Yog’larni qayta ishlash texnologiyasining rivojlanish istiqbollari reja: Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi


Download 0.73 Mb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1587040
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YOG‘LARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI


YOG’LARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Reja:
1.Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi
2.Yog’ va moylar tarkibida erkin yog’ kislotalarni yo’qotish usullari.
3. Davriy ravishda ishaydigan neytralizator.


Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi to’g’risidagi olimlar fikri. Yog’larni qayta ishlashni xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Yog’larni chiqitsiz ishlatish. Mamlakatda yog’larni qayta ishlash texnologiyasining rivojlanish istiqboli. Yog‘larni rafinatsiya qilish va gidrogenlash, margarin, mayonez, yog‘ kislotalari glitserin va sovun ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishtirish. O‘simlik moylarini qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasida yog‘ sanoatining yetakchi sohalaridan biridir. Uning asosiy xomashyolari rafinatsiya qilinmagan moy, salomas, soapstok bo‘lsa, asosiy mahsulotlari-tozalangan yog‘, margarin, mayonez, sovun va gletsirindir. Ushbu fanda yog‘-moy sanoati holati, xomashyoni mavjudligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni turiga qarab texnologik jarayonlarni tuzilishi o‘rgatiladi. Talabalarning bilimi, malakasi va ko‘nikmasiga quyiladigan talablar. Bu fanni o‘rganayotgan talabalar oziq-ovqat sanoatining yetuk mutaxassisi bo‘lib chiqishlari lozim. «Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi» fani o‘rganilayotgan paytda talabalar ilgari olgan boshqa maxsus fanlar bilimlaridan foydalanadilar. Ta’limning yakunlanish davrida talabalar yetarlicha nazariy va amaliy o‘quvga ega bo‘lib, texnologik jarayonlar va sxemalarining bir-biridan farqi va afzalliklarini ajrata bilishlari lozim. Olingan bilim yordamida yangi texnologik sxemalar yoki jarayonlar to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va ularni mantiqiy ravishda ifodalay olish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. Mazkur fanni o‘zlashtirish uchun zarur fanlar ularning bo‘limlari “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar”, «Biokimyo», «Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari», «Yog‘ va moyli xom ashyolar kimyosi». «Korxonalar uskunalari va loyixalash asoslari». Yog‘-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri. O‘zbekistonda qadimdan o‘simlik yog‘i, kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘i, paxta chigiti, poliz ekinlari urug‘laridan juvozlarda olingan. O‘zbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884 yili Qo‘qonda qurilgan. 1913 yili 30 ta kichiq yog‘ zavodida 57 ming t. paxta moyi ishlab chiqarilgan. Respublikada yillik quvvati 3 mln. t. moyli o‘simlik urug‘larini qayta ishlaydigan 22 ta korxona ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog‘ida paxta, soya moylari, meva danaklari hamda sabzavot urug‘laridan olinib, atir-upa, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida ishlatiladigan yog‘lar, margarin mahsulotlari, mayonez, kirsovun, atirsovun, texnika maqsadlari uchun boshqa turli mahsulotlar ishlab chiqariladi.O‘simlik moyi ishlab chiqarishda yiliga o‘rtacha 2,1 mln. t. dan ko‘proq paxta chigiti va maxsar urug‘i, shuningdek import bo’yicha olinadigan soya dukkagi ishlatiladi. Republika yog‘-moy sanoati oziq-ovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40 % ga yaqinini beradi.Tarmoq korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar, xususan paxta moyi eksportga chiqariladi. Koson, Guliston yog‘ ekstraksiya qo‘shma korxonalarida bir kunda 1200 t. chigit, Fargona yog‘-moy XJ quvvati kunda 840 t. chigit, Qo‘qon yog‘-moy XJ quvvati bir kunda 810 t. chigit, “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” XJ quvvati bir kunda 950 t chigit, Surxonoziqovqatsanoat XJ bir kunda 800 t xom ashyo, Urganch yog‘-moy XJ bir kunda 800 t. xomashyoni qayta ishlaydigan tarmoqdagi eng yirik korxonalardir. Toshkent yog‘-moy kombinati OAJ QKda margarin mahsulotlari (yillik quvvati 52,4 ming t.) va mayonez (yillik quvvati 2 ming t.), tarmoqdagi 10 ta korxona - Fargona, Yangiyo‘l, Andijon, Urganch, Kattaqo‘rg‘on va boshqa yog‘- moy zavodlarida xo‘jalik sovuni (yalpi yillik umumiy quvvati 103,7 ming t.) ishlab chiqariladi. Farg‘ona yog‘-moy XJda yiliga 16,7 ming t. turli kichik o‘lchamdagi (25, 40, 100 grammli) atir sovunlar ishlab chiqaradigan liniyalar ishga tushirilgan, glitserin ( yillik quvati 2 ming t.) ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmoqda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda Krupp, Sket (Germaniya), «Alfa-Laval» (Shvetsiya), «Jon Braun2», «Karver», «Kraun» (AQSH), «Matssoni», «Bollista», (Italiya), Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermoqda. Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi xomashyo va strukturalari Yog‘lar halq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega, chunki ular uglevodlar va oqsillar bilan bir qatorda oziq-ovqatning asosiy komponentidir. Yog‘ning to’yimlilik quvvati uglevodlar va oqsillarga qaraganda 2-2,5 marta katta. Yog‘larning tarkibida linol, linolen va araxidon kislotalari (vitamin F), vitamin E,D,A, karotin (provitamin A), fosfatidlar, sterinlar mavjud. Yog‘lar halq xo‘jaligining turli sohalarida, shuningdek texnik maqsadlarda (sovun, glitserin, olif ishlab chiqarishda) keng ishlatiladi. Xom ashyo bazasining o‘sishi bilan yog‘ni qayta ishlash sanoati ham o‘sib boradi. Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi bir necha ishlab chiqarish usullarni o‘z ichiga oladi, buni quyidagi sxemadan ko‘rish mumkin. Yog‘larni qayta ishlash sanoatining boshlang‘ich xom ashyosi o‘simlik yog‘lari va mol yog‘lari hisoblanadi. Ularning asosiylari kungaboqar va paxta yog‘lari, qo‘y va mol yog‘laridir. Bizning mamlakatimizda qattiq va yarim qattiq yog‘larning tabiiy resurslari cheklangan va halq xo‘jaligini extiyojini qoniqtirmaydi, shuning uchun suyuq o‘simlik yog‘larini gidrogenlash yo‘li qattiqligi va erish harorati turlicha bo‘lgan qattiq yog‘larga aylantiriladi. Gidrogenlash jarayonida hosil bo‘lgan mahsulot salomas deb ataladi. Shuningdek neytralizatsiya jarayonida hosil bo‘lgan soapstokdan ajratib olingan yog‘ kislotalari yoki yog‘larning gidroliz vaqtida olingan yog‘ kislotalari ham ishlatiladi. Yog‘larni qayta ishlash sanoatida ishlatiladigan yog‘larning organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari standartlar bilan (GOST,OST, TU) aniqlanadi. Yog‘larni qayta ishlash sanoatida o‘simlik moylari va mol yog‘lari bilan bir qatorda turli yog
Yog`larning bir necha xil klassifikatsiyalari ma`lumdir. Bu klassifikatsiyalardan birida asos qilib yog` olinadigan xom-ashyoning tabiati va kelib chiqishi olingan. Bu klassifikatsiyaga asosan yog`lar hayvon va o`simlik yog`-moylariga bo`linadi.
O`z navbatida hayvon yog`lari quyidagilarga bo`linadi: quruqlikda yashovchi hayvonlarning zahira (jamg`arma) yog`lari, sut yog`lari, qush va parrandalar yog`lari, suv hayvonlari va baliqlar yog`lari va h.k.
O`simlik yog`lari esa urug`lardan va mevalar mag`zidan olinadigan yog`-moylarga bo`linadi.
Bundan tashqari yog`-moylar ular tarkibidagi asosiy yog` kislotalari (20%dan ortiq bo`lganlari) nomiga qarab ham klassifikatsiyalanadi. Masalan, zaytun moyini oleinli moylar (80-90% olein kislotasi), kungaboqar moyini linol-oleinli moylar (50-60% linol va 35-40% olein kislotasi), mol yog`ini oleino-pal’mito-stearinli yog`lar jumlasiga kiritish mumkin.
Ammo bu klassifikatsiya ham mukammal emas, chunki bunda yog`larning fizik-kimyoviy xossalarining atsilglitserinlar strukturasi bilan bog`liqligi hisobga olinmaydi.
Yog`lar xona harorati sharoitida qattiq va suyuq yog`larga bo`linadi. Suyuq yog`larga moylar deb aytiladi. O`z navbatida qattiq o`simlik yog`lari ikki guruhga bo`linadi: tarkibida uchuvchan yog` kislotalari bilan birga anchagina miristin va laurin kislotasi bo`lgan va bu kislotalari deyarli bo`lmagan yog`lar.
O`simlik moylari qurib, yuzasida parda hosil qila olish qobiliyatiga qarab besh guruhga bo`linadi:



  1. Tarkibida uchta ketma-ket qo`shbog`i bo`lgan (trisopryajennie dvoynie svyazi) moylar (tungovoe maslo).

  2. Tarkibida juda ko`p miqdorda linolen kislotasi bo`lgan moylar (lyon).

  3. Tarkibida juda ko`p miqdorda linol kislotasi bo`lgan moylar (ko`knor urug`i moyi). Bunday moylar tarkibida linolen kislotasi umuman yo`q, yoki juda kam miqdorda.

  4. Zaytun moyiga o`xshagan tarkibida olein kislotasi (boshqa to`yinmagan kislotalar bilan birgalikda) ko`p bo`lgan moylar.

  5. Tarkibida ko`p miqdorda ritsinol kislotasi bo`lgan kastor moyi.




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling