Yog’larni qayta ishlash texnologiyasining rivojlanish istiqbollari reja: Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi
Yog`larda atsilglitserinlarning tarkibi
Download 0,73 Mb.
|
YOG‘LARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- N = (n 3 + n 2 ) / 2
- (P + N) 3 = GP 3 + 3GP 2 N + 3GPN 2 + GN 3 = 1;
Yog`larda atsilglitserinlarning tarkibi
Yog`larning yog` kislotalari tarkibi juda muhim ahamiyatga ega va bu haqida yuqorida batafsil to`xtalib o`tilgan edi. Ammo yog`lardagi atsilglitserinlar tarkibi va tuzilishi ham ularning xossalariga katta ta`sir ko`rsatadi. Lekin atsilglitserinlar tarkibi haqida to`la ma`lumotga ega bo`lish amalda juda murakkab tajribalar o`tkazishni va ko`p vaqtni talab qiladi. Masalan, triatsilglitserinlarni eterifikatsiyalashda yog` massasida N turdagi yog` kislotalari ishtirok etayotgan bo`lsa, hosil bo`ladigan triatsilglitserinlar soni (ehtimolligi) pozitsion izomerlarni hisobga olgan holda quyidagicha bo`lishi mumkin: N = (n3 + n2) / 2 Masalan, yog` tarkibida 5 ta yog` kislotasi bo`lsa, 75 turdagi strukturasi va tarkibi bilan farq qiladigan triatsilglitserinlar hosil bo`lishi mumkin. Shuning uchun ba`zan atsilglitserinlardagi to`yingan va to`yinmagan yog` kislotalari tarkibi va stereospetsifik tuzilishini aniqlash osonroq va kifoya bo`lib qoladi. Yog`lardagi to`rt guruhdagi atsilglitserinlarni aniqlashga imkon beruvchi tajriba usullari mavjud. Bular trito`yingan, dito`yingan – monoto`yinmagan, monoto`yingan – dito`yinmagan va trito`yinmagan atsilglitserinlardir. Birinchi navbatda yog`larda to`yingan va to`yinmagan atsillarning taqsimlanish tartibi katta ahamiyatga ega. Taqsimlanish tartibi 2 xil bo`lishi mumkin: 1) taqsimlanish ehtimolligi qonuniga asosan statistik taqsimlanish; 2) teng taqsimlanish (ravnomernoe raspredlenie). Statistik taqsimlanish glitserinning ekvivalent miqdoridagi yog` kislotalari bilan eterifikatsiyalanishi bilan triatsilglitserinlar hosil bo`lishida kuzatiladi. Bunday taqsimlanishda triatsilglitserinlardagi to`yingan (P) va to`yinmagan (N) yog` kislotalari tarkibi quyidagi formula asosida hisoblanishi mumkin: (P + N)3 = GP3 + 3GP2N + 3GPN2 + GN3 = 1; bunda G – tegishli yog` kislotalarining atsilglitserinlari. Ko`pgina tajribaviy materiallarga asosan triatsilglitserinlarning stereospetsifik tuzilishi (taqsimoti) xaqida quyidagi xulosalarni qilish mumkin: Tarkibida ko`p polialken kislotalari (40-50% va undan ko`p ) bo`lgan o`simlik moylarida, shuningdek, tarkibida ko`p to`yingan kislotalari (65% dan ko`p) bo`lgan o`simlik urug`lari va mevalari yog`larida atsilglitserinlardagi yog` kislotalari taqsimoti statistik taqsimotga yaqindir, masalan, kungaboqar, paxta moyi, kokos va pal’ma yog`larida. Agar to`yingan yog` kislotalari yog`larda, jumladan suv hayvonlari yog`larida ham kam bo`lsa atsilglitserinlardagi yog` kislotalari taqsimoti teng taqsimlangan bo`ladi. Ko`pgina hayvonlar yog`ida ham atsilglitserinlardagi yog` kislotalari teng taqsimlangan bo`ladi. O`t-o`lanlar bilan oziqlanadigan hayvonlar yog`i va stearin kislotasiga boy yog`lardagi atsillar taqsimoti statistik taqsimotga yaqindir. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, yog`lardagi atsillarning sn-1, sn-2 va sn-3 holatlarda joylashuv tartibi ham o`ziga xosdir. Ko`pgina o`simlik moylarida uglerod atomi soni 18 ga teng bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalarining 95-99% gachasi sn-2 holatda joylashgan bo`ladi. Masalan, paxta moyida bu 89% ni, kungaboqar moyida 93-95% ni, masxar (soya) moyida 97-99% ni tashkil etadi. Pal’mitin, stearin va eruk kislotalari atsillari o`simlik moylarida deyarli doimo sn-1 va sn-3 holatlarda uchraydi. Kakao moyining o`ziga xosligi shundan iboratki, uning molekulasida to`yingan va to`yinmagan atsillar simmetrik joylashgan bo`ladi. Hayvon yog`laridagi atsilglitserinlarning sn-2 holatida asosan to`yingan yog` kislotalari joylashgan bo`ladi. Download 0,73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling