunday qurilmalarda gaz bilan suyuqlik o‘rtasidagi kontakt gorizontal joylashgan tarelkalar ustida yuz beradi. Gazning tezligi kichik bo‘lganda (1 m/s atrofida) gaz suyuqlik qatlami orqali o‘tib pufaklar hosil bo‘ladi, bu jarayon barbotaj jarayoni deyiladi. Agar gazning tezligi katta bo‘lsa turbulentlashgan ko‘pik qatlami hosil bo‘ladi. Shu sababdan tarelkali skrubberlar 2 turga ko‘pikli va barbotajliga bo‘linadi.
Sanoatda ko‘pik qatlamli tarelkali skrubberlar keng ishlatiladi. Tarelkadagi gazlarning tezligi 2,5-4,5 m/s, teshiklarning diametri 4-8 mm, tozalash darajasi 99% gacha. Bu qurilmalar kimyo va metallni qayta ishlash sanoatida, ayniqsa mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda gazlarni ftor, oltingugurt, fosfor changlaridan tozalashda yaxshi samara bermoqda.
A g‘darilma tarelkali skrubberlarda teshikli va tirqishli panjaralar ishlatiladi. Teshiklarning diametri 4-8 mm, tirqishlarning kengligi 4-5 mm. Tarelkaning erkin kesimi (umumiy kesimga nisbatan teshiklarning ulushi) 0,2-0,5 m2/m2. Quyilish tarelkali qurilmalarda qalpoqchali, S- simon, yig‘gichi bo‘lgan teshikli va boshqa tipdagi tarelkalardan foydalaniladi.
8.5 - rasmda ko‘pik hosil qiluvchi tarelkali gaz
yuvuvchi qurilmalarning ikki turi ko‘rsatilgan: a) ag‘darilma tarelkali;
b) quyilish tarelkali

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling