Yog’larni qayta ishlash texnologiyasining rivojlanish istiqbollari reja: Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi
Yog`larda atsilglitserinlarning tarkibi
Download 0.73 Mb.
|
YOG‘LARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- N = (n 3 + n 2 ) / 2
Yog`larda atsilglitserinlarning tarkibi
Yog`larning yog` kislotalari tarkibi juda muhim ahamiyatga ega va bu haqida yuqorida batafsil to`xtalib o`tilgan edi. Ammo yog`lardagi atsilglitserinlar tarkibi va tuzilishi ham ularning xossalariga katta ta`sir ko`rsatadi. Lekin atsilglitserinlar tarkibi haqida to`la ma`lumotga ega bo`lish amalda juda murakkab tajribalar o`tkazishni va ko`p vaqtni talab qiladi. Masalan, triatsilglitserinlarni eterifikatsiyalashda yog` massasida N turdagi yog` kislotalari ishtirok etayotgan bo`lsa, hosil bo`ladigan triatsilglitserinlar soni (ehtimolligi) pozitsion izomerlarni hisobga olgan holda quyidagicha bo`lishi mumkin: N = (n3 + n2) / 2 Rafinatsiya deb yog‟„larni aralashma va hamroh moddalardan tozalash jarayoniga aytiladi.Oziq-ovqat sanoati yog‟„ va moylarni, to„g„ridan-to„g„ri iste‟mol qilish uchun, margarin maxsulotlarini tayyorlash uchun, mayonez, gidrogenlangan yog‟„lar, sovun, glitserin, yog‟„ kislotalari, olif va boshqa mahsulotlar tayyorlash uchun ishlab chiqaradi. Rafinatsiyaning to„liq sikli fosfolipidlarni, mumsimon moddalarni, erkin yog‟„ kislotalarini, bo„yovchi va hid beruvchi moddalarni ajratib olishni o„z ichiga oladi. Bu maqsadda turli xil usullar qo„llaniladi, bu usullarning asosida ma‟lum reagentlarning alohida moddalarga nisbatan tanlash xususiyati yotadi. Bunga asosan fosfolipidlarni suv yoki elektrolitlarning suvli eritmalari orqali gidratatsiya qilib ajratib olish, erkin yog‟„ kislotalarini yog‟„larni natriy tuzlari ko„rinishida ajratish, rangli moddalar-pigmentlarni sorbentlar yordamida, hid va ta‟m beruvchi moddalarni dezodoratsiya qilib ajratish kiradi. Yuqorida sanab o„tilgan usullar yuqori tanlovchanlik xususiyatiga ega emas. Bunga misol qilib, gidratatsiya paytida ma‟lum miqdorda erkin yog‟„ kislotalarning, neytralizatsiya vaqtida esa, yog‟„lar rangini ma‟lum miqdorda kamayishini ko„rsatish mumkin.Yog‟„larning tarkibi asosida va yog‟„larni keyinchalik qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab, rafinatsiyaning kerakli usullari tanlanadi. Agar yog‟„lar oziq-ovqat uchun mo„ljallangan bo„lsa, mavjud Davlat standartlariga asosan yog‟„lar to„liq rafinatsiyalanadi va dezodoratsiyalanadi. Gidrogenlangan yog‟„lar ishlab chiqarish uchun mo„ljallangan moylar esa dezodoratsiya qilinmaydi. Har bir yog‟„ turini rafinatsiya qilish texnologik rejimini tanlashda uning o„ziga hos xususiyatlari inobatga olinishi zarur. Rafinatsiya jarayoniga quyidagi talablar qo„yiladi. Yog‟„ning glitserid qismini to„laligicha o„zgarmagan holda qoldirish, iste‟molga yaroqliligini saqlab qolish, yo„qotishlarni va chiqindilarni kamaytirish. Bu muammolarni ijobiy hal qilishda moylarni rafinatsiya jarayonini olib borishdagi eng maqbul sharoit katta ahamiyatga ega, ya‟ni natriy gidroksidning miqdori, uning konsentratsiyasi, neytrallash jarayonini olib borish harorati, aralashtirish tezligi va boshqalar. Jarayonlarning sinflanishi va rafinatsiya usullari: Yog‟„ning tarkibi, sifati va qo„llanilishiga qarab turli rafinatsiya usullari ishlatiladi. Asosiy jarayonlarning xarakteri va rafinatsiya jarayoniga reagentlar ta‟siriga qarab,) Yog‟„larni rafinatsiya qilish va gidrogenlash, margarin, mayonez, yog‟„ kislotalari glitserin va sovun ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishtirish. O„simlik yog‟„larini qayta ishlash O„zbekiston Respublikasida yog‟„-moy sanoatining yetakchi sohalaridan biridir. Uning asosiy xomashyolari rafinatsiya qilinmagan yog‟„. salomas, soapstok bo„lsa, asosiy mahsulotlari-tozalangan yog‟„, margarin, mayonez, sovun va gletsirindir. Ushbu fanda yog‟„-moy sanoati holati, xomashyoni mavjudligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni turiga qarab texnologik jarayonlarni tuzilishi o„rgatiladi. Talabalarning bilimi, malakasi va ko„nikmasiga qo‟yiladigan talablar. Bu fanni o„rganayotgan talabalar oziq-ovqat sanoatining yetuk mutaxassisi bo„lib chiqishlari lozim. «Yog‟„larni qayta ishlash texnologiyasi» fani o„rganilayotgan paytda talabalar ilgari olgan boshqa maxsus fanlar bilimlaridan foydalanadilar. Ta‟limning yakunlanish davrida talabalar etarlicha nazariy va amaliy O„quvga ega bo„lib, texnologik jarayonlar va sxemalarining bir-biridan farqi va afzalliklarini ajrata bilishlari lozim. Olingan bilim yordamida yangi texnologik sxemalar yoki jarayonlar to„g„risida etarlicha ma‟lumotlarga ega bo„lishlari va ularni mantiqiy ravishda ifodalay olish qobiliyatiga ega bo„lishlari lozim. Mazkur fanni o„zlashtirish uchun zarur fanlar ularning bo„limlari “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar”, «Biokimyo», «Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari», «Yog‟„ va moyli xom ashyolar kimyosi». «Korxonalar uskunalari va loyixalash asoslari». Yog‟„-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining etakchi tarmoklaridan biri.O„zbekistonda qadimdan o„simlik yog‟„i, kunjut, zig„ir, indov, maxsar urug„i, paxta chigiti, poliz ekinlari urug„laridan juvozlarda olingan. O„zbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884 yili Qo„qonda qurilgan. 1913 yili 30 ta kichiq yog‟„ zavodida 57 ming t paxta moyi ishlab chiqarilgan. Respublikada yillik quvvati 3 mln. t moyli o„simlik urug„larini qayta ishlaydigan 22 ta korxona ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog„ida paxta, soya moylari, meva danaklari hamda sabzavot urug„laridan olinib, atir-upa, farmatsevtika va ozik-ovkat sanoati tarmoqlarida ishlatiladigan yog‟„lar, margarin mahsulotlari, mayonez, kirsovun, atirsovun, texnika maqsadlari uchun boshqa turli mahsulotlar ishlab chiqariladi.O„simlik moyi ishlab chiqarishda yiliga o„rtacha 2,1 mln. t dan ko„proq paxta chigiti va maxsar urug„i, shuningdek import buyicha olinadigan soya dukkagi ishlatiladi. Republika yog‟„-moy sanoati ozik-ovkat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40 % ga yaqinini beradi.Tarmok korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar, xususan paxta oyi eksportga chiqariladi. Koson, Guliston yog‟„ ekstraksiya qo„shma korxonalarida bir kunda 1200 t chigit, Fargona yog‟„-moy XJ quvvati kunda 840 t chigit, Qo„qon yog‟„-moy XJ quvvati bir kunda 810 t chigit, “Kattaqo„rg„on yog‟„-moy” XJ; quvvati bir kunda 950 t higit,Surxonoziqovqatsanoat XJ bir kunda 800 t xom ashyo, Urganch yog‟„-moy XJ bir kunda 800 t xomashyoni qayta ishlaydigan tarmoqdagi eng yirik korxonalardir. Toshkent yog‟„-moy kombinati OAJ QKda margarin mahsulotlari (yillik quvvati 52,4 ming t) va mayonez (yillik quvvati 2 ming t), tarmoqdagi 10 ta korxona - Fargona, YAngiyo„l, Andijon, Urganch, Kattaqo„rg„on va boshqa yog‟„-moy zavodlarida xo„jalik sovuni (yalpi yillik umumiy quvvati 103,7 ming t) ishlab chiqariladi. Farg„ona yog‟„-moy XJda yiliga 16,7 ming t turli kichik o„lchamdagi Sanoat usulida olingan o’simlik moylari uchglеtsiridlar aralashmasi hamda yog’simon moddalardan tashkil topgan. Yog’simon moddalar o’simlikning yog’li to’qimalarida yig’ilib boradi va yog’ birga ajratib olinadi va ular hamrox moddalar dеyiladi. Bu moddalar yog’ va moylar tarkibida oz miqdorda bo’lsa ham uning xususiyatlariga sеzlarli ta'sir ko’rsatadi. Bularga tarkibida fosfor bo’lgan moddalar (fosfolipidlar), pigmеntlar (karotin, ksantofill, gossipol, xlorfill), mumlar (mumsimon moddalar), tokofеrollar va yog’da eruvchi vitaminlar, stеrollar (stеridlar), erkin yog’ kislotalar, ta'm va hid bеruvchi boshqa organik moddalar, sulfolipidlar, glikolipidlar, glikoprotеidlar, fosfoprotеid birikmalar. Hamrox moddalarning ayrimlari yog’ning rangi, hidi va ta'mini buzib, uning ozuqaviy va tovar sifatiga salbiy ta'sir qilsa, ayrimlari kеyingi qayta ishlash jarayonlarini qiyinlashtiradi. Rafinatsiya dеb yog’larni hamrox moddalardan tozalash jarayoniga aytiladi. Rafinatsiya turli fizik va kimyoviy jarayonlarning murakkab komplеksi bo’lib, ularni qo’llash yog’dan hamrox moddalarni ajratib olishga imkon bеradi. Bu jarayonlarning xaraktеri, yog’ning tabiati va tozalangan yog’ning qollanish maqsadi bilan aniqlanadi. Yog’-moy sanoatida moylarni rafinatsiyalash jarayonlarini quyidagi kеtma-kеtlikda amalga oshiriladi: gidratatsiya – ishqoriy rafinatsiya – oqlash – dеzodoratsiya. Rafinatsiya usulini shunday tanlash kеrakki, bunda yog’ning triglitsеrid qismi o’zgarishsiz qolsin, yog’dan maksimal miqdorda qimmatli hamrox moddalar (fosfatidlar) ajralib olinib, zaharli moddalarning to’liq yo’qotilishi ta'minlansin. Rafinatsiyalanadigan moylarga, ularning qaysi maqsadda qollanilishiga qarab bir nеchta talablar quyiladi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan yog’lar to’liq sikl bilan rafinatsiyalanishi kеrak: fosfatidlar va mumsimon moddalarni ajratish, erkin yog’ kislotalarini, pigmеnt moddalarni yo’qotish kеrak. Tеxnik maqsadlar uchun ishlatiladigan yog’lar qisqa sikl bilan rafinatsiya qilinadi. Masalan, gidrogеnizatsiyaga bеriladigan moy dеzodoratsiya qilinmaydi. Hamma hamrox moddalarni bitta usul yordamida yo’qotish mumkin emas. Shuning uchun amalda bitta tеxnologik sxеmaga birlashuvchi bir nеchta usullar qollaniladi. (25, 40, 100 grammli) atir sovunlar ishlab chiqaradigan liniyalar ishga tushirilgan, glitserin ( yillikquvati 2 ming t) ishlab chiqarish o„zlashtirildi. Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmokda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda Krupp, Sket (Germaniya), «Alfa-Laval» (SHvetsiya), «Jon Braun2», «Karver», «Kraun» (AKSH), «Matssoni», «Bollista», (Italiya), Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermokda. Yog‘‗larni qayta ishlash texnologiyasi xomashyo va strukturalari Yog‟„lar halq xo„jaligida katta ahamiyatga ega, chunki ular uglevodlar va oqsillar bilan bir qatorda oziq-ovqatning asosiy komponentidir. Yog‟„ning tuyimlilik quvvati uglevodlar va oqsillarga qaraganda 2-2,5 marta katta.Yog‟„larning tarkibida linol, linolen va araxidon kislotalari (vitamin F), vitamin E,D,A, karotin (provitamin A), fosfatidlar, sterinlar mavjud. Yog‟„lar halk xo„jaligining turli sohalarida, shuningdek texnik maqsadlarda (sovun, glitserin, olif ishlab chiqarishda) keng ishlatiladi.Xom ashyo bazasining o„sishi bilan yog‟„ni qayta ishlash sanoati ham o„sib boradi. Yog‟„larni qayta ishlash texnologiyasi bir necha ishlab chiqarish usullarni o„z ichiga oladi, buni quyidagi sxemadan ko„rish mumkin. Yog‟„larni qayta ishlash sanoatining boshlang„ich xom ashyosi o„simlik yog‟„lari va mol yog‟„lari hisoblanadi. Ularning asosiylari kungaboqar va paxta yog‟„lari, qo„y va mol yog‟„laridir. Bizning mamlakatimizda qattiq va yarim qattiq yog‟„larning tabiiy resurslari cheklangan va halq xo„jaligini extiyojini qoniqtirmaydi, shuning uchun suyuq o„simlik yog‟„larini gidrogenlash yo„li qattiqligi va erish harorati turlicha bo„lgan qattiq yog‟„larga aylantiriladi. Gidrogenlash jarayonida hosil bo„lgan mahsulot salomas deb ataladi. SHuningdek neytralizatsiya jarayonida hosil bo„lgan soapstokdan ajratib olingan yog‟„ kislotalari yoki yog‟„larning gidroliz vaqtida olingan yog‟„ kislotalari ham ishlatiladi. Yog‟„larni qayta ishlash sanoatida ishlatiladigan yog‟„larning organoleptik va fizikkimyoviy ko„rsatkichlari standartlar bilan (GOST,OST, TU) aniqlanadi. Yog‟„larni qayta ishlash sanoatida o„simlik moylari va mol yog‟„lari bilan bir qatorda turli yog‟„ o„rnini bosuvchi moddalar keng ishlatiladi (kanifol, neften kislotalari va h.k.) Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling